Ibtidoiy davr san'ati manbalari
XVI—XIX asrning birinchi yarmida o'rta
Download 49.1 Kb.
|
IBTIDOIY DAVR SAN\'ATI MANBALARI
XVI—XIX asrning birinchi yarmida o'rta osiyo xalqlari san`ati
Reja: 1. XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo haqidagi tarixiy geografik tadqiqotlar. 2.Asosiy manbalar: “Shayboniynoma”, “Tavorixi Guzida”, “Tarixi Muqimxoniy”. 3. Qo’qon xonligi san`atshunosligi. Mamlakat tarixshunosligi O'rta Osiyoning O'rta asr tarixini o'rganish bo'yicha oz ish qilgani yo'q. Lenin, shunga qaramay, «biz shu kunga qadar Urta Osiyoning qadimiy hayotini manbalar asosida o'rganish bo'yicha maxsus tadqiqotlarga ega emasmiz, tarixshunoslik tadqiqotchiligi to'g'risida esa gapirmasa ham bo'ladi»,— deb yozadi tarixshunos B. Ahmedov o'zining 1985 yili Toshkentda nashr etilgan «XVI—XVIII asrlarda Urta Osiyoning tarixiy-jo'g'rofiy adabiyoti (yozma yodgorliklar) degan mukammal asarida. Urta Osiyo tarixining tarixshunoslik jihatidan to'la o'rganilmaganligiga sabab tarixiy manbalarning yo'qligi emas, balki, aksincha, ularning xilma-xilligidir. Nima bo'lganda ham Urta Osiyo xalqlarining XVI asrdan XIX asr o'rtalarigacha bo'lgan hayoti tariximizning eng nam o'rganilgan davrlaridir. 1917-yilgacha bo'lgan davrda bu masalaga juda kam e'tibor berilgan. Rossiya sharqshunoslari asosiy e'tiborni Temurgacha va temuriylar davrini o'rganishga qaratishgan. Sovet davrida esa, keyingi 30 yilda bir qator qimmatli tadqiqotlar paydo bo'ldi. Biroq, XVI—XIX asrdagi Urta Osiyo xalqlari tarixining mufassal, ko'p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda kam. Ular jumlasiga B.A.Ahmedov, B.G'. G'afurov, YE.A.Davidovich, X.S.Ziyoyev, R.B.Muqminova, A. M. Muxtorov, O. D. Chexovich va boshqalarning bir qator asarlarini kiritish mumkin. Urta Osiyo xalqlari tarixini o'rganuvchilar uchun «Uzbekiston tarixiy manbalarda» seriyasida chiqarilayotgan kitoblar yaxshi ko'makchi bo'la oladi. Ulardan birinchisi -- Urta Osiyo qadimgi tarixiga doyr ma'lumotlar to'plangan kitob 1984 yilda nashr etilgan edi. 1988 yilda esa «Uzbekiston tarixiy manbalarda» degan navbatdagi kitob bosmadan chiqdi. Undan Urta Osiyo tarixi bilimdoni sharqshunos B. V. Lunin to'plagan, XVI—XIX: asrlarning sayohatchilari jo'g'rofiyun olimlari aytgan ma'lumotlar o'rin olgan. Muallif «Kirish» da Samarkand va Buxoro barcha asrlarda dunyoga ma'lum va mashhur bo'lganini ta'kidlaydi. Qadimda aynan shu Urta Osiyo orqali Uzoq Sharq mamlakatlari, Osiyo va Ovrupoga boradigan asosiy savdo yo'llari o'tgan edi. Biroq dengizda suzuvchilarning XV asrda Amerikaga, Ovr.ulodan Hindistonga boradigan dengiz yo'lini ochganlari bois, Urta Osiyoda asta-sekin yirik savdo-sotiq ishlari va xalqaro madaniy aloqalar susaya boshladi. Xullas, nima bo'lganda ham XVI—XVIII asrlarda va hatto keyinroq ham yuz bergan ahvol oqibatida,— deb yozadi B. V. Lunin,— G'arbiy Ovrupo va Rossiyadagi Urta Osiyo to'g'risidagi bilimlar, Urta Osiyoda esa G'arbiy Ovrupo va Rossiya to'g'risidagi bilimlar chala edi. Biraq bir-biri to'g'risida bilishga qiziqish tobora kuchaymoqda edi.» A. Ahmedov ilk manbalar bilan shug'ullanuvchi tadqiqotchilar ishini yengillatadigan ish qildi -- voqea va faktlarni aniqlashga intildi. Bu juda og'ir, mas'uliyatli, uning manbashunoslik mehnati qadrini ikki baravar oshiradigan, Urta Osiyo XVI—XIX asr tarixini o'rganishni osonlashtiradigan asardir. Bundan tashqari u tarixshunoslikning muhim sharti — qiyoslash va bor ma'lumotlarni jiddiy, tubdan qayta tekshirish qoidasyga amal qilgan. Buning uchun B.Ahmedov o'z tahliliga muayyan bir davr bo'yicha bir necha asarlarni kiritgan. Bular «Tavorixi guzida» («Nusratnoma»), «Fatxnoma», «Shayboniynoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Zubdat-ut-tavorix», «Badoye' ul-vaqoye» dir. Shu bilan bir vaqtda muallif bu asariga ilgari bosilgan manbalarga oid tarixshunoslik lavhalarini ham- kiritish qilgan. «Tavorixi guzida»,— «Nusratnoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Dastur-ul-muluk», «Tarixi Muqimxoniy», «Ubaydullanoma» va «Tarixi Abdulfayzxoniy» shular jumlasidandir. O'zbek xalqi etnogenezi, XV—XVI asrlardagi Urta Osiyo aholteyning etnik tarkibi bilan shug'ullanayotgan etnograf ham bu kitobdan juda qizdqarli ma'lumotlar olishlari mumkin) barcha turk va mo'g'ullarning afsonavii bobosi hisoblangan Ug'izxon sulolasi tarixi «Tavorixi guzida»ning birinchi qismini egallaydi. Ikkinchi qism esa Chingizxon va uning avlodlari tarixini, Shayboniyxonning tug'ilishidan, to Samarkand taxtiga o'tirgunicha o'tgan davrni o'z ichiga ola-di. Download 49.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling