I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mushuksimon akulalar.(
- Skatlar turkumi (
- Arraburun skatlar oiasi
- Elektor skat
Kitsimon akulalar (Rhincodontidae) oilasiga ham bitta tur-Rhincodon typus kiradi.Bu
hozirgi baliqlarning eng yirigi bo‘lib, tanasining uzunligi 20 metrga etadi. Boa kichik bir muncha kichik bo‘lib, og‘zi uning ichida joylashgan. Plankton hayvonlari va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Odam uchun mutlaqo havfsiz. Urchishi yaxshi o‘rganilmagan.Topilgan tuhumining uzunligi 0,5 m dan bir oz katta boladi.Barcha okeanlarning tropik va subtropik suvlarida tarqalgan. Mushuksimon akulalar.(scyliorhinidae) oilasiga tanasining uzunligi 1,5 mgacha bolgan ko‘p (60ga yaqin) turlar kiradi. Ularning ikkita orqa suzgichi bo‘ladi.asosan dengizlarning sayoz joylarida yashaydi.Bular orasida uzinligi 0,5 mlik oddiy mushuk akula (Scyliorhinus canicula) ni ko‘rsatish mumkin.U evropa va SHimoliy Amyerikaning Atlantika sohillarida yashaydi.Qora dengizda ham uchrashi mumkin. Bentos hayvonlari (molyuskalar, qisqichbaqasimonlar , chuvalchanglar) bilan oziqlanadi. Qobiqqa o‘ralgan 2-20 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumida yerga yopishish uchun mo‘ylovchlari bo‘ladi. 2.Skatlar turkumi (Batoidei) Bular tanasi orqa qorin tomonga qarab yassilashgan, ko‘krag suzgichlari kuchli vojlangan tog‘ayli baliqlar. Tana yassilashganligi tufayli jabra yoriqlari tanasining qorin tomonida joylashgan.Sachratgichlari akulalarnikiga nisbatan yaxshi rivojlangan.Suv ostida yotuvchi skatlar nafas olish uchun sachratgich orqali suv oladi.Skatlar suv tubida kam harakat qilib yashashga moslashgan.Xarakatida muhim ro‘l oynaydigan dum suzgichi juda kuchsiz joylashgan.Skatlar suv tubidagi kam harakat hayvonlar mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Tishlari o‘tmas, chig‘anoq va bo‘g‘imoyoqlilar xitinini maydalashga moslashgan. Arraburun skatlar oiasi (prisitidae) bularning tanasi kam yassilashgan, ammo ko‘krak suzgichlari boshi bilan qo‘shilib ketgan.jabra yoriqlari boshqa skatlarnikidek tanasining pastki tomoniga ochiladi.YAssilashgan tumshug‘ining yon tomonida ancha ko‘p tishli o‘simtasi bor. Bular 4-5 m uzunlikdagi yirik baliqlar. Barcha okeanlar tropik va subtropik zonalarining asosan sayoz joyida uchraydi.Bentosda va qirg‘oqqa yaqin joylarda yashovchi baliqlar bilan oziqlanadi.O‘ljasini oldin arrasi bilan urib garang qiladi, so‘ngra eydi. Oddiy Skat (Radijae) tanasi skatalrga hos bo‘lgan yassi. Dumi uzun, ingichka suzgichi zo‘rg‘a ko‘rinadi. Mo‘tdil shimoliy va kamdan –kam holda tropic dengizlarning tubida yashovchi tipik baliqlar.Tipik turlari: Atlantika dengizlarining uncha chuqur bolmagan joylarida, qora dengizda uchraydigan tkanli skat (Raja clavata). Qora dengizda (Moy olish uchun) ovlanadi. SHimoliy Atlantika va Byerest dengizlarida uchraydigan nurli skat (Raja radiate) 850m gacha chuqurlikda uchraydi. Qoziqdumlilar (Trigonidae) tanasining oldingi qismidagi qo‘shilib o‘sgan to‘garak shaklli suzgichlari bilan xaraktyerlanadi. Uzun demining asosida arrasimon ignalari bor.O‘zini himoya qilishda shu ignasi bilan qattiq uradi. Mo‘tadil va janubiy dengizlarda tarqalgan .Azov vaQora dengizlarda ham uchraydi. Elektor skat (Torpedinidae) tanasining shakli yumaloq bo‘lishi va rostrum bo‘lmasligi bilan haraktyerlanadi: dumi nisbatan kalta, suzgichi bir muncha rivijlangan. Terisi silliq ko‘krak suzgichlari bilan boshi orasida joylashgan elector organlari skatlardan ham yirik bo‘lgan hayvonlarni ham nobud qiluvchi ( 70 v gacha) elector zaryadi chiqaradi.Ular asosan janubiy dengizlarda uchraydi, SHimolda o‘rta dengizgacha tarqalgan Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling