Ibrohimova kumushning mustaqil ishi


Download 32.37 Kb.
bet1/4
Sana20.03.2023
Hajmi32.37 Kb.
#1284969
  1   2   3   4
Bog'liq
3KzRFcjhALU5CyWMNxn0Obqxvn28yhAv


PSIXOLOGIYA YO’NALISHI. 2-KURS TALABASI
IBROHIMOVA KUMUSHNING MUSTAQIL ISHI

Trening instituti haqida

Mesmer nazariyasi haqida

Everettning ”aql dinamikasi” haqida

Djozef Prratt
Tajribasi haqida

Trening instituti 1993 yilning mart oyida Rossiyada tashkil topgan. Uning tashkil etilishidan asosiy maqsad trening sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va bu sohani yanada rivojlantirishdan iborat edi. Mutaxassislarni tayyorlash uchun 3 bosqichdan iborat bo‘lgan metodik mashg‘ulotlar o‘rgatilar edi. Ushbu institutda jamlangan tajribalar asosida 2001 yil Sankt-Peterburgda chop etilgan 3 bobdan iborat “Treningda psixogimnastika” deb nomlangan kitob ham nashr etildi. Bu kitobda institut xodimlari tomonidan ko‘p yillar davomida to‘plangan treninglar, psixologik mashqlar, turli xil chet el adabiyotlaridan olingan va mutaxassislarning o‘zlari tomonidan o‘ylab topilgan trening mashg‘ulotlari jamlangan.

Frank Anton Messer avstriyalik psixiatr bo’lib, Psixosomatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar guruhini bir joyda davolashga harakat qilgan dastlabki tadqiqotchilardan biri sifatida tanilgan. U Parijda turli xil somatik va psixik kasallikka chalingan bemorlarni davolash bilan mashhurlikka erishgan. Messer: atmosferadagi ko‘rinmas magnitli flyuidlar inson salomatligiga ta’sir qiladi, flyuidlar ta’sirida har qanday muvozanatning buzilishi kasallikni chaqiradi, deb ishongan. Uning fikriga ko‘ra, davolash jarayoni flyuidlarni shifokor bemorga berishi bilan amalga oshiradi va bemorlarga flyuidlarni berish uchun kasallarni bitta guruhga to’playdi va ularni suv to‘ldirilgan va ko‘plab bandi bor yog‘och idish atrofiga yiqg’adi. Uning ko‘rsatmasi bilan har bir ishtirokchi idish bandini yoki sherigini ushlab turgan. Shunda Messer turli xil “ilohiy” xatti-harakatlarni bajarib, idishga qo‘l tekkizadi, bu bilan go‘yoki o‘zining flyuidlarini shu idishga o‘tkazayotgandek his qiladi. idishning temir bandlaridan oqayotgan suv odamlarda go‘yoki, “Hayvoniy magnetizmni tug‘dirayotgandek, ular uning ta’siriga berilib kulish, yig‘lash, hatto gallyusinasiya qilishni ham boshlaydilar. Ana shu jarayondan so‘ng ayrim bemorlar ahvolining yaxshilanishi kuzatilgan. Lekin hukumat tomonidan firibgarlikda ayiblangan

1968 yilda AQShning Texas shtatida Aleksandr Everett “Aql dinamikasi” deb nomlangan kompleks trening dasturini o‘tkazgan. Aql dinamikasi”ning keng rivojlanishida diniy va shaxsiy rivojlanish asos bo‘lib xizmat qilagan. Aql dinamikasi biznesmenlarni shaxsiy rivojlanish usullariga o'rgatgan. Akademik nazariyalarga emas, balki noyob faoliyatga tayangan. Kurs ishi vizualizatsiya va meditatsiyaga qaratilgan usullardan ham foydalangan

Vrach Djozef Pratt stasionarga kelish imkoni bo‘lmagan kasallarni davolagan. Pratt guruhiy o‘zaro ta’sir bo‘lib, kasallarni davolashda guruhiy hamkorlikni ilk bor amaliyotda sinagan mutaxassis bo’lgan. U ilk bor tuberkulyuz bilan og‘rigan odamlarni davolagan. U bemorlarni bitta jamoaga yiqqan va ularga gigiena, dam olish, toza havo, shirin taomlarning foydali jahatlari haqida gapirib bergan. U bemorlarga kundalik tutishni buyurgan, bundan asosiy maqsad bemorlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni bilish bo‘lgan. Bemorlar kundalikka sog‘ligi yaxshi tomonga o‘zgarayotgani, guruhiy jipslashish va bir-birlari haqida g‘amxo‘rlik qilish qobiliyati shakllanayotganligi haqidagi ma’lumotlarni ham yozib borishgan. Terapiya so’nggida shu ma’lim bo’lganki, psixoterapiyada asosiy rol jamoaga tegishli, chunki guruhda insonlarning bir-biriga ta’siri kuchli bo‘ladi. Shu asosda Pratt insonlar uchun guruhiy davolash metodikasini ishlab chiqdi va guruhiy terapeyaning asoschilaridan biriga aylandi.
















Download 32.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling