I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skumbriyalar
Okunsimonlar, yani olabug‘asimonlar (percidae) sanoatda axamiyatga ega bo‘lgan ko‘p
turlarni o‘z ichiga oladi. Qora va kaspiy dengizlarida yashovchi bir necha turlar orasida sudaklarni ( Lucioperca) qayd qilish lozim. Bulardan ba’zilari muttasil daryolarda, boshqalari dengizlarda yashaydi, uchinchilari yarim o‘tkinchi baliq bo‘lib, urchish uchun daryoda dengizga o‘tadi. Yiriklarining massasi 10-12 kg keladi. Katta sanoat ahamiyatiga ega. Olabug‘alar (Perca) daryo va ko‘llarda keng tarqalgan. Ular o‘troq hayot kechiradi. Uzunligi 50 sm massai 1 kg va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Joylarda asosiy ov obektidur. Ershlar sanoat ahamiyatiga ega emas. Labirintlar (Anabantidae) xavo bilan vaqtincha nafas olishga imkon beruvchi jabra bo‘shlig‘ida joylashgan haltasimon o‘simtalarga ega. Bu baliqlardan masalan, anabas ( Anabas testudineus) ko‘pincha suvdan chiqib, daraxtlarga o‘rmalab chiqadi. Tropik Afrika, Osiyodagi va Malayya arxipelagidagi chuchuk va undan sho‘r bo‘lmagan suvlarda yashaydi. Skumbriyalar ( scombridae) tropic dengizlarning ochiq suv sathida yashaydigan baliqlar . Baltika va qora dengizda yashovchi bir necha turi bor. Keng migratsya qiladi. Asosiy (ayniqsa Qora dengizda ) ov balig‘idir. Tuneslar ( Thunoidae) sistematika jihatdan skumbriyalarga yaqin bo‘lganligi uchun bazi olimlar ularni skumbriyalarga kiritadilar.Bularning uzunligi 40 sm dan 3 m gacha etadi. Ular Jahon okeanlarining sohil bo‘ylarida va ochiq suvlarida, shimolda Skandinaviya qirg‘oqlarigacha lanubda esa Afrikaning janubiy va avstralyagacha uchraydi. Tuneslar chaqqon suzuvchi baliq bo‘lib, sanoatiga 90 km gacha tezlikda suzadi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, bularda yon muskullari taminlivchi qon tomirlari yaxshi rivojlangan. Tuneslar ovlanadi. Bichoqlar (Gobiidae) kichik, odatda, dengiz sohillarida, ba’azan chuchuk suvlarda yashovchi baliqlar. Suv tubida yashab, o‘sha erda umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. Bazi turlarining erkaklari urchishi davrida uya quradiva urg‘ochilari qo;ygan uvildiriqni himoya qiladi. Asosan janubiy daryo va dengizlarda tarqalgan Qora azov va Kaspiy dengizlarda ovlanadi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling