I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafas olish organlari.
- Ayirish organlari
- Urchish organlari
Hazm qilish organlari. Ovqat hazm qilish organlari quyidagicha tuzilgan og‘iz
bo‘shlig‘i, xalqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ichak, orqa chikaruv teshigi. Oziqni maydalashda mayda tishchalar, hazm qilishda pilorik o‘simtalar va jigar yordam byeradi. Jigarida o‘t pufagi bo‘ladi. Havo pufakchasi gidrostatik apparatdir, u baliqning suv tubiga va suv ostiga tushishiga yordam byeradi. Nafas olish organlari. Nafas olish organlari jabralardan iborat. Nafas olish jabra qopqogi harakatlanishi xisobiga bo‘ladi. Jabralari to‘rttasi butun jabra, bittasi soxta jabra deb ataladi. Qon aylanish organlari. Qon aylanishi sistemasi yopiq bo‘lib, yurak bor. YUragi 3 ta bo‘limdan iborat venoz sinusi, yurak bo‘lmasi, yurak qorinchasi. Arterial konus o‘rniga ularda aorta so‘g‘oni bo‘ladi. To‘rt juft qon olib keluvchi va to‘rt juft qon olib ketuvchi jabra arteriyasi bo‘ladi. Baliq tepasining ustki tomonida bir juft aorta butog‘i bo‘ladi. Bular qo‘shilib orqa aortani xosil qiladi. Undan oldinga qarab bir juft tashqi va ichki uyqu arteriyalari chiqadi. Venoz sistemasi akuladan farq qilib yon venalari bo‘lmaydi, ko‘pchiligida ketingi chap kardinal vena shu tomondagi buyrakda mayda kapillyarlar xosil qiladi o‘ng kardinal vena kyuvyerov kanaliga uzluksiz boradi. Jigar qopqa venasi bilan dum venasi qo‘shiladi. Ayirish organlari. Zog‘ora baliqning buyraklari qorin pardasi ostida va umurtqa pog‘onasining ikki yon tomonida joylashgan bir juft lenta shaklidagi tanachadan iborat. Xar qaysi buyrakdan siydik yo‘li chiqkib, pastrokda qo‘shiladi va orqa tomondan siydik pufagiga qo‘shiladigan bitta umumiy kanal xosil qiladi. Siydik pufagi siydik tanosil so‘rg‘ichi uchidagi maxsus teshik bilan tashqariga ochiladi. Urchish organlari. Zog‘ora baliqning yerkagida bir juft urugdon, urg‘ochilarida toq tuxumdon bo‘ladi. Yerkagining jinsiy yo‘llari o‘ziga xos bo‘lib, chuzunchoq urug‘ donlarida maxsus teshiklar bilan siydik tanosil so‘rg‘ichi orqali tashqariga ochiladigan bitta umumiy kirish yo‘li bo‘ladi. Urchishi. Suyakdor baliqlarda urug‘lanish tashqi ikrasi mayda va ko‘p bo‘ladi. 200 gramm og‘irlikdagi zog‘ora baliq 300000 ta ikra tashlaydi.Zog‘ora baliq sekin oqadigan ikki tiniq chuchuk suvlarda yashaydi. U umurtqasizlar va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Zog‘ora baliq o‘rta xisobda 10-12 yil umr ko‘radi. Zog‘ora baliq.Evropa va SHimoliy Osiyoning ko‘p qismida chuchuk va uncha sho‘r bulmagan suvlarda tarqalgan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling