I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

 
 
 
 
 
 
 
 


19-AMALIY MASHG’ULOT 
 
Mavzu:Tog‘ay-suyakli baliqlar va ularning xaraktyerli belgilari 
 
Asosiy matn. Son jihatdan ko‘p bo‘lmagan , ma’lum darajada sodda tuzilgan v atog‘ayli 
baliqlarga o‘xshashqator belgilarga ega bolgan qadimiy guruh. Rostrum bo‘lishi, yarim oy 
shaklidagi ko‘ndalang og‘zi boshining ostki tomonida joylashganligi bilan akulasimonlarga 
o‘xshaydi.Dum suzgichi akulalar dum suzgichi kabi notekis pallali-getyerosyerkal. Juft 
suzgichlar. Gorizantal joylashgan. Tangachalari o‘ziga hos, tirik qo‘ng‘izcha (juchok) deb 
ataluvchi suyak plastinkalar shaklida. 
O‘q skeletini umur bo‘yi saqlanadigan, briktiruvchi to‘qima bilan qoplanga xorda tashkil 
qiladi. Umurtqalar tanasi rivojlanmaydi, ammo umurtqalarning tog‘aydan iborat ustki va ostki
o‘simtalari bo‘ladi.Miya qutisi butunlay tog‘aydan iborat bo‘lib, tashqi tomondan qopqoqni yon 
tomonlari (parasarenoid va soshnikniy) va miya qutisining tubini hosil qiluvchi teri suyaklari 
bilan qoplangan.Suyakdan iborat jabra qopqog‘I bor.Ichak sistemasida spiral klapan yaqqol 
ko‘rinadi. Ichak bilan bog‘liq suzgich pufagi bor. YUragida arterial konus saqlanadi.Qo‘shilish 
organlari yo‘q, urug‘lanishi tashqi, tuxumi (ikrasi) mayda. 
Tog‘ay suyakli baliqlar sistematikasi va ekologiyasi 
Hozirgi tog‘ay suyakli baliqlarning bitta osyotrsimonlar ( Acipensyeriformes ) turkumi 
bor.Bu turkumning uncha ko‘p bo‘lmagan turlari SHimoliy yarim sharning asosan mo‘tadil 
kengliklarida uchraydi. Unga ikki oila mansub. 
Ostotrsimonlar oilasi ( acipensyeridae ) vakillarida rostrum ko‘pincha o‘tkirlashgan, og‘zi 
kichiklashgan bo‘ladi, voyaga etgan formalarida tishlar yo‘q. Bu oilaga xozirgi turlarning 
ko‘pchiligiradi.Ular orasida osyotrlarning bir necha turini ko‘rsatish mumkin: Qora va kaspiy 
dengiz xavzasida yashavchi rus osyotri(Acipensyer guldenstadti) shimoliy daryolarda g‘arbda 
pechoradan sharqda Kolimagacha va SHimoliy muz okeanining keng daryolar quyilishi joylarida 
sibit osyotiri(A.beari) uchraydi. Amur daryosida esa amur osyotri(A.schrenki), Azov, qora va 
Kaspiy dengizlarida cevryuga (A.stellatus) yashaydi . Osyotrsimonlarga yaqin bo‘lgan ctyerlyad 
(A.ruthenus) Kaspiy qora dengizlar va shimoliy muz okeani xavzasidagi (SHarqda eniseydacha) 
ko‘p daryolarda uchraydi. Belugalarning ikki turi osyotrsimonlarning alohida avlodini tashkil 
qiladi. Bular Qora, kaspiy va andriatika dengizlari xavzasida yashovchi evropa belugasi(Huso 
huso), Amur havzasida yashovchi Uzoq sharq belugasi (H.dauricus)dir. Keyingi beluga 
ko‘pincha Kaluga deb ataladi. Bular chuchuk suvda yashovchi eng yirik baliq bo‘lib, massasi 
1000kg gacha etadi va 100 yilgacha yashaydi. Amudaryo va sirdaryoda tumshugi keng va yassi 
bo‘lgan soxta kurakburun (psedoscaphirynchys) yashaydi. Bu baliq mayda bo‘lib, massasi 1kg 
gacha bo‘ladi. 
Osyotrsimonlarning (uncha ko‘p bo‘lmagan) turlari shimoliy amyerikada ham bor.
Kurakburunlar (Polyodotidae) oilasiga mansub baliqlarning tumshugi uzun kuraksimon
og‘izi katta, tishlari mayda, terisi yalang‘och-tangachasiz. Bular SHimoliy Amyerikada , 
Janubiy-sharqiy Osiyoda, missisipim Xuanxe, YAnzi daryolari havzasida yashaydi. 
Tog‘ay suyaklilar qisman chuchuk suvlarda yashovchi, qisman o‘tkinchi baliqlar. 
Styerlyard va Amyerika ko‘l Osyotrasi butun umrini chuchuk suvlarda o‘tkazib, gala-gala bo‘lib 
ko‘chib yurmaydi. Beluga, Rus osyotri, sevyuga dengiz sohillarida oziqlanadi, tuxum qoyish 
uchun daryolarga o‘tadi va bazan ular oqimi bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi. 


Bu baliqlar xayvonlar bilan oziqlanadi. Beluga yirtqich baliq bo‘lib, boshqa baliqlar, bazan 
yosh tulenlar bilan oziqlanadi. Osyotrlar maluskalarni kop istemol qiladi. Styerlyard asosan 
xashoratlar bilan oziqlanadi. 
Osyotrsimonlar katta sanoat axamiyatga ega. Garbiy evropa va SHimoliy Amyerikada bu 
baliqlar boyligi ancha kamaygan. Bizda Kaspiy va Qora dengizlar xavzasida ovlash katta 
axamiyatga ega. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling