Ibtidoiy davr san'ati manbalari
Download 49.1 Kb.
|
IBTIDOIY DAVR SAN\'ATI MANBALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT SAN`AT OBIDLARI
XIVA SAN`AT OBIDALARI
REJA: 1 Xiva memorchilik san`ati 2 Xiva shahri obidlari 3Xivada o`rta asr memorchligi Xiva — muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir. Sharqning ko’pgina shaharlari kabi Xiva Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xeyvak nomli suv havzasi yonida barpo etilgan bo’lib, Xorazm vohasining sug’oriladigan yerlarida rivojlanib kelgan. Arxeologik tadqiqoitlarning ko’rsatishicha, shahar kamida 2500 yoshga kirgan. Bularning hammasi YuNESKO tashkilotiga Xivani qo’riqxona ahamiyatidagi shahar deb e’lon qilishga, shaharning ichki qismi bo’lgan Ichan-qal’ani esa jahon ahamiyatidagi tarixiy yodgorlik deb e’tirof etishga asos bergan. «Avesto» kitobi Xorazm to’g’risida tarixiy ma’lumotlar beradi. «Tarixning otasi» deb sanalgan Gerodot Xorazm va xorazmliklar to’g’risida gapirib o’tgan edi. Beruniy esa Xorazmdagi qadimiy dehkonchilik to’g’risida hikoya qilgan. Xiva — tarixiy qurilish, butunligicha bino va inshootlar, aslida ochiq havodagi butun bir shahar amalda tarixiy holida saqlanib qolgan dunyoning bir nechtagina shaharlaridan biridir. XVIII asr oxiri — XIX asr o’rtasidagi Xiva shahrining monumental inshootlari go’yoki qaytadan barpo etilgan shaharni hosil qilgan bo’lib, u bizni bor-yo’g’i ikki-uch avlod ustalarning hayoti davomida qurilishi tezligi bilan hayratda qoldiradi. Lekin boshqa sharoitlarda halokatli bo’ladigan holatlar – kichik yer bo’laklaridagi tasodifiy qurilishlar, o’ta siqiq sharoitlar va yer kamligi bu yerda me’morchilik inshootlarining benihoya go’zalligi, nafisligi va turli-tumanligiga sabab bo’ldi. Xivaning eng ko’p va siqiq holda inshootlar qurilgan qismi bo’lgan aynan shu Ichan-qal’a taqdir taqozosi bilan me’morchilik muzeyiga aylandi, uning yodgorliklarida bizga xalq ustalarining eng go’zal asarlari namoyon bo’ladi. An’anaga ko’ra, shaharning ma’naviy markazi uning katta, yoki juma masjidi sanalar edi. Masjidni rejalashtirish zamirida X—XII asrlarda yaratilgan konstruktsiyalar yotgan, deb hisoblashadi. Ichan-qal’adagi Juma masjidi ham XVIII asrinng oxirida qayta qurilgan, lekin u Sharqning klassik inshootlarining qator xususiyatlarini o’zida saqlab qolgan. Bu o’ziga xos bir qavatli binoning old kirish portallari, gumbazlari va dumaloq arkalari yo’q, u eramizning X- XVII asrlarida yaratilgan 213 dona yog’och naqshinkor ustunlarga tayanadigan yassi tomli ulkan zaldir. Ularning o’lchamlari, shakllari va bezaklari turlicha bo’lib, aynan ular masjidning yuksak badiiy qiymatini namoyon etadi. Olimlarning fikricha, ushbu xususiyatlaring barchasi bu masjidni Arabistondagi qadimiy masjidlarga yaqinlashtiradi. Madrasalardan eng yirigi — Muhammad Aminxon madrasasidir. Uning o’ziga xos xususiyatlari – ikkitalik hujralardir. Old devorlarning naqshli bezatilishida rangli g’ishtin termalarning qatlamlari hamda o’simlik tusidagi naqshlar bo’lgan mayolika bilan qoplangan bezaklar kiritilgan. Eshiklar va panjaralar ajoyib o’yma naqshlar bilan bezatilgan. O’rta asrlar shaharlarini tashqi devorlar va minoralarsiz, shahar ichidagi ark qal’asisiz tasavuur qilish qiyin. Xiva shahri ham shunday. Ichan-kala avvaldan uni himoya qiladigan ulkan qal’a devorlari bilan o’ralgan edi. XIX asr o’rtasida esa Xivaning atrofida o’nta darvozasi bo’lgan yangi qal’a devorlari bunyod etilgan. Shundan e’tiboran shaharning ushbu kattaroq halqasi Dishan-qal’a, yoki «tashqi qal’a» deb nomlanadigan bo’ldi. Xivaning ma’naviy hayotida muqaddas joylar — mozorlar va maqbaralar alohida o’rin tutgan. Ayniqsa e’tiborli sajdagohlardan biri – kasbi ko’nchi bo’lgan, jismi pahlavon, ruhi faylasuf, ko’ngli shoir bo’lgan Pahlavon Mahmud ismli ulug’vor zotning maqbara majmuasidir. Vafot etganidan keyin xalq uni pir – Xiva shahrining muborak homiysi sifatida e’tirof etgan. Asta-sekin Pahlavon Mahmudning go’ri atrofida xonlar urug’iga daxldor kishilarning go’rlari joylashgan mozor yuzaga keldi, keyin esa maqbaraga tegishli inshootlarning yirik majmuasi barpo etildi, ular yozgi va qish mavsumidagi masjidlarni, ma’rakalar uchun mo’ljallangan inshootni va Qur’on o’qish xonalarini o’z ichiga oladi. O’rta asrlarda Xiva allomalarning shahri bo’lgan. Bu yerda yirik fan markazlari faoliyat yuritgan – astronomiya, matematika, tibbiyot rivojlangan, buyuk olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) yashagan va ijod qilgan. Shoh Ma’mun ibn Muhammad huzurida o’rta asrlarning eng yirik Sharq olimlari ishlagan, ular «Ma’mun Akademiyasi» ni tashkil qilganlar. Sharqda mashhur bo’lgan XIX asr shoirlari Shermuhammad Munis va Ogahiylar bu yerda o’z asarlarini yaratganlar. Shahar «Xorazm vohasining durdonasi» nomiga sazovor bo’lgani bejiz emas. O’zining gullab-yashnagan davrida Xorazm davlati xalqaro savdoning eng yirik markazi, Buyuk Ipak yo’lining asosiy ahamiyatga ega bo’lgan qismi edi. Bu yerga Volgabo’yidan, Hindiston, Eron davlatlaridan savdogarlar kelar edi, savdo karvonlari bu yerdan Yaqin Sharqqa, Sharqiy Turkiston va Xitoyga ketar edi. Xivadan turli-tuman savdo yo’llari Mo’g’ulistonga, Qozog’iston dashtlari orqali Volga irmog’idagi skvdo shahri bo’lgan Saksin shahriga, undan rus knyazliklari va Yevropaga olib borar edi. Arxeologlar qadimiy karvon yo’llarining yangi-yangi yo’nalishlarini, jumladan, Xorazmdan Mang’ishloq tomonga va u yerdan dengiz orqali Quyi Volgabo’yiga yo’nalishlarni ochmoqdalar. Bu xivalik savdogarlar Markaziy Osiyo davlatlarining Sharqiy Yevropa bilan olib borgan savdosining katta qismini o’z qo’llariga olganligidan dalolat beradi. Kechqurun qorong’i tushganda va oy – musulmonlarning muqaddas ramzi minoralarning tepalarini, masjidlar gumbazlari va madrasa darvozalarini jozibali nuri bilan yoritganda xuddi sehrli shaharga kelib tushgandek ko’rinadi. Xiva shunday afsonaviy shahardir. TOSHKENT SAN`AT OBIDLARI Download 49.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling