Ibn Xaldunning iqtisodiy qarashlari
Download 13.11 Kb.
|
Hujjat (10)
Ibn Xaldunning iqtisodiy qarashlari Ibn Xaldun Sharqning buyuk faylasufi, tarixchisi, siyosatshunos olim,davlat arbobi va yirik iqtisodchi sifatida o‘z davrida katta obro‘ va shonshuhrat qozongan tarixiy shaxsdir. U 1332- yilda Shimoliy Afrikaning Tunis shahrida tavallud topdi. Uning ajdodlari bir necha asr davomida obro‘li davlat lavozimlarida faoliyat ko‘rsatganlar. Uning otasi esa siyosiy hayotdan ketib, fanning turli sohalarida tadqiqotlar olib borgan, o‘zini fanga bag‘ishlagan kishi edi. Tabiiyki, bunday muhitda farzandning tarbiyasiga qulay shart-sharoit yaratilgan, otasi rahbarligida islom huquqi, til va adabiyot, siyosat va iqtisod fanlarini chuqur egalladi. Ayni chog‘da, Ibn Xaldun o‘z davrining yetuk davlat arbobi darajasiga ko‘tarildi, bir qancha davlatlaming siyosiy hayotida faol qatnashdi. Uning hayotdagi muhim voqealardan biri umrining oxirlarida buyuk sohibqiron Amir Temur bilan uchrashgani, uning izzat-ehtiromini qozongan, Temurning iqtisod va boshqa masalalar bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib xizmat qilganligidir. Ibn Xaldun bir qancha yirik asarlar yozdi. U ko’proq falsafa va siyosatshunoslikka oid kitoblar bitdi. Uning iqtisodiy qarashlari ham jahon ilm ahli tomonidan e’tirof etildi. Uning iqtisodiy qarashlari ≪Kirish≫ deb atalgan asarida bayon qilingan. Download 13.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling