Ibtidoiy davr san'atiga oid manbalar reja: Ibtidoiy davr madaniy bosqichlari 2
Download 45.41 Kb.
|
IBTIDOIY DAVR SAN\'ATIGA OID MANBALAR 13 mavzu
SAMARQAND SAN’AT OBIDALARI
Reja; 1 Go‘ri-Amir maqbarasi 2 Bibixonim jome masjidi Ilk bor Samarqandga tashrif buyurganlarning, eng avvalo, shaharning qadimiy serjilo me’morchilik obidalari bilan tanishib chiqishlari maqsadga muvofiqdir. O‘rta asrlar davrida moviy gumbazli muazzam minoralar va o‘lmas obidalarga ega mazkur shaharning naqadar rivoj topganini so‘zsiz bugungacha saqlanib qolgan va mislsiz qudrat ingan mahobatidan his qilasiz. Ana shu ko‘hna shahar bugun ham o‘zining qadimiy tarixi, betakror osori-atiqalari bilan jahon ahlini lol aylamoqda. E’tiboringizga sayohat qilishingiz lozim bo‘lgan o‘nta muqaddas qadamjolar haqidagi ma’lumotlarni havola etamiz. 1. Registon maydoni Ushbu maydon shaharning diqqatga sazovor muhim joylaridan biri bo‘lib, qadimiy, ammo hamisha navqiron shaharsozlik ansambli sifatida butun dunyoga dongi ketgan. Uni uchta qudratli maqbara binosi qurshab olgan bo‘lib, har biri alohida noyob bezak bilan pardozlangan. Sharq me’morchiligining ajoyib namunasi sifatida Samarqand YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 2. Go‘ri-Amir maqbarasi Go‘ri Amir tarixiy yodgorligi XV asr boshlarida qurilgan bo‘lib, o‘zbek me’morchilik san’atining buyuk ijodiy namunasi hisoblanadi. Muqaddam madrasa shahardagi mashhur ziyoli arboblarning farzandlariga ta’lim-tarbiya beruvchi ilm maskani sifatida qurilgan. Uning ro‘parasida maxsus xonaqoh qad rostlagan Bino qurilishi Muhammad Sulton tomonidan boshlangan bo‘lib, u Islom ta’lim markazi ochishni ko‘zlagan edi. 3. Bibixonim jome masjidi Amir Temur hajmi va chiroyi jihatidan sayyoramizdagi boshqa obidalardan ustun turgan go‘zal maqbarani qurib, ayoliga sovg‘a qilgan. Jilvakor devorlari, inshootning baland qurilgan elementlari, marmar toshdan kesib ishlangan bino kubbasi Amir Temur va uning ayoli nomlarini tarixda muhrlash uchun xizmat qilishi kerakligi nazarda tutilgan emish. 4. Afrosiyob shaharchasi Afrosiyob yirik arxeologik yodgorlik bo‘lib, qadim Samarqand shahri tarixidan darak beradi. Qadim shaharning maydoni 219 gektarni tashkil qiladi. Arxeologlar bir-birini bosib turgan 11 ta madaniy qatlamlar borligini aniqlaganlar. Shaharning zamonaviy relefida qudratli qal’aning xarobalari, ko‘hna mudofaa devorlari, qachonlardir shaharga suv keladigan kanalning vayronalarini oson ajrata olish mumkin. 5. Shohi Zinda maqbaralar majmui Shohi Zinda maqbarasi Samarqand shahridagi rang-barang qabr toshlarni o‘zida mujassam etgan qadimiy osori-atiqalardan biri bo‘lsa ne ajab. Ushbu tarixiy obidaning o‘ziga xos jihati shundaki, u XIV-XV asrlar mobaynida qurilgan barcha inshootlarni o‘zaro chambarchas uyg‘unlashtirgan. Mazkur binolar qadimgi Afrosiyob shahrining yaqinida qad rostlagan bo‘lib, bino joylashgan ko‘chani “qabriston ko‘chasi”, deb ham atashgan. 6. Ulug‘bek rasadxonasi Ulug‘bek – asl ismi Muhammad Tarag‘ay buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi, Temurning nabirasidir. U. O‘rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo fanining oldingi safiga olib chiqqan olimlardan biri. Movarounnahrda Ulug‘bekning homiylik davrida (1409–1449) Samarqand yanada gullab–yashnadi: hunarmandlik, me’morlik, adabiyot ravnaq topdi, ilm-fan yuksaldi, savdo rivojlandi. Ulug‘bekdan jahon fani va madaniyati rivojiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan katta ilmiy va madaniy meros qolgan. Shulardan biri Ulug‘bek rasadxonasidir. Samarqanddagi XV asr me’morligining nodir namunalaridan biridir. Bino Ulug‘bek farmoni bilan 1424–1429 yillari Ko‘hak (Cho‘pon ota) tepaligida, Obirahmat arig‘i bo‘yida bunyod etilgan. Download 45.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling