45-maktab tasviriy san’at fani o’qituvchisi
Ibroximova Gulshanoy Baxromjon qizining
7-“A” “B” V-sinflar uchun yozgan tezislari:
Sana
|
Mavzu
|
Tezis
|
28.03.2023
|
Dizayn san’ati
|
O'qituvchi: Ibroximova Gulshanoy
Mavzu bayoni: Dizayn (inglizcha “design” – “loyiha”, “chizma”, “rasm”) – buyum va mahsulotlarning estetik va funksional vazifalarini ifodalash maqsadida yaratilgan loyiha. Dizayn isteʼmol buyumlari, avtomobillar, maishiy texnika, libos, reklama, jamoat va turarjoy binolari interyer va eksteryeri, mebel jihozlari, veb dizayni kabi yo‘nalishlarda yaratiladi. O‘zbekistonda dizayn sanʼati rivojlanib, sanoat dizayni, libos dizayni, reklama dizayni, arxitektura, avtomobil va boshqa sohalar dizaynida faoliyat yuritayotgan oʻzbek dizaynerlarining mahsulotlari dunyo bozoriga chiqdi va taniqli brendlarga aylandi. Tasviriy sanʼat bilan jiddiy shugʻullanib, dizayner boʻlish uchun dizayn turlari va yoʻnalishlari borasida yetarli bilimga ega boʻlish talab etiladi.
Libos dizayni – inson uchun qulay boʻlgan va uni bezaydigan kiyimlarni loyihalashga qaratilgan dizayn turi. Ushbu faoliyat turi bilan shugʻullanuvchilar “modelyer-dizayner” deb ataladi. Reklama dizaynidan ommaviy axborot vositalari orqali mahsulotni (biznesni) tavsiya etish uchun foydalaniladi
Mustahkamlash uchun savollar beriladi.
Vazifa:
|
04.04.2023
| Arxitekturada kompozitsiya. Interyer dizayn |
O'qituvchi: Ibroximova Gulshanoy
Mavzu bayoni: Interyer arxitektura va dizayn sintezi boʻlib, xona muhiti hamda undagi buyum va jihozlarning oʻzaro mutanosibligi dizayn loyihasi asosida rejalashtiriladi. Binoning arxitekturaviy yechimi, u qaysi uslubda qurilganligi interyer dizaynini belgilab beradi. Masalan, biror-bir arxitekturaviy uslubda qurilgan bino uchun oʻsha bino uslubiga mos interyer yaratish, jihozlash talab etiladi. Buni biz haytek va klassik uslubda qurilgan bino va uning interyerlari misolida koʻrishimiz mumkin. Interyer qanday maqsadda yaratilgani, vazifasi, unda joylashgan jihoz va buyumlar asosida xona dizayni ishlanadi. Shuning uchun ofi s va jamoat tashkilotlari, teatr va kinoteatrlar, vokzal va shifoxonalar, ta’lim muassasalari, turarjoylar interyeri bir-biridan farq qiladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |