Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti toshkent shahrida joylashgan temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrifi


Download 0.64 Mb.
Sana27.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1233924
Bog'liq
4.Amir Temur 686-yil


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI TOSHKENT SHAHRIDA JOYLASHGAN TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYIGA TASHRIFI
___ sonli BAYONNOMASI


21.09.2022 Toshkent shahri

Joriy yil 21-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti 1-kurs talabalari bilan Toshkent shahrida joylashgan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif uyushtirildi.



1-rasm
Vatanimiz iftixori buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining
686-yiligiga hamda hayoti va yurishlari, markazlashgan davlat uchun olib borgan sa’yi harakatlari bilan talaba yoshlarni yaqindan tanishtirish, bobomiz buyuk sarkarda siymosida yoshlar qalbida vatanga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish maqsadida Dasturiy injiniring fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini D.Xurramov hamda Tyutorlari B.Amirov, N.Begaliyev hamda talaba yoshlar ishtirokida Toshkent shahrida joylashgan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif uyushtirildi.

2-rasm
Davlatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridanoq, asrlar davomida ajdodlarimiz yaratgan ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklashga katta ahamiyat berildi. O‘zbekiston xalqi o‘z tarixini tiklash, haqsiz unutilgan nomlarni, jahon rivojlanishida muhim rol o‘ynagan tarixiy shaxslarni yorug‘likka chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

3-rasm
Mohir sarkarda va siyosatchi, islohotchi, savdo-sotiq, hunarmandchilik ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur ana shunday shaxslar qatorida turardi.Shunga asosan Birinchi Prezidentimizning farmoni bilan 1996 yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi va uning 660 yillik yubileyi Respublikamizda keng nishonlandi. 1996 yilning 14 martida esa Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosini barpo etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilindi.

4 rasm
Muzey xalqimiz va xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida 1996 yilning 18 oktabrida tantanali ravishda ochildi. Mustaqillik sharoitida O‘zbekistonda yangidan yangi muzeylar tashkil etilib, bugungi madaniy hayotimizning uzviy qismiga aylandi. Ularning ichida Temuriylar tarixi davlat muzeyining tashkil etilishini jahonshumul voqea deb baholash mumkin.Shunday ekan, ziyorat bilish va anglash bobida katta ma’lumotlar manbaidir.

DIF yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini



D.Xurramov



Dasturiy injiniring fakulteti tyutori

B.X.Amirov

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling