I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Tashqi ko‘rinishi. Aksariyat akulalar tanasi uzunchoq duksimon.Boshining oldingi 
tomonida rostrumi bor. Boshining har ikki tomonida odatda, beshtadan jabra yoriqlari bor; faqat 
ayrim hozirgi akulalarda (CHlamydoselachidae va Hexachidae) ular 6-7 bo‘ladi. Ko‘zlarining 
orqasida halqumga ochiluvchi ikkita teshik bor. Bular jag‘ va til osti yoylari orasida joylashgan
jabra yoriqlarining rudimenti- sachratgichlardur. Tanasining ostki tomonida demining asosida 
kloaka joylashgan.Dum suzgichi notekis pallali. Bunday tipdagi suzgich g e t e r o s e r kal 
suzgich deb ataladi. 
Juft harakat organlari ko‘krak va qorin suzgichlaridan iborat bo‘lib, ular gorizantal 
joylashgan. Yerkaklarida qorin suzgichlarining ichki tomonida kopulyativ organ vazifasini 
bajaruvchi barmoqsimon o‘simta xosil bo‘ladi. 
Teri qoplami. Epidyermisi ko‘p qavatli bo‘lib, sekretini tashqariga chiqaruvchi bezli 
xujayralarga ega. Koriumi pishiq va tolali. Terisi plastinkalar shaklidagi plakoid tangachalar 
bilan qoplangan. Tangachalari kornumda rivijlanib, boshqa umurtqalilar tishining dentiniga 
yaqin bo‘lgan suyak modda- osteodintindan hosil bo‘ladi. Ular baliqning butun tanasini va og‘iz 
teshigining chetlari boylab jag.lariga etadi. Bu yerda u tananing boshqa qismlaridagiga nisbatan 
ancha yirik bo‘lib, tish vazifasini bajaradi.Bu holat shuningdek , tishlar bilan plakoid tangachalar 
rivojlanishidagi o‘xshashlik ular gomologik ekanidan dalolat byeradi. 
Skeleti. Akulalarning skeleti (ayrim joylarida oxak tuzlari bo‘lishiga qaramay) butun umr 
tog‘aydan iborat bo‘lib qoladi. O‘q skleti umurtqa pog‘onasi va miya qutisidan tashkil topgan. 
Umurtqa pog‘onasi faqat ikki qismga; tana va dum qismga bo‘linadi. Umurtqalar tanasi 
oldindan va orqadan botiq (amfisil umurtqa). Ikkita umurtqa tanasi orasidagi teshikda horda 
saqlanadi. Butun tashqari horda har bir umurtqaning o‘rtasida bo‘lgan tor teshiklarda ham 
saqlanadi. 


Umurtqa pog‘onasiga kelib qo‘shiladigan qovurg‘alar tanani faqat yuqoridan va qisman 
yon tomondan chegaralab turadi. 
Bosh skeleti, miya qutisi sezgi organlari kapsulasidan va rostrumdan iborat. Sezgi 
organlarining barcha kapsulalari juft bo‘lib, u hali to‘liq emas. CHunki uning oldingi tomonida 
parda (oldingi fontenel) bilan qoplangan katta joy bor. Birinchi umurtqaning miya qutisiga 
qo‘shilib ketishi natijasida uning ensa bo‘limi hosil boladi. 
Rostrum miya qutisining oldingi tomonidan chiqaradigan tayoqcha simon 3 ta tog‘aydan 
iborat. 
Bisstyeral skelet jabra yoylari til osti va jag‘ yoyidan tashkil topgan . 
Jag‘ yoyi ikki juft tog‘aydan tashkil topgan. Ustki juft tog‘ay tanglay- kvadrat tog‘ayi deb 
atalib, yuqori jag‘ vazifasini bajaradi. Pastki jag‘ vazifasini bajaruvchi ostki juft tog‘ay mekkkel 
tog‘ayi deb ataladi.Ko‘p akulalarda tanglay-kvadrad tog‘ayi faqat oldingi qismi bilan miyya 
qutisiga tutashadi. Uning orqa qismi esa miya qutisiga bevosita emas, balki til osti tog‘ayining
ustki elementi bolgan geomondebulyar tog‘ay orqali(giostiliya) brikadi. Kamroq turlarda 
tanglay-kvadrat suyagining orqa bo‘limimiya qutisiga bevosita birikadi. Biroq bu holatda ham 
giomandibulyar tog‘ay tanglay kvadrat suyagiga birikadi. (Amfistiliya ) 
Jag‘ yoyining oldingi qismida qadimgi sodda umurtqalilarning birinchi va ikkinchi
visstyeral yoyining qoldig‘I bo‘lgan lab tog‘ayi deb atalgan ikki juft mayda tog‘ay
joylashgan.Binobarin hozirgi akulalarning jag‘ yoyi birirnchi emas balki uchunchi visstyeral 
yoydir. 
Til osti yani gioid juft giomandibulyar tog‘ay, jugt gioid tog‘ay va toq tog‘ay-kopuladan 
tashkil topgan. Giomandibulyar tog‘ay miya qutisiga gioidga va jag yoyiga birikadi.Kopula chap 
va o‘ng tomondagi gioidlarni o‘zaro bog‘laydi. 
Odatda beshta bo‘ladigan jabra yoylari to‘rt juft tog‘aydan va yoyning qorin tomonida 
joylashib, uning chap va o‘ng tomonini bir-biriga bog‘lovchi bitta toq tog‘aydan tashkil topgan 
.Jabra yoylarining orqa cheti bo‘ylab,jabralar aro devorlar tayanchi bo‘lgan nurlar joylashgan. 
Juft harakat organlari skeleti tana korpusida joylashgan va harakat organlari tayanchi 
bo‘lgan harakat organalri kamariga va yerkin harakat organalri skeletiga bo‘linadi. 
Oldingi harakat organlari (ko‘krak suzgichlari) kamari muskullar qatlamida yerkin 
joylashgan va uchi qorin tomoniga qaragan tog‘ay yoyidan iborat. YOyning chap va o‘ng 
tomonlari o‘rtasida bo‘rtmalar bo‘lib,ularga yerkin harakat organlari birikadi.O‘simtalardan 
yuqorida joylashgan qism kurak, pastda joylashgan qism korakoid qism deb ataladi. 
Eng oldingi harakat organlari skeleti uch qismdan iborat. Suzgichning asosida uchta 
tog‘ay-kamarga birikadigan
 
bazaliya joylashgan. Bazaliyalarga,bir tomondan, bir necha qator 
joylashgan tayoqchasimon tog‘aylar- radialalar birikadi. Bunday suzgich unisyerial suzgich deb 
ataladi (bunday suzgich radialalar , bazaliyalarning har ikki tomonida joylashgan bisyerial 
suzgichdan farq qiladi). Ikki hil nafas oluvchi baliqlar suzgichini ko‘ring. Nixoyat radialyalarga 
teridan hosil bolgan uzun ingichka elastic ipchalar birikadi. 
Orqa harakat organalri (qorin suzgichlari) kloaka oldida tanaga ko‘ndalang joylashgan toq 
tog‘audan iborat. Qorin suzgichi skeleti ning o‘zida faqat bitta yoki ikkita bazaliya bor. 
Radialyalar ularning tashqi qirrasiga birikadi. 
Toq suzgichlar skeleti radialiya va elastoidin ipchalardan tashkil topgan. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling