Ibtidoiy davr ( arxaik ) madaniyati. Reja: Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari


QADIMGI HINDISTON XITOY MADANIYATI


Download 222.86 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi222.86 Kb.
#1538969
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sssssssssssssssssss

QADIMGI HINDISTON XITOY MADANIYATI
Hindistonning shimoli-g’arbidagi Hind daryosi havzasidan topilgan Moxenjo-Doro (Sind viloyati) va Xarappa (Panjob) dan topilgan qadimgi shahar qoldiqlari, madaniyat yodgorliklari eramizdan avvalgi 3 – 2 minginchi yillardayoq Hind san‘ati o’ziga xos, yorqin va jozibador, fantaziyaga boy san‘at bo’lganligini tasdiqlaydi va mifologiya asosida qimmatli san‘at namunalari yaratilganligini anglash imkoniyatini beradi.
Eramizgacha bo’lgan davrdan bir necha asr oldinoq, bu yerda matematika, tilshunosliq falsafa, tibbiyot ravnaq topgan, hunarmandchilik rivojlangan, yozuv paydo bo’lgan. Me‘morlik, haykaltaroshlik na rassomlik san‘ati bir-biri bilan uyg’unlashgan holda rivoj topgan.
Eramizdan avvalgi bir mingin­chi yillarning ikkinchi yarmida bu yerda dastlabki sinfiy davlat paydo bo’lgan. Adabiy manbalarga ko’ra, shu davrlarda ajoyib, hashamatli yog’och me‘morchiligi ravnaq topgan. Bular bizgacha saqlanmagan. Eramizdan avvalgi III asrdan yangi eraning VII asrigacha bo’lgan davrda esa, Hindiston Osiyodagi eng yuksak madaniyat o’chog’iga aylangan. Bu yerda paydo bo’lgan buddizm (buddizm er.av. U11-U1 asrlarda v.k. Uni shu asrda yashagan shahzoda Siddxartxi Gautama (er.av.566-486 yy)yaratgan.Bu diniy-falsafiy ta‘limot Siddxartxiga berilgan Budda (ma‘rifatparvar) laqabi bilan atalgan) ning Osiyodagi ko’pgina yerlarga tarqalganligi ham shundan dalolat beradi.
Hindiston san‘ati ham qator taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tgan. Bu taraqqiyot jarayonida Xind san‘atiga goh shumer, goh grek san‘atining ta‘siri bo’lgan. Lekii shunga qaramay, uning san‘atida o’ziga xoslik mavjud bo’lib, u, asosan, xalq san‘ati, ayniqsa, hunarmandchilik ta‘sirida bo’lgan.
Qadimgi Moxenjo-Doro shahrining qoldiqlari bizgacha yaxshi saqlangan. U yirik shaharlardan biri bo’lib, ko’chalar va binolar pishiq g’ishtdan ishlangan. Hindistonda juda qadim paytlardanoq shahar qurish san‘ati paydo bo’lganligidan, shaharlarni plan asosida qurishga e‘tibor berilganligidan dalo­lat beradi. Shaharda katta jamoat binolari bo’lgan hammom va kanalizatsiya ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan. Topilgan sopol buyumlarning yuzasi geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Turli xildagi loy va toshdan ishlangan haykal va haykalchalar
Qadimgi Xitoy san‘ati tarixi eramizdan avvalgi 4–3 minginchi yillardan eramizning Sh asrigacha bo’lgan davrni o’rganadi, tahlil etadi. Eramizdan avvalgi 4–3 minginchi yillarda Xuanxe daryosi vohasida odamlar dehqonchilik bilan shug’ullana boshladilar, ayrim qabilalar esa o’troq hayot kechira boshladilar. Bu davrda odamlar yashaydigan uylar dumaloq shaklda va ko’proq yerto’la tipida bo’lgan, ular yerni 3–4metr qazib ishlangan. Asta-sekin yarim yerto’la tipida va nihoyat, yer ustida karkas uslubidagi uylar yuzaga kelgan. Ular to’rtburchak yoki kvadrat shaklida qurila boshlangan. Tepa tomi shox-shabbalar yoki loydan pishirilgan plitalar bilan yopilgan. Ustun-to’sin sistemasi ham shu davrlarda me‘morlikda keng qo’llanila boshlangan.
Xitoyning eng qadimgi san‘at namunalari bizgacha kulolchilik buyumlari orqali yetib kelgan. Qo’lda, dastgohsiz yasalgan turli xum, ko’za, tovoq, vazalar rangdor naqshlar bilan bezab chiqilgan. Bu kulolchilik buyumlarining yuzasi spiralsimon, to’lqinsimon, tursimon chiziqlar bilan bezalgan, soddalashtirilgan odam, xayvon va qushlar rasmi ham ishlangan. (Bunday kulolchilik yodgorliklari Yanshao manzilidan topilgani uchun ham ular «Yanshao madaniyati yodgorligi»deb yuritiladi. Shu madaniyat keyingi Xitoy kulolchiligi rivojida ham muhim o’rinni egalladi. Xitoyning ayrim viloyatlarida kulolchilik buyumlari qora loydan dastgohda ishlangan. Bu buyumlar nafisligi va nisbatlariping qat‘iyligi bi­lan ajralib turadi. Bunday idishlar Lunshan manzilidan topilgani uchun «Lunshan madaniyati yodgorliklari» deb yuritiladi.
Eramizdan avvalgi 4–3 minginchi yillarda Xitoyda loy­dan ishlanib, olovda toblab pishirilgan odam haykallari (terrakotalar), odam boshini eslatuvchi ko’zalar, toshdan ishlangan turli badiiy buyum va haykallar uchraydi. Bular qa­dimgi Xitoy madaniyatining boy va rang-barang bo’lganligidan dalolat beradi.
Eramizdan avvalgi 2 minginchi yillarda Xuanxe daryosi vohasida Xitoyda birinchi bor davlat paydo bo’ldi. Bu davlatni Shan (yoki In, taxminan, er. av. XVI asr – er. av. 1027 yillar) dinastiyasi boshqardi. Shan davridan bizgacha saqlanib kelgan yodgorlik An‘yan rayonidan topilgan katta shahar qoldiqlari hisoblanadi. Shahar aniq planirovkaga ega bo’lib, u kvartallarga ajratilgan. Binolar sun‘iy tepalik ustiga qurilgan. Binoda ustunlar imkoniyatidan foydalanilgan. Tom esa ikki nishabli bo’lib, poxol bilan yopilgan.
Shan davrida Xitoyda miflar paydo bo’lgan, turli ramziy belgilar yuzaga kelgan. Bu belgi va miflar idishlarning yuzalariga ishlangan haykallarda, rangtasvirda tasvirlangan va shularda kishilarning falsafiy qarashlari o’z ifodasini topgap. Shu vaqtda bronzadan ishlangan, diniy marosimlar o’tkazish uchun mo’ljallangan buyumlar yuksak mahorat bilan ishlangan, ularning yuzasi ramziy belgi, naqsh, fantastik va yarimfantastik obrazlarning bo’rtma tasviri bi­lan bezalgan. Bu belgi, naqsh va obrazlar yagona ritmga bo’ysundirilgan.
Buyumlarning bandi va qopqog’iga ham turli shakllar berilgan. Shan davrida toshtaroshlik va suyak o’ymakorligi ham rivojlangan. Ustalar qattiq nefrit toshlaridan taqinchoq, ko’mish marosimi bilan bog’liq bo’lgan buyumlarni, turli xil hayvon va jonivorlar haykalchalarini yuksak mahorat bilan bajarganlar. Shan davrida oq loydan yasalib, yuzasi bo’rtma tasvirlar bilan bezatilgan turli xum va boshqa idishlar ham yuksak mahorat bilan ishlangan.



Download 222.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling