Rolli o’yinlar hayotiy va ijtimoiy vaziyatlardan olingan bo’lib, shaxslararo munosabatlarni anglashga, hamda yaxshilashga yordam beradi. Ko’p holatlarda rolli o’yinlar trening ishtirokchilari orasidagi munosabatni yaxshilash uchun taklif qilinadi. Rolli o’yinlardagi eng asosiy narsa bu- muloqot yoki munosabat hisoblanadi. Rolli o’yinlarda o’rganishimiz mumkin bo’lgan turli jabhalar mavjud bo’lib xulosa chiqarish, tajriba orttirish, uni anglash, kundalik hayotga tatbiq etish kabilar kiradi.
|
Tanishuvli o’yinlarning asosiy maqsadi treningning boshida jamoa ishtirokchilari o’rtasidagi yaqinlik, iliqlik munosabatini kuchaytirishdir. Bir-biriga tanish bo’lmagan guruh yig’ilgandan so’ng albatta ular o’rtasidagi munosabatni yaxshilash kerak bo’ladi. Bunda esa tanishuvli o’yinlar qo’l keladi. Bunday o’yinlar orqali ishtirokchilar o’rtasida bir-birini qo’llab-quvvatlash, tushunish, hurmat qilish, yangi dunyo va qadriyatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Tanishuv q ismini tashkil qilish uchun juda ko‘plab o‘yinlar mavjud. Bulardan ko’p qo’llaniladiganini keltirishimiz mumin.
Masalan: Intervyu usuli. Videoyozuv (videotasma) usuli. Kartochkalar usuli. Bunday o’yinlar juda ko’p va qaysi birini qo’llash trenerning mahoratiga bog’liq.
|