Ibn Arabshoh so‘z bilan ifodalagan surati bor Insoniyat tarixida bosma nashrlardagi eng birinchi yolg'on axborot


Download 16.52 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi16.52 Kb.
#1465078
Bog'liq
Kitobdan savollar


Qog‘oz ilk bor Xitoyda paydo bolgan. Dastlab qog‘ozni tut daraxti po‘stlog‘idan tayyorlashgan. Yevropaliklar qog‘ozni matolardan tayyorlaganlar. XIX asrga kelib qog‘ozni yog‘ochdan tayyorlay boshladilar. Birinchi bosma uskunani buyuk nemis novatori logann Guttenberg ixtiro qilgan. Bu ixtiro kitoblarni yaratish jarayonini tezlashtirish va arzonlashtirish imkoniyatini berdi.
Uzoq o'tmishda mahalla chegaralarini belgilash muazzin ovozi bo'yicha aniqlangan. Muazzin minoradan mahalla aholisini namozga chaqirgan, uning ovozini eshitgan aholi esa bitta mahallada yashovchi qo‘shnilar bo'lib hisoblangan. Ba’zi mahallalar hunarmandlar uyushmasidan tashkil topgan bo'lib, ularning ustaxonasi uyining yonida bo'lgan. Mahallalar o‘z hududida joylashgan yodgorlik yoki diqqatga sazovor joylar nomiga bog'liq holda nomlangan. Ba’zan mahalla aholisi ko'chib kelgan shahar yoki qishloq nomi bilan atalgan.
Amir Temurning haqiqiy surati yo‘q. Lekin uning zamondoshi tarixchi Ibn Arabshoh so‘z bilan ifodalagan surati bor
Insoniyat tarixida bosma nashrlardagi eng birinchi yolg'on axborot 1835-yilda “New York Sun” nashri e’lon qilgan Oy va undagi jonzotlar haqidagi uydirma maqolalar hisoblanadi. Maqolalarda uchib yuruvchi o‘zga sayyoraliklar, soqolli hayvonlar rasmlari keltirilgan va ularninq oydagi hayoti tasvirlanqan.
Luqmoni Hakim aytadiki, odam uchun dunyoda bilimdan yaxshiroq do’st yo’q va bilim xazinadan afzaldir. Chunki sen xazinanani ehtiyot qilishing kerak. Bilim esa seni qutqaradi va muhofaza qiladi.
Minorai Kalonning balandligi 47,5 metr, uning asosi yer sathidan 11,5 metr chuqurlikda joylashgan. Javobini o’zida ?
Umid - Hayot yuklaydigan mas’uliyatni zimmaga olmoq. Mas’uliyat - Ato etilgan hayotni munosib, baxtli yashab o‘tishga ahd etmoq. Riyozat - Hayotda o‘z o‘rnini topish uchun harakat qilmoq. 1 bo’g’inli so’z
Fransiyalik Ferdinand Sheval 43 yoshlik pochtachi 1879-yilda o‘ziga tegishli bir parcha yerda orzusidagi «Palais Ideale» («Bekamu-ko‘st saroy»)ni qura boshladi. Jami 26 metrlik san’at namunalaridan iborat toshsaroyni tarashlash uchun Ferdinand Sheval 9 ming kun yoki 65 ming soat tinimsiz mehnat qildi. Bugun Fransiyaning Valans shahri shimolidagi Hoterives qishlog‘iga bu noyob majmuani ko‘rish uchun yiliga yuz ming nafar sayyoh tashrif buyuradi. Pochtachi 33 yil davomida o‘zi orzu qilgan saroyni qurib bitkazdi. 1912-yilda bahaybat qurilishni tugatdi va qasrga kirish eshigiga «Plus opinivtre que moi se me ttre à l’oeuvre» («Endi ishni mendan ko‘ra qat’iyroq kishi davom ettirsin») deb yozib qo‘ydi.
Volvella yoki «g'ildirakli tasvir» - bugungi kompyuter va elektron kitoblarning ajdodi. Harakatlanuvchan g'ildirak va turli qismlardan iborat volvellelarda asosan ish boshqaruvida, xo'jalik hisob-kitobida keng foydalanilgan, unda astrologiya va geografiya faniga oid xaritalar tasvirlangan. Volvelle o'z navbatida analog kompyuterlarning ilk qog'oz namunasi hisoblanadi. Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy nomi bilan chambarchas bog'lanadi.
Miloddan avvalgi 460-yillarda yashagan yunon faylasufi Demokrit «hamma narsa atom yoki eng kichik bo‘linmas zarradan iborat» degan g‘oyani ilgari surgan. Oradan 2 ming yildan ko‘proq vaqt o‘tib, milodning XIX asrida ingliz kimyogari Jon Dalton (1766–1844) hamma narsa atomlardan iborat ekanini isbotladi. 1897-yilda fizik Jozef Tompson doimiy harakatlanuvchi elektronlar bilan o‘ralgan proton va neytronlarning yadrosiga ega bo‘lgan atom tuzilishini tasvirlab berdi. Adabiyot atomdan kuchli?
«Men har gal ijod jarayoniga kirishar ekanman, ulkan marmar ichida qamalib qolgan qahramonlarni ko‘raman va ularni ozod qilishni istayman». Mikelanjelo

Download 16.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling