Ibratli kunlar.( Esse)


Download 13.88 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi13.88 Kb.
#265532
Bog'liq
Esse. Ibratli kunlar


Ibratli kunlar.( Esse)

Inson hayotga kelar ekan, o`zi bilmagan ko`p juda ko`p narsalarning guvohi bo`laveradi. Boshimizga tushgan kichik bir “tashvish” yoki “g`am” bizni sinash uchun beriladi. Bizning oq-u qorani tanish da yordam beradi. Lekin shuni bila turib ham ba`zan bunday holni unutamiz. Oldimizda bizga yelkadosh bo`lib yashayotgan insonlar borligini xayolimizdan ko`tariladi.

Hozir fan-texnika rivojlangan bir paytda, hech bir narsa qarab turmaydi. Bugun yangi, ertaga eski, indin boshqasi yangi. Es –hushimizni kompyuter yo telefonsiz tasavvur eta olmaymiz. Lekin hayot faqat tarmoq( internet)dan iborat emas.

Eslayman, ishdan kelib hamma o`z ishi bilan band: biri telefon, biri internet, yana biri dars, boshqasi esa kompyuter o`yinlari. Bahor fasli bo`lgani uchun ob havo tez-tez o`zgarib turardi. O`sha kuni kechga borib, osmon quyuq qora bulut bilan qoplandi. Shiddatli yomg`ir odamni qo`rqitadigan darajada yog`di. Biroz turib kuchli shamol ko`tarilib elektr toki ham o`chdi. Uydagilar bir- bir o`z xonalaridan telefon yorug`i bilan to`plana boshladi. Xontaxta atrofi bir zumda to`ldi. Biroz turib bir-biri bilan dildan suhbatlashishga tushdi. Oilamiz katta. Hali ancha o`tirar deb choy damlashga ahd qildim. Choy qaynab chiqaman deguncha, men ularning biri boshqasiga jo`shib gapirayotganini kuzatardim. Bir-birining yelkasini silab qo`yishlar, birga xandon otib kulishlari…menga kuchli ta`sir qildi. To`g`ri elektr tokisiz hech bir ishimiz bitmaydi. Lekin o`sha kuni negadir elektr toki o`chganiga juda xursand bo`ldim. Sababi oramizdagi bu iliqlik menda boshqacha kuch bergan edi.



Xulosa sizda…


Download 13.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling