Iat fani, sinf


Download 38.07 Kb.
bet2/3
Sana30.08.2023
Hajmi38.07 Kb.
#1671578
1   2   3
Bog'liq
5-sinf 19-dars

Asosiy tushunchalar:

  • Elektron jadval;

  • Excel dasturi;

  • Ustun;

  • qator;

  • Katak (yacheyka);

  • diagramma;

  • grafika;

  • Piktogramma;

  • drag and drop;

Dars bosqichlari

Qo‘llanilgan ta’limiy strategiyalar:

  • “Kichik guruhlarda ishlash ta’limiy strategiyasi”;

  • “Blits so’rov ta’limiy strategiyasi”;

  • “Darslik bilan ishlash strategiyasi”;

  • “Maqsadli o‘qish ta’limiy strategiyasi”;

Kirish qismi

Oʻqituvchi: Jadval nima?
O‘quvchilar: Erkin fikrlagan holda o‘zlarining javoblarini aytadi.
Oʻqituvchi: Jadval elmentlarini aytib bering?
O‘quvchilar: Erkin fikrlagan holda o‘zlarining javoblarini aytadi.
Oʻqituvchi: Elektron jadval haqida nimalarni bilasiz?
O‘quvchilar: Erkin fikrlagan holda o‘zlarining javoblarini aytadi.
Oʻqituvchi: Elektron jadvallar bilan ishlashga mo’ljallangan qanday dasturlani bilasiz?
O‘quvchilar: Erkin fikrlagan holda o‘zlarining javoblarini aytadi.
(5-7 daqiqa)

Darsning asosiy qismi

O‘qituvchi: Microsoft Excel dasturi haqida tushuncha beradi va unga kirish ketma-ketligini aytadi.
O‘qituvchi: Microsoft Excel dasturi oynasi va uning elementlari bilan tanishtiradi
O‘qituvchi: Ishchi stolga joylangan colours_1.xlsx faylini ochishni va darslikdagi 53 sahifadagi mevalarni rangini A ustunga, ularning miqdorini esa B ustunga kiritishini aytadi.
O‘quvchilar: Ishchi stolga joylangan colours_1.xlsx faylini ochishadi va darslikdagi 53 sahifadagi mevalarni rangini A ustunga, ularning miqdorini esa B ustunga kiritishadi. (3-minut)
O‘qituvchi: Juda yaxshi, endi ikkinchi topshiriqni bajaramiz.
O‘qituvchi: Ishchi stolga joylangan zooAnimals.xlsx faylini ochamiz va darslikdagi 54 sahifadagi hayvonlar nomini A ustunga, ularning miqdorini esa B ustunga kiritamiz
O‘quvchilar: Topshiriqni bajarib bo‘lishgach, qolgan o‘quvchilar tayyorlagan ma’lumotlarni ko‘rib chiqadilar. O‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lingan holda bir birlarini hujjatlarini xato va kamchiliklarini tahrir qilishadi.
O‘qituvchi: Piktogramma haqida tushuncha beradi.
Oʻqituvchi: Ishchi stolga joylangan animals_1.xlsx faylini ochamiz. Har bir hayvonni sichqoncha yordamida “ushlab” jadvalning hayvon nomiga mos bo’sh ustuniga olib borib qo’yamiz.
O‘quvchilar: Topshiriqni mustaqil bajaradilar.
O‘qituvchi: Grafika nima?
O‘quvchilar: turli xil ko‘rinishda javoblari bilan faol qatnashadi.
O‘qituvchi: O’quvchilarning fikrlarini tinglaydi va ularning fikrlarini to’ldiradi.
O‘qituvchi: Darslikning 56-sahifasida berilgan ma’lumotlardan foydalanib daftaringizga 56-57-sahifalardagi savollarga javob yozing.
O‘quvchilar: Kitob bilan ishlagan holda daftarlariga savollarni javobini yozadi.
O‘qituvchi: Ishchi stolga joylangan colour_2.xlsx hujjatini oching. Quyidagi raqamlarni jadvalga kiriting: sinf taxtasiga ma’lumotlar yoziladi olovrang – 2; qizil – 6; yashil – 8; sariq – 1.
O‘quvchilar: 58 sahifadagi 1-2 savollarga javob yozadilar.
(30-37 daqiqa)


Download 38.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling