I–bob. Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga hamda mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’siri


Download 253.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi253.63 Kb.
#1540574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nodira. Korona virus.

Kurs ishining maqsadi – Men o‘z kurs ishimda Koronavirus pandemiyasi va jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqrozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini yumshatish va 
inqrozga qarshi choralar haqida tushuncha berish va imkon boricha aniq faktlar bilan 
va qonun qoidalar asosida izohlashni hamda yakuniy xulosamda takliflarimni 
berishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yaman.
Kurs ishining vazifasi: 
- Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish haqida 
ma’lumotlarga ega bo‘lish. 
Koronavirus pandemiyasining mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’siri va uning 
oqibatlarini o‘rganish va tahlil qilish.  
- Iqtisodiy inqiroz, kelib chiqish sabablari va O‘zbekistondagi iqtisodiy masalalar va 
ko‘rilgan chora tadbirlarni o‘rganish. 
Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, 
ilovalardan iborat bo‘lib , jami 29 sahifani tashkil etadi.



I-BOB Koranavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga hamda 
mamlakatimiz iqtisodoyotiga ta’siri. 
1.1. Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy 
rivojlanishi. 
Tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki koronavirus pandemiyasi 
boshlangunga qadar jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyotlarda ijobiy siljishlar, 
barqaror rivojlanish alomatlari kuzatilgan. Oxirgi yillarda jahon iqtisodiyotida 
iqtisodiy o‘sishning surati o‘rtacha 3 foiz atrofida bo‘lsa, uning yuqori suratlari:
1
• 
Xitoy; 
• 
Tojikiston; 
• 
Armaniston; 
• 
O‘zbekistonda. 
Past suratlari: 
• 
AQSh; 
• 
Buyuk Britaniya; 
• 
Rossiya Federatsiyasida kuzatilgan. 
Jahon iqtisodiyotining yalpi daromadi 2019 yilda 84,5 trillion AQSh dollarni, 
shu jumladan: 
• 
AQSh 20,6 trillion dollar (ulushi 24,4 foiz); 
• 
Xitoy Xalq Respublikasi 13,1 trillion dollar (ulushi 15,6%); 
• 
Germaniya 3,9 trillion dollar (4,6%); 
• 
Buyuk Britaniya 2,8 trillion dollar (3,3%); 
• 
Rossiya va Janubiy Koreya 1,5 trillion dollari (1,9%)ni tashkil 
etilishini quyidagi rasmda ko‘rishimiz mumkin. 
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus 
pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy 
faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy 
prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilgan edi. 
1
https://review.uz/uz/post/koronavirus-pandemiyasining-global-iqtisodiyotga-va-ozbekistonning-iqtisodiy-hamkor-
mamlakatlariga-tasiri 



Bu sharoitda, iqtisodiy pasayish rivojlangan davlatlarda 6,1 foizni (shu 
jumladan, AQSh – 5,9 foiz, Yevrozona mamlakatlari – 7,5 foiz) va rivojlanayotgan 
mamlakatlarda – 1 foizni, shuningdek, Rossiyada – 5,5 foizni va Qozog‘istonda – 
2,5 foizni tashkil etishi, O‘zbekistonda esa 1,8 foizlik iqtisodiy o‘sish prognoz 
qilingan edi. Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning o‘ziga xos 
xususiyatlari shundan iborat:
2

- birinchidan, yuzaga kelgan murakkab iqtisodiy vaziyat bank va moliya 
sektoridagi qandaydir inqirozli holat natijasi emas hamda fiskal yoki monetar siyosat 
orqali uning to‘liq yechimini ta’minlash imkoniyati cheklangan. Mavjud vaziyat, 
eng birinchi navbatda “insoniy” yoki “inson sog‘ligi inqirozi” bilan bog‘liqdir; 
- ikkinchidan, odatda inqirozlar talab (bank tizimidagi inqiroz va kreditlarning 
sekinlashuvi, yoki davlat qarzining oshib ketishi natijasida xarajatlarning qisqarishi, 
daromadlarning kamayib ketishi) yoki taklifning yani, ishlab chiqarish hajmlarining 
keskin qisqarishi (urush va tabiiy ofatlar, qarz inqirozlari va h.k.) bilan bog‘liq 
omillarning biri ta’sirida yuzaga keladi. Amaldagi iqtisodiy vaziyatning 
murakkabligi, bir paytning o‘zida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanadi; 
- uchinchidan, koronavirus pandemiyasining to‘xtatilishi va undan keyingi 
bosqichda cheklovlarning olib tashlanishi hamda ushbu kasallik tarqalishining 
ikkinchi to‘lqini bilan bog‘liq yuqori darajadagi noaniqliklarning mavjudligi: 
• 
biznes subyektlari uchun ishlab chiqarish va investitsion loyihalar 
bo‘yicha; 
• 
aholining iste’mol faolligiga; 
• 
hukumatlar tomonidan fiskal va monetar qo‘llab quvatlash; 
• 
tashqi va ichki qarzlarni jalb qilish; 
• 
ijtimoiy himoya hajmi va dasturlarini belgilash borasida aniq qarorlarni 
qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. 
• 
Shu nuqtai nazardan koronavirus pandemiyasining mamlakatimizdagi 
ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini yumshatish vazifasi, birinchi navbatda, ushbu 
kasallikning aholi sog‘ligiga ta’sirini minimallashtirish, ushbu borada kiritilgan 
2
Shodmonov Sh/, G‘afurov U. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. T.:Iqtisodiyot, 2017



cheklovlarni ehtiyotkorlik bilan bosqichma-bosqich olib tashlash va kelgusidagi 
vaziyatni imkon qadar aniqroq baholay olish orqali inqirozdan keyingi iqtisodiy 
tiklanish siyosatini to‘g‘ri shakllantirish va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. 
• 
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston 
Respublikasi Parlamentiga Murojaatnomasi hamda mamlakatimizni 2017 – 2021 
yillarda yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish
• 
Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratilgan joriy 
yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb atalgani va 
Davlat dasturining qabul qilinishi, barqaror iqtisodiy rivojlanish, xalq farovonligini 
oshirishda muhim dasturamal bo‘lib xizmat qiladi. 
• 
Global inqirozning respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga salbiy 
ta’sirlarini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz xolatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga 
salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora - tadbirlar to‘g‘risida” 
va “Koronovirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik 
sub’yektlarini qo‘llab – quvvatlashga doir qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida” 
gi farmonlari qabul qilindi va amaliyotda joriy etilmoqda. 
• 
Farmonda ko‘rsatib o‘tilgandek jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi 
tarqalishiga qarshi kurashishda respublikamizda insonlarning harakatlanishiga 
cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan 
choralar ko‘rilmoqda. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston 
iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu 
holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar 
ko‘rishni talab qiladi. 
• 
Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi 
respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab -quvvatlash 
va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur. 
• 
Globallashuv va integratsiyadan, ikki va undan ko‘p tomonlama iqtisodiy 
aloqalardan inqirozgacha ko‘p naf ko‘rgan mamlakatlar koronavirus 



pandemiyasidan juda ko‘p zarar ko‘rmoqda. Ular koronavirusga chalinganlarning 
soni jihatidan dunyoda peshqadam bo‘lmoqda. 
• 
Inqiroz davom etayotgan davrida milliy iqtisodiyotning birinchi galdagi 
vazifalari bozor ishonchini tiklash, nobozor sektorini, birinchi navbatda renta 
munosabatlari ta’sir hududini qisqartirish va raqobatchilikni rivojlantirishdan iborat. 
Milliy iqtisodiyotni energiya-xom ashyo yo‘lidan innovatsion yo‘nalishga o‘tkazish 
samaradorligi aholining turli ijtimoiy guruhlari, hokimiyat va biznes o‘rtasidagi 
aloqalarning ishonch darajasi bilan belgilanadi. 
• 
Shuningdek, korxonalarning raqobatbardoshligi va ularning iqtisodiy 
holatiga koronavirus pandemiyasining ta’sirini yumshatish maqsadida ishlab 
chiqarish xarajatlarini pasaytirish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish, transaksion 
sarflarni tejash chora - tadbirlari tavsiya etilgan. 
• 
Moliyaviy nochor korxonalarga imtiyozli kredit berish, bankdan olgan 
kreditlarini so‘ndirishga imtiyoz yaratish, mahsulotlarning energiya va boshqa xom 
ashyo sig‘imini pasaytirishni rag‘batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarini 
lokalizatsiya dasturlariga kiritish, ularning mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni 
oshirish tadbirlari belgilangan. Ishlab chiqarishni yangi mahsulotlar va faoliyatlar 
bilan kengaytirish hisobiga diversifikatsiyalashni amalga oshirish, mahsulotlar va 
xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish, ulardagi qo‘shimcha qiymat sig‘imini 
oshirish, sotish kanallari va bozorlarini kengaytirish, bandlikni, o‘z – o‘zining 
bandligini ta’minlash chora –tadbirlari keng joriy etilmoqda. 
• 
Bu holatlar kelgusida mamlakatimiz tez fursatda inqiroz ta’siridan chiqgan 
inqirozgacha bo‘lgan holatni tiklab barqaror rivojlanish trayektoriyasiga o‘tishiga 
xizmat qiladi. Shu xususida yana bir olimlar o‘rtasidagi inqirozdan keyingi 
rivojlanish ssenariyalari munozarali bo‘lib turibdi. 
• 
Ayrim olim va mutaxassislar kelgusida iqtisodiyotlarning rivojlanishi 
to‘g‘risida lotincha L- shaklida ( L- shape), U- shaklida ( U –shape) yoki V –shaklida 
(V-shape) bo‘lishini prognoz qilishmoqda. Ushbu harflarning ko‘rinishi yalpi taklif 
egri chizig‘ining shaklini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda milliy iqtisodiyotlar 
va jahon iqtisodiyoti oldingi shakliga kirib rivojlanish bosqichiga o‘tadi deganidir. 



• 
O‘zbekiston iqtisodiyoti 5 yoki 6 oyda iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplab bu 
yilgi YaIM ning o‘sish surati 1,2 – 1,5 foiz atrofida va keyingi yili 7,0 - 7,2 foizga 
ko‘tariladi. Jahon iqtisodiyoti va rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Germaniya, 
Turkiya, Xitoy, Rossiya) iqtisodiyotlari iqtisodiyotining U – shaklda rivojlanadi, 
Boshqacha qilib aytganda bu iqtisodiyotlarga tiklanishi va rivojlanishi uchun 
ko‘proq vaqt (bir va bir yarim yil) talab etiladi. 

Download 253.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling