Ibtidoiy davr san'ati manbalari


QADIMGI MARKAZIY OSIYONING ENG QADIMGI SAN`ATI


Download 49.1 Kb.
bet2/13
Sana20.10.2023
Hajmi49.1 Kb.
#1712986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
IBTIDOIY DAVR SAN\'ATI MANBALARI

QADIMGI MARKAZIY OSIYONING ENG QADIMGI SAN`ATI
Reja:
1. Markaziy Osiyodagi Qadimgi madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Yunon-Baqtriya madaniyati miqiyosida Sharq ellinistik madaniyati.
3. Kushonlar madaniyati.
4 Sharq uyg‘onish davri madaniyatini rivojlanish bosqichlarinii g‘ziga xos xususiyatlari.
5 Uyg‘onish davrining Sharq va G‘arb madaniyati aloqalarida tutgan o‘rni.

Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati tarixida muhim o‘rin tutadi. Uning o‘rta asrlardagi madaniyatiga butun dunyo allaQachon munosib baho bergan. Hatto BaQtriya, Marg‘iyona, Sug‘d, Parfiya, Farg‘ona, Xorazm, Choch xalQlarining Qadimgi madaniyati ham jahonni hayratga solmoQda. Markaziy Osiyo mintaQasining Qadimgi madaniyatini o‘rganish o‘n yillar ilgari boshlangan bo‘lsada, tadQiQotchilarning bu madaniyatining o‘ziga xosligi va boy mazmuni lol Qoldirdi. Markaziy Osiyo madaniyati g‘arb va SharQning buyuk madaniyat elementlarini bir butunlikda uyg‘unlashtirib ifodalagan holda o‘ziga xos individuallik kasb etadiki, bu xususiyat keyingi taraQQiyot uchun ham negiz bo‘lib Qoladi.


I.A. Karimov aytganlaridek, – «Modomiki, o‘z tarixini bilgan, undan ruhiy Quvvat oladigan xalQni yengib bo‘lmas ekan, biz haQQoniy tariximizni tiklashimiz, xalQimizni, millatimizni ana shu tariximiz bilan Qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan Qurollantirish, yana bir bor Qurollantirish zarur». Markaziy Osiyo xalQlari madaniyatining vujudga kelishi sharoitlarini belgilashda dastavval, uning jug‘rofiy o‘rni va tabiiy vositalariga e’tiborni Qaratish lozim bo‘ladi. Madaniyatshunoslik har Qanday madaniyatning shakllanishidagi o‘ziga xos alfozni joy manzarasi, iQlimi, biosfera omillarining ahamiyati borligiga alohida e’tibor beradi. Markaziy Osiyo mintaQasining tabiati turli xilligi bilan katta farQ Qiladi. Bu yerda serhosil vodiy va vohalar, sersuv daryolar, QaQroQ cho‘llar, dashtu adirlar, Pamir va Tangritog‘ining baland muzofatlari bilan yonmayon joylashgan. Bunday xususiyat dehQonchilik, chorvador, tog‘da yashovchi Qabila va xalQlar xo‘jalik tarzi va o‘ziga xos madaniyatlarining shakllanishi uchun imkoniyat yaratdi. «Qadimgi sivilizatsiya» deb nomlangan risolada Markaziy Osiyo madaniyatining ikki xususiyati ko‘rsatiladi: bir tomondan, turli madaniyatlarning o‘zaro ta’sirida, ikkinchi tomondan, Qadimgi sivilizatsiyalarining boshQa o‘choQlari bilan yaQin aloQada rivojlanishi.
Bu xususiyatlarni batafsil kuzatadigan bo‘lsak Markaziy Osiyo madaniyatining shakllanish jarayonlari yaQQol namoyon bo‘ladi. Markaziy Osiyoning serhosil vodiysi, cho‘l va dashti, tog‘larida yashovchi aholining turmush sharoitidagi farQlar turli xo‘jaliklarning ertaroQ paydo bo‘lishi o‘ziga xos madaniyatlar shakllanishiga olib keldi. Bu jarayon yaQin Qo‘shinchilik munosabatlari asosida sodir bo‘lib, Qabila va xalQlarning iQtisodiy va madaniy aloQalari tufayli taraQQiyotning ertaroQ boshlanishiga imkon yaratdi. Eng Qadimgi davrlardan dehQonchilik, chorvachilik va tog‘ ovchi Qabilalari o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash Markaziy Osiyo xalQlari iQtisodiyotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, keyingi davrlarda ham u uzoQ saQlanib Qoldi. Turmush tarzi va xo‘jalik faoliyatidagi farQlanish bilan birga mintaQa xalQlarining etnik va tillardagi yaQinlik judayam uyg‘unlashib ketganligi Qadimgi Yunon va Xitoy manbalarida ham Qayd Qilingan. Markaziy Osiyo xalQlarining kuchli iQtisodiy aloQalari, etnik va til birligi ularning bir-biridan ayricha yashashiga yo‘l Qo‘ymadi. Natijada Qadimgi SharQning klassik madaniyati orasida Markaziy Osiyo Qadimgi madaniyati ajralib, o‘ziga xos ko‘rinishda shakllanadi. Dastlab, bu madaniyatda ikki xil madaniyat aralashib ketadi: ko‘chmanchilik va ibtidoiylik olami hamda sivilizatsiya olami; Bu yerdagi Qadimgi madaniyatlarga xos madaniyatlarning o‘zaro muloQotiga aks ta’sir ko‘rsatgan «o‘zining betakrorligi» haQidagi tasavvur shakllanmoQda. Markaziy Osiyoning o‘troQ dehQonchilik va ko‘chmanchi xalQlarida anchamuncha farQlar bo‘lishiga Qaramasdan ilgaridan yaQin munosabatlar o‘rnatilgan.
Diniy e’tiQodlar, urf-odatlar, folklor, axloQiy me’yorlardagi umumiylik madaniy umumiylikning shakllanishiga olib kelgan. Shuning uchun, bundan keyin Markaziy Osiyoning yaxlit madaniyatini tashkil Qiluvchi turli submadaniyatlar mavjudligi haQida to‘xtalish joizdir: Qadimgi davlatlar sub madaniyati (BaQtriya, Sug‘d, Xorazm, Farg‘ona, Marg‘iyona), dasht ko‘chmanchilari-sak, massaget, dakochchilar submadaniyati, Pamir va Tangritog‘ qabilalarning submadaniyati.

ILK O'RTA ASRLARDA SAN'AT RIVOJI


Reja:


1. Sharq va g`arbda o`rta asrlar tarixining davriy chegarasi, rivojlanishidagi asosiy bosqichlar.
2. Vizantiya, Sharqiy Yevropa va Kavkaz orti san`ati.


Yer yuzida feodalizm formatsiyasining paydo bo`lishidan tortib, uning rivojlanishi va nihoyat, uning inqirozidan keyingi formatsiyaga o`rnini bo`shatib berguncha bo`lgan davrdagi san`ati, odatda, o`rta asrlar san`ati deyiladi. Bu san`at turli mamlakatlarda turli vaqtda boshlangan va davom etgan. Jumladan, Yevropada u Buyuk Konstantin podsholik qilgan davrdan (IV asr) boshlanadi. Uning dastlabki inqirozi esa XIII-XIV asrlardagi Italiyadagi shahar-davlatlarning vujudga kelishi bilan tezlashadi. Yevropadagi ayrim mamlakatlarda feodalizm VII-VIII asrlar va undan kech ham boshlanib, XVII asrlarning so`ngigacha davom etgan (masalan, Vizantiya, Qadimgi Rus). Aksincha, Sharq mamlakatlarida (masalan Xitoy, Hindistonda) o`rta asrchilik birmuncha erta boshlangan. Lekin uning inqirozi cho`zilib ketib, XIX asrgacha va undan keyinroq ham davom etgan.
O`rta asrlarda me`morchilik yetakchi o`rinni egalladi. Bizgacha o`rta asrlar me`morchilik san`atining juda ko`p nodir yodgorliklari saqlanib qolgan. Bu yodgorliklar, ayniqsa, monumental me`morchilik san`ati o`rta asrlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotini o`rganishda muhim o`rinni egallaydi. Ular davrning diniy, falsafiy qarashlarini aks ettiribgina qolmay, inson aql-zakovatining qudratini ulug`laydi. Bu davrda qurilgan Yevropadagi ibodatxonalar, musulmon sharqidagi hashamatli machitlar, buddizm yodgorliklari o`rta asr tafakkurining mahsuli sifatida hozirgacha kishilar qalbini to`lqinlashtiradi. Buyuk inson aql-zakovati qudratiga ta`zim etishga da`vat etadi.
Vizantiya san`atining o`ziga xos tomonlari IV asrda uning maydoniga xristian dinining kirib kela boshlagan davridan shakllana bordi. Bu xususiyat Vizantiyaning dastlabki gullagan davri VI-VII asrlarda yaqqol namoyon bo`ldi. Konstantinopal bu davrda katta Vizantiya imperiyasining faqat siyosiy markazi emas, balki madaniy o`chog`iga ham aylandi.
Vizantiya me`morchiligi uslubi grek va rim me`morchiligi an`analarining mahalliy an`analar bilan uyg`unlashishidan vujudga kelgan. Jumladan, Konstantinopoldagi Sofiya ibodatxonasi o`z konstruktiv tuzilishi jihatidan Panteon ibodatxonasi konstruksiyasiga o`xshab ketadi, lekin bu o`xshashlik bir muncha yashiringan holda talqin etilishi bilan xarakterlanadi. Vizantiya rangtasvirining nodir namunasi XII asr birinchi yarmida Konstantinopollik usta tomonidan ishlangan «Vladimir Bibi maryami» ikonasi hisoblanadi. Vizantiya san`ati madaniyati, jahon xalqlari san`ati va madaniyatining rivojlanishiga katta ta`sir o`tkazadi. Bu madaniyat janubiy Slavyanlarga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Qadimgi Rus san`ati va madaniyati taraqqiyotida muhim rol o`ynaydi. Vizantiya me`morligi amaliy san`at namunalari ko`pgina xalq san`atkorlari uchun namuna maktabi vazifasini o`tadi.
VI-VII asrlarda slavyan qabilalarining Bolqon yarim oroli tomon ommaviy ko`chishi Vizantiya imperiyasida feodal munosabatlarning tezlanishiga, quldorlik formatsiyasining tugashiga olib keldi. Shu bilan birga slavyan qabilalarining Vizantiya bilan to`qnashi ularning ijtimoiy va siyosiy rivojlanishlarida, asta-sekin esa ilk feodal davlatlarning paydo bo`lishida muim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu yerda ular Bolqon qabilalari bilan assimilyatsiyalashib ketishdi. Bolqon yarim orolida yirik davlatlar galma-galdan maydonga chiqdi va inqirozga uchradi. Ana shular ichida Bolgariya podsholigi, Serbiya va Xorvatiya davlatlari yirik bo`lib, taraqqiyotida ham sezilarli iz qoldirdilar.
Bolgariya san`ati va madaniyatining birinchi taraqqiyoti IX-X asrlarga to`g`ri keldi. Bu davrda slovyan yozuvi va bolgar adabiyoti paydo bo`ldi. Bolgar san`atiga xos bo`lgan xususiyatlardan biri, antik an`analarning unda uzoq yashashidadir. Jumladan, uning me`morchiligida tekis yoyilgan tomi va yon tomonlaridagi binolar uzoq vaqt saqlangan. Bunga avliyo Sofiya ibodatxonasi misol bo`la oladi. XI asrdan boshlab, bud-gumbaz tipidagi binolar qurila boshlandi. Shu tipda qurilgan dastlabki ibodatxonalar Presp ko`li atrofidagi German cherkovi (1066 y.) bo`lib, u o`zining nozik nisbati, konstruktiv tuzilishining aniqligi bilan xarakterlanadi. Bino juda sodda bezatilgan. 1187 yili Bolgariya mustaqil davlatga aylandi. Tarixchilar ikkinchi Bolgariya podsholigi davrini shu yildan boshlab hisoblaydilar.



Download 49.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling