I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Teri qoplag‘ichlari. Zog‘ora baliqning tanasi xamma qismi boshini xisobga olmaganda 
suyak tangachalar ¬bir qadar yumaloqlangan yupqa plastinkalar bilan qoplangan bo‘lib, 
tangachaning asosiy qismi teri ichida turadi. Bu tangacha ktenoid deyiladi, sikloid tangacha xam 
bo‘ladi. Bu tangachaning cheti arrasimon bo‘lmay, balki tekis bo‘ladi. Zog‘ora baliq gavdasining 
bosh qismidan to dumigacha bo‘lgan tangachalarini teshib tarnovsimon egik yon chiziq o‘tadi. 
Bir hujayrali teri bezlari shilimshiq modda ajratadi. Bu suyuqlik ishqalanishni kamaytirishga 
yordam byeradi. 
Skeleti. Miya qutisida to‘rtta ensa suyagi, miya qutisining xar tomonidan o‘rab olgan 
beshta quloq suyaklaridan, oldingi qismida hidlov suyaklari, ustki tomoniga bir juft yon hidlov 
suyagi, bosh tepa suyagi, manglay suyagi, burun suyagi joylashgan. 
Umurtqa pog‘onasi. Umurtqalari amfitsel tipda. Umurtqa pog‘onasi tog‘aydan iborat. 
Umurtqalar orasida xorda qoldiqlari saqlanib qoladi. Vistsyeral skeleti jag‘ yoyi, til osti va jabra 
yoylaridan iborat. Suzgich qanotlari skeleti toq suzgich qanotlarining ichki skeleti qator 


radialiyalardan iborat. Lekin bularniki suyakdan tuzilgan tashqi skeleti xam shunga o‘xshash 
suyak shulalardan iborat. 
Muskul sistemasi. Dum va tana muskul sistemasi biriktiruvchi to‘qimadan iborat bulgan 
miosepta bilan bir–biridan ajralgan miomyerlardan iborat. 
Nerv sistemasi. Suyakli baliqlarning nerv sistemasi bosh va orqa miyadan iborat. Bosh 
miyasi uzunchoq miya, miyacha, o‘rta miya, oraliq miya va oldingi miyadan iborat. Miyachasi 
kuchli rivojlangan. 
Eshituv organi ichki quloqdan iborat. Ko‘rish organi shox qatlami zich ko‘z gavhari 
sharsimon shaklda bo‘ladi. Talm bilish organi talm bilish kurtakchalaridan iborat. Teri yon 
chiziq organlari sezgi organlaridan biri hisoblanadi. Xid bilish organi teshikli bir juft xaltachadan 
iborat. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling