I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Arraburun skatlar oiasi (prisitidae) bularning tanasi kam yassilashgan, ammo ko‘krak 
suzgichlari boshi bilan qo‘shilib ketgan.jabra yoriqlari boshqa skatlarnikidek tanasining pastki 
tomoniga ochiladi.YAssilashgan tumshug‘ining yon tomonida ancha ko‘p tishli o‘simtasi bor. 
Bular 4-5 m uzunlikdagi yirik baliqlar. Barcha okeanlar tropik va subtropik zonalarining asosan 
sayoz joyida uchraydi.Bentosda va qirg‘oqqa yaqin joylarda yashovchi baliqlar bilan 
oziqlanadi.O‘ljasini oldin arrasi bilan urib garang qiladi, so‘ngra eydi. 
Oddiy Skat (Radijae) tanasi skatalrga hos bo‘lgan yassi. Dumi uzun, ingichka suzgichi 
zo‘rg‘a ko‘rinadi. Mo‘tdil shimoliy va kamdan –kam holda tropic dengizlarning tubida
yashovchi tipik baliqlar.Tipik turlari: Atlantika dengizlarining uncha chuqur bolmagan joylarida, 
qora dengizda uchraydigan tkanli skat (Raja clavata). Qora dengizda (Moy olish uchun) 
ovlanadi. SHimoliy Atlantika va Berest dengizlarida uchraydigan nurli skat (Raja radiate)
850m gacha chuqurlikda uchraydi. 
Qoziqdumlilar (Trigonidae) tanasining oldingi qismidagi qo‘shilib o‘sgan to‘garak 
shaklli suzgichlari bilan xarakterlanadi. Uzun demining asosida arrasimon ignalari bor.O‘zini 
himoya qilishda shu ignasi bilan qattiq uradi. Mo‘tadil va janubiy dengizlarda tarqalgan .Azov 
vaQora dengizlarda ham uchraydi. 
Elektor skat (Torpedinidae) tanasining shakli yumaloq bo‘lishi va rostrum bo‘lmasligi 
bilan harakterlanadi: dumi nisbatan kalta, suzgichi bir muncha rivijlangan. Terisi silliq ko‘krak 
suzgichlari bilan boshi orasida joylashgan elector organlari skatlardan ham yirik bo‘lgan 
hayvonlarni ham nobud qiluvchi ( 70 v gacha) elector zaryadi chiqaradi.Ular asosan janubiy 
dengizlarda uchraydi, SHimolda o‘rta dengizgacha tarqalgan 
Topshiriqlar varianti: 
5. Skatlar to‘g‘risida ma’lumot bering? 
6. Skatlarning sistematikasi haqida ma’lumot bering? 
7. Akulalarning xarakterli belgilari nimalardan iborat? 
8. Skatlarning xararkterli belgilari nimalardan iborat? 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling