Ibtidoiy davr san'atiga oid manbalar reja: Ibtidoiy davr madaniy bosqichlari 2
FARG'ONA VODIYSIDAGI SAN'AT OBIDALARI
Download 45.41 Kb.
|
IBTIDOIY DAVR SAN\'ATIGA OID MANBALAR 13 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
FARG'ONA VODIYSIDAGI SAN'AT OBIDALARI
Reja; 1. Fargʻona vodiysi 2. Rishton shahri Fargʻona vodiysi (Fargʻona soyligi) — Oʻrta Osiyodagi togʻlar orasida joylashgan vodiy, Oʻrta Osiyoning yirik togʻ oraligʻi (soylik) botiqlaridan biri. Shimoldan Tyan-Shan, janubdan Hisor-Olay togʻ tizmalari bilan oʻralgan. Asosan, Oʻzbekiston, qisman Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalari hududida joylashgan. Katta qismi Turkiston va Olay tizmalarining shimoliy yonbagʻirlariga borib taqaladigan uchburchak shaklida boʻlib, shimoli-gʻarbdan Qurama tizmasi va Chatqol tizmasi, shimoli-sharqdan Fargʻona tizmasi bilan oʻralgan. Gʻarbda (eni 8-10 km) „Xoʻjand darvozasi“ orqali Toshkent — Mirzachoʻl botigʻi bilan tutashgan. Uzunligi 300 km, eni 60-120 km, eng keng joyi 170 km, maydoni 22 ming km². Balandligi gʻarbida 330 m, sharqdda 1000 m. Fargʻona vodiysining umumiy tuzilishi ellipssimon (bodomsimon) shaklda boʻlib, gʻarbdan sharqqa tomon kengayib boradi. Fargʻona vodiysi yer yuzasi toʻrtlamchi sistemaning allyuviy va prolyuviy choʻkindi togʻ jinslari bilan toʻlgan. Soylik toshkoʻmir davrida egik shaklda boʻlib, oʻrta toshkoʻmir davrida qalin qumtosh — loyli choʻkindilar bilan qoplangan boʻlgan. Boʻr davrida esa sayoz dengiz boʻlgan. Paleogen davrining oxiriga kelib, batamom quruklikka aylangan. Soylik atrofidagi togʻ tizmalari Alp burmalanishida keskin koʻtarila boshlagan, lekin denudatsiya jarayonida qaytadan yemirilib ketgan. Vodiy tubidagi dengiz yotqiziqlari ustini qalinligi 300-400 metrli kontinental yotqiziqlar qoplagan. Farg'ona vodiysini go'zal tabiati, erosti boyliklari, xushhavo iqlimi tufayli Markaziy Osiyoning gavhari, deb ataydilar. Atroflari Tyan-Shan va Hisor-Oloy tog'lari bilan o'ralgan vodiy g'arb tomondagina Sirdaryoga o'z darvozasini ochadi. Farg'ona vodiysi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatida hamisha muhim rol o'ynagan. Alqissa, Farg'ona davlati – Davan to'g'risidagi ma'lumotlar qadimiy xitoy solnomalarida eramizning II asri oxiridan boshlab keltiriladi, O'rta asrlarda esa u Movarounnahrning etakchi o'lkalaridan biri hisoblangan. XI asrda Marg'ilon, savdogarlar Buyuk ipak yo'li bo'ylab Misr, Yunoniston, Bag'dod, Xuroson va Qashqarga olib ketgan ipak matolari bilan dong taratgan Farg'ona vohasidagi eng yirik shahar bo'lgan. Bugun ham Marg'ilonni O'zbekistonning ipakchilik poytaxti, deb atash mumkin. Shahar hunarmandlari eski usulda bo'yalgan ipakdan xonaki atlas to'qib, bozorga chiqaradilar. Farg'onadan 50 kilometr narida uncha katta bo'lmagan Rishton shahri joylashgan. U, kulolchilik rivojlangan shahar sifatida mashhurdir. Bu hunar bilan shahar ahli IX asrdan boshlab shug'ullanib keladi. Mana, 1100 yildirki, ustalar mahalliy qizil gildan sopol buyumlarni yasash va ularga tabiiy ma'danli bo'yoqlar hamda tog' giyohlari kulidan tayyorlanadigan sir yordamida bezash sirlarini avloddan avlodga o'rgatib kelayotirlar. Betkaror feruza va yorqin ko'k rangli ishqor yordamida gul solingan lagan, shokosa, ko'za, sut saqlanadigan idishlar rishtonlik usta kulollarga ko'plab xalqaro ko'rgazmalarda shuhrat keltirgan. Rishton kulollari yasagan sopol buyumlar dunyodagi ko'plab muzeylar va xususiy kollektsiyalardan o'rin olgan. Qo'qon uzoq vaqt Farg'ona vodiysining asosiy shahri, deb hisoblangan. XVIII-XIX asrlarda shahar hozirgi O'zbekiston hududining kattagina qismi hamda qo'shni mamlakatlarga o'z hukmini o'tkazgan kuchli davlat - Qo'qon xonligining poytaxti bo'lgan. Ayni paytda Qo'qon yirik din markazi ham hisoblangan. Shahar gullab-yashnagan davrda, uning hududida o'ttiz beshta madrasa va yuzta masjid faoliyat ko'rsatgan. Afsuski, ularning ko'pi vaqt, er qimirlash va sovet hokimiyati tomonidan barbod qilingan. O'rta asrlarda xonlik hududida X asrga oid arab manbalarida qayd etilgan Qubo shahri joylashgan. Shahar uchta qism: qal'a, minorali devorlar bilan o'ralgan darvozali shahriston va rabotdan iborat bo'lgan. Adabiyotlar: l. Bulatov S. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati. «Mehnat», T., 1991. 2. Vu1atov S. Ganchkorlik T., 1989. 3. Z. Zoxidov P. Samarkandskaya shkola zodchix. Izdvoxudlit. T., 1965. 4. Notkin I. Buxarskaya rezbapo ganchu. Gos.izd.xud.lit. T., 1961. Spravochnik po stroitelstvu i arxitekture. M, 1956. 5. Usmonov M. San'atim-saodatim. «Yosh gvardiya», T., 1983. M uxt or o v A. Ustoz va shogird odobi. «Mehnat», 1999. Download 45.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling