Ibrohimova kumushning mustaqil ishi


Trening o’tkazishga qo’yiladigan talablar Xona


Download 32.37 Kb.
bet2/4
Sana20.03.2023
Hajmi32.37 Kb.
#1284969
1   2   3   4
Bog'liq
3KzRFcjhALU5CyWMNxn0Obqxvn28yhAv

2. Trening o’tkazishga qo’yiladigan talablar
Xona: Har bir ishtirokchi xonada o‘zini erkin his etishi uchun kerak bo’lgan barcha sharoitlar qilinishi zarur. Chunki bu trening samarasini berishi mumkin bo’lgan asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Trening mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joy shinam, keng, erkin harakatlanishga mo‘ljallangan, kerakli anjomlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Gullar, akvarium, manzarali tasvirga ega rasmlar, dumaloq shaklda qo’yilgan stollar, yumshoq mebel bo’lishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari trening turiga qarab mikrofon, prezintatsiyalar uchun proektr o’rnatsa bo’ladi. Butun xonaga kelsak, u tashqi shovqindan uzoqroq joyda o’tkazilishi, bvegonalarning aralashuvidan holi bo’lishi trening samarasini oshirib beradi. Chunki trening mashg‘ulotlari hissiyotlarga boy jarayon hisoblanib, aynan bunday holatda kimningdir oddiygina eshikni ochib qarashi ham trener yoki ishtirokchilarni bu hissiyotdan chiqarib yuborishi, ular diqqatining bo‘linishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Vaqt: Mashg’ulot haftasiga 4-5 kun 8 soatdan (orada 1 soat yoki 30 minut tanaffus beriladi) bunday trening eng samarali hisoblanadi. Agar 2-3 kun 4-5 soat samarali natija berishi mumkin. Agar 1 kunda 3-4 soatdan o’tkazilsa kamroq samara beradi.
Ishtirokchilar yoshi: Aksariyat holatlarda trening ishtirokchilarining yoshi iloji
boricha taxminan teng bo‘lishi, ya’ni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi
maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlanadi. Lekin o‘tkaziladigan trening
mashg‘ulotining maqsadiga va hal etiladigan muammolariga qarab turli xil
yoshdagi ishtirokchilarni taklif etish ham foydadan holi bo‘lmaydi (masalan, qaynona-kelin, ota-ona va farzand, pedagog va o’quvchi nizolari.
jinsi:bilishimcha ko’pchilikni qiziqtirgan va haligacha ikki xil yechimga ega mavzu bu ishtirokchilarning jinsi bo’lib kelmoqda. Menimcha bu trening mavzusiga bog’liq. Vazifasi emotsional qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lgan va bir xil jins vakillaridan iborat qisqa muddatli guruh ishtirokchilari bir-biriga o‘xshashga intilishadilar hamda bu yaxshi natija beradi. Aksincha, maqsadi ishtirokchilarda shaxslararo o‘zaro tushunishni shakllantiruvchi uzoq muddatli trening guruhlarida turli jins vakillarining bo‘lgani yaxshi. Geterogen guruhlarning samarasi shundaki, bunday guruhlarda ishtirokchilar shaxsiy muammolarini hal etishi va ularni yengishga erishlari mumkin. J.Kellermenning fikriga ko‘ra guruhlarda emotsional holatni yaratish va ishtirokchilarning muommolarini hal qilishda ijobiylikka erishish uchun geterogenlikka intilish kerak. Ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo‘lishi trening guruhlarida ijobiy muhit yaratilishiga olib kelishi tajribalarda isbotlangan. Chunki qaysidir jins vakili ko‘proq va qaysisidir kam bo‘lishi guruhning o‘zaro erkin munosabatda bo‘lishiga va ular orasida ishonch muhitining vujudga kelishiga xalaqit berishi mumkin. Bundan tashqari guruhda erkaklar sonining ko‘p bo‘lishi olib borilayotgan bahs-munozaralarda erkaklarcha munosabatning ustun bo‘lishiga, aksincha holat esa ayollarga xos fikrlarning ustunlik qilishiga olib kelish ehtimolini oshiradi.

Download 32.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling