Ibtidoiy jamiyat


Download 27.82 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi27.82 Kb.
#224859
Bog'liq
Ibtidoiy jamiyat


Ibtidoiy jamiyat - ibtidoiy odamlarning paydo boʻlishidan to davlat yuzaga kelguniga qadar boʻlgan davr. Jamoa boʻlib mehnat qilish va jamoa boʻlib isteʼmol qilish Ibtidoiy jamiyat ning oʻziga xos xususiyatidir. Eng oddiy mehnat qurollariga ega boʻlgan ibtidoiy odam yakka-yakka holda tabiat kuchlariga va hayvonlarga qarshi kurasha olmas edi. Shuning uchun ibtidoiy odamlar jamoa ravishda mehnat qilib, oʻz mehnatlarining mahsulini teng taqsimlar edilar. Ibtidoiy jamiyat iborasi juda buyuk kash-fiyot hisoblanib, u birinchi navbatda eta. olim L. G. Morgan nomi bilan bogʻliq. L. G. Morgan oʻzining "Qadimgi jamiyat" (1877) asarida juda boy etn. materiallarga asoslangan holda ilmiy olamda birinchi boʻlib, kishilik tarixining dastlabki sinfiy jamiyatga qadar boʻlgan davrini ikki bosqichga boʻlgan: 1-bosqichni "ibtidoiy tuda", 2-bosqichni esa "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi" deb atadi. Ibtidoiy tuda bo-sqichi oʻz mazmun va mohiyati bilan ilk ajdodlarimizning "hayvonot" olamidan ajralib insoniyat olamiga oʻtish davri bilan harakterlanadi. L. G. Morgan bu bosqichni Ibtidoiy jamiyat ga kiritmagan. Aslida Ibtidoiy jamiyat urugʻchilik jamoasini vujudga kelishi bilan boshlanadi. L. G. Morgan fikriga F. Engels va V. I. Leninpar qoʻshilsada, ammo ular urugʻchilik jamoasi davrini "ibtidoiy kommuna", "qadimgi kommunizm" iboralari bilan almashtirib katta nazariy xatoga yoʻl qoʻyadilar. I. V. Cmashinning "Dialektik va tarixiy materializm haqida" asari paydo boʻlgach, masala yanada chalkashib ketdi. U Ibtidoiy jamiyat tushunchasiga kishilik tarixini ibtidoiy tuda bosqichini ham qoʻshib yubordi. Stalincha konsepsiya keyinchalik sobiq sovet tarixshunosligida asosiy yoʻl-yoʻriq boʻlib qoldi. Aslida, tarixan birinchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya — ibtidoiy urugʻchilik jamoasi edi. U urugʻ jamoalarining paydo bulishidan to birinchi sinfiy jamiyatning shakllanishiga qadar boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Ibtidoiy tuda davrida esa ishlab chiqarish ning oʻzi boʻlmagan. Bu davr odamzodning uzok, davom etgan tadrijiy shakllanish bo-sqichi boʻlib, u haqiqatan Ibtidoiy jamiyat ga oʻtish davri hisoblanadi. L. G. Morgan oʻz vaqtida Ibtidoiy jamiyat ni 2 bosqichga boʻlgan: bi-rinchisini "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi", ikkinchisini esa "harbiy demokratiya bosqichi" deb ataydi. 20-asr davomida etn. va arxeologiya sohalarida fan olamida qoʻlga kiritilgan yutuqlar harbiy demokratiya davrini sinfsiz jamiyatdan birinchi sinfiy jamiyatga oʻtish bosqichi sifatida qarashni, shuningdek, "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi" davrini ikki fazaga boʻlishlikni taqozo etadi. Ibtidoiy urugʻ jamoasining har ikkala fazasi davomida inson hayotida juda katta sifat oʻzgarishlari yuz berdi. Bu davrda dastlabki jamoa boʻlib yashash kurtagi paydo boʻldi. Bu kurtak urugʻ jamoasining tarkib topishiga asos solgan onalar atrofida yuz berdi. Shuning uchun ham urugʻchilik jamoasining bu ilk fazasi — ona urugʻi — matriarxat deb ataldi. Urugʻchilikning birinchi tadrijiy rivojlanish fazasida ishlab chiqarish munosabatlari toʻlaligicha urugʻ manfaatiga mos tushadi, jamoada ijtimoiy ishlab chiqarish hukmron. Endi ibtidoiy urugʻchilik jamoasining ikkinchi fazasida ishlab chiqarish munosa-batlari asta-sekin urugʻ manfaati do-irasidan chiqa boshlaydi. Bunday ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar ibtidoiy jamoa xoʻjaligida dehqonchilik va chorvachilikning kelib chiqishi rivojlanishi bilan, jamoada ortikcha mahsulotning paydo boʻlishi va bozor munosabatlarining tarkib topishi bilan bogʻliq edi. Bu jarayonlar, albatta, ishlab chiqarish da erkaklar mehnatiga talabning or-tishi va urugʻlararo guruxli nikohning buzilishi va urugʻ jamoasidan tashkarida patriarxal juft oilaning qaror topishi bilan bogʻliq edi. Ibtidoiy urugʻchilik jamoasi zamonida roʻy bergan bu oʻzgarishlar matriarxal urugʻ jamoasining patriarxal urugʻ jamoasiga oʻz oʻrnini boʻshatib berishiga olib keldi. Ota urugʻi (patriarxat) shakllandi. Jamoada erkaklar rolining kuchayishi tabiiy ravishda patriarxal juft oilani keltirib chiqardi. Patriarxal urugʻ jamoasidagi juft oila nikohi va uning tarkibida monogam nikoh tizimining karor topishiga olib keldi. Ilk urugʻchilik jamoasi davrida odamzod birinchi bor amaliy sanʼatni kashf etdi, yaʼni sanʼat dastlab ayol haykallarini yasashdan, birinchi navbatda, homilador ayol tasvirini ishlashdan boshlandi. Bu davrning boshqa bir buyuk oʻzgarishi odamzodning biologik jismoniy tuzilishida roʻy berdi, yaʼni yevropeoid, negroid va mongoloid irklar shakllandi va, nihoyat, eng qad. ajdodlarimiz tabiiy gʻordan chiqib, maʼlum mintaqalarda oʻzlari uchun kulba yasash yulini kashf etdilar. Ibtidoiy ajdodlarimiz hayotidagi bu inqilobiy oʻzgarishlar ona urugʻi — matriarxatning dastlabki ming yilliklari davomida, yaʼni miloddan avvalgi 40— 30ming yilliklarda sodir boʻldi. Ibtidoiy tuda davrida ilk ajdodlarimiz oʻrtasida biologik aloqalar cheklanmagan, tartibsiz holda yuz bergan boʻlsa, ibtidoiy urugʻchilik jamoasi tarkib topishi bilan odamlar oʻrtasidagi biologik aloqalar maʼlum tartibga tushdi, yaʼni biologik aloqalar endi ikki urugʻ jamoasi aʼzolari oʻrtasida sodir boʻladigan boʻldi. Bu nikoh tartibi guruxli nikohdeb yuritildi. Key-inroq, ona urugʻi davrining soʻnggi fazasida ana shu guruxli nikoh doirasida ayollar farzandlarining otalaridan oʻz urugi uchun ishlab berishni, oʻz urugʻi yumushlariga yordam berishni talab kila boshlaydilar. Bu talablar, albatta, iqtisodiy muammolar bilan bogʻliq boʻlib, ona urugʻi jamoasi zaminida matriarxal juft oilani rasmiylashi-shiga olib keldi. Onalar, endi, uz farzandlariga uz otasini tanishtira boradi. Uzok, davom etgan bu nikohtarti-bi va axloq normalari ona urugʻi doirasida erkaklar rolining kuchayishiga olib keldi. Iqtisodiy hayot tashvishlari endi erlar qoʻlida jamlandi. Erkaklar iqtisodiy xujalik jilovini uz qoʻllariga oladilar va ularning farzandlari oldidagi nufuzi ortib boradi. Ibtidoiy urugʻchilik jamoasining ikkinchi fazasida urugʻ jamoalari xoʻjaligida qoʻshimcha daromad paydo boʻladi, u esa, oʻz navbatida, mol ayirboshlashni keltirib chikaradi. Ana shu davrdan boshlab urugʻlarning qabilalarga birlashishi boshlanadi. Qabilalararo iqtisodiy aloqalar vujudga keladi va ularning oqibat natijasi sifatida kishilik tarixida harbiy demokratiya davri boshlandi. Bu inqilobiy oʻzgarishlar otalar urugʻi (patriarxat) ga xos bulib, ular ibtidoiy urugchilik jamoasi zaminida dehqonchilik va chorvachilikning kashf etilishi bilan bogʻliq edi.

Arxeologik jihatdan ilk va urta paleolit davriga muvofiq keluvchi ibtidoiy tuda davrida yashagan ajdodlarimizning odamsimon maymun podalariga xos xatti-harakatlari, ularni fan olamida eng oliy tipdagi odamsimon maymunlardan tarqalgan, degan tasavvurni keltirib chiqardi. Aslida, hech bir odamsimon maymunlardan (shimpanze, gibbon, orangutan, goril-lalardan) odam tarqalmagan. Odamzotning eng ilk ajdodlari oʻzlarining oziq tishlaridagi naqshlari va bosh miyasining maymun bosh miyasidan kattaligi bilan farqqiluvchi maymunsimon odam ajdodi (Goranna driopiteki) dan tarqalgan. Bu tipdagi odamzot ajdodlarining qoldiqlari Jan. Afri-kada zinjantrop, Indoneziyaning Yava o. da pitekantrop, Xitoyda sinantrop, Oʻzbekistonda fergantrop, Germaniyada neandertallar nomlari ostida to-pib oʻrganildi. Fan olamining xulo-sasiga koʻra, ular to "aqlli odam" ("homo sapiens) holatiga kelguniga qadar (miloddan avvalgi 40—35 ming yillikka qadar) oʻzining tadrijiy shakllanish taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Ular eng oddiy tosh qurollardan va olovdan foydalanishni oʻrgandilar. Madaniyatning dastlabki kurtaklari vujudga keldi, maʼnoli nutq paydo boʻldi. Inson asta-sekin biologik jihatdan takomillasha bordi, eng ibtidoiy (pitekantrop, sinantrop va neandertal va boshqalar) tipdan yuksak taraqqiy etgan va mehnat qilish qobiliyatiga ega boʻlgan odam darajasiga yetdi. Avvalo mehnat, soʻngra soʻzlash ikkita eng muhim sabab boʻldiki, bu sabablar taʼsiri ostida eng ilk ajdodlarimizning miyasi sekin-asta aklli odam miyasiga aylandi. Ilk va oʻrta paleolitdan uning soʻnggi bosqichiga oʻtish davrida tosh qurollarni yasashda, ovchilikda ancha yutuqlarga erishildi. Ibtidoiy toʻdadan soʻnggi paleolitga oʻtish davrida ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasi ancha oʻzgardi va taraqqiy etdi. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda Ibtidoiy jamiyat ning har bir davriga mansub mehnat qurollari Fargʻona vodiysidagi Selungur goroda va boshqa joylarda topildi. Arxeolog A. P. Okladnikov tomonidan 1938— 39 yil larda tekshirilgan Teshiktosh tri yodgorliklari ham mazkur davrning mustye bosqichiga mansubdir.

Soʻnggi paleolit davrida suyak va shoxdan yasalgan buyumlar — igna, bigiz, qarmoq, kamon oʻqi, turli xil bezaklar va h. k. keng qoʻllanilgan. Bu davrda parma ham paydo boʻldi. Ibtidoiy tuda oʻrnini ijtimoiy jamoaning ancha mukammallashgan shakli — ona urugʻi jamoasi (matriarxat) oldi. Bir urugʻ ichida nikoh qilish man etildi, natijada ibtidoiy odamlarning jamoa boʻlib uyushishi kuchaydi. Arxeologik jihatdan soʻnggi paleolit, mezolit va neolit davriga muvofiq ke-luvchi matriarxat davrida urugʻchilik jamoasi ancha uyushqoq ijtimoiy-iqtisodiy kurtak boʻlib, kishilar bir-galikda mahsulot tayyorlar va isteʼmol qilar edi. Ular ovchilik, baliqchilik bilan shugʻullanganlar, keyinchalik esa motiga bilan yer haydab, dehqonchilik qilib va uy hayvonlarini boqib, tirikchilik oʻtkazishgan. Matriarxatning rivojlangan davrida mehnat taqsimoti tufayli xoʻjalikda va jamiyatda ayollar muhim rol oʻynay boshladi. Ibtidoiy guruh-guruh oiladan alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan beqaror juftjuft oilaga utildi. Matriarxat davrida qishki turar joy, kiyim va bezaklar, qurolning murakkab turlari (oʻq yey, yelmiltiq va boshqalar), terini qayta ishlash, mato toʻqish, kulolchilik, tasviriy sanʼat va din vujudga kela boshladi. Bu davrning soʻnggi bosqichida et-nik birlik — qabila tarkib topdi. Oʻrta Osiyoda shu davrga oid kup yodgorliklar topilgan (mas, Joytun mada-niyati, Kaltaminor madaniyati).

Neolitning soʻnggi bosqichi va jez davrining boshlarida ona urugchilik jamoasining ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyotida katta oʻzgarishlar rui berdi. Chorvachilik, omoch bilan yer haydash, baliq tutish, metallni oddiy usulda qayta ishlash yuzaga keldi. Natijada ayollarning xujalik yuritishdagi roli pasayib, erkaklarning roli oshdi. Kishilar tabiat kuchlariga qarshi kurashish uchun turli qurollardan foydalandilar. Erkaklar oʻzlari topgan boyliklarini umumiy jamoaga emas, oʻz bolalariga berishga intildilar. Shu tariqa matriarxatdan patriarxat davriga oʻtildi, urugʻchilik oilalariga ota boshchilik qiladigan boʻldi. Ota urugʻi asosida katta patriarxal oilalar tashkil topdi. Patriarxal oilada urugʻchilik tuzumining kurtagi saqlangan boʻlsada, uning yemirilayotgani sezilib turardi. Barqaror nikoh vujudga kelishi bilan ayol kishi erkak turgan joyga borib yashaydigan boʻldi. Bolalar ota ismining va mulkining merosxoʻri boʻldilar, uyda ota hukmronligi yuzaga keldi. Ibtidoiy jamiyat kuchlarning oʻsi-shi, ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi xususiy xoʻjalikning paydo boʻlishiga, urugʻning yemirili-shiga, oʻziga toʻq yuqori tabaqaning ajralib chiqishiga olib keldi, bu tabaqa dastlab harbiy asirlar, soʻng qashshoqlashgan qabiladoshlarini qullarga aylantirdi. Qabilalararo xoʻjalik va madaniy aloqalarning rivoji tufayli etnik birlikning yangi shakli — elat vujudga keldi. Natijada sinflar va davlatlar paydo boʻldi. Urugʻqabila boshliqlaridan davlat hokimiyati tashkil topa boshladi. Jez davrida Oʻzbekiston hududida sugʻorma dehqonchilik rivojlana boshladi. Bu davrga oid ar-xeologik topilmalar moddiymadaniy belgilari va etn. xususiyatlariga karab koʻpgina arxeologik madaniyat ismlari bilan ataladi (mas, Amirobod madaniyati, Sopollitepa madaniyati, Zamonbobo madaniyati, Suvyorgan madaniyati, Tozabogʻyop madaniyati, Chuyet madaniyati va boshqalar) Oʻrta Osiyo hududidagi jez davri yodgorliklarining juda boy majmuasi vohalarda iqtisod va madaniyat taraqqiy etganidan bu yerda qadim davrlar-dayoq sinfiy jamiyat tugʻila boshlaganidan dalolat beradi.

ENG QADIMGI DAVR

Eng qadimgi davr shunday bir davrki, bunda barcha mehnat qurollari umumiy foydalangan bo‘lib, qabila a’zolari baravar ishlagan. Biroq bu davrda odamlaming turmushi ancha og‘ir bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, ular doim mehnat qilib tabiat qiyinchiliklarini yengib, taraqqiy etib boiganlar.


Eng qadimgi davr tarixiy va arxeologik jihatdan tasnivlashtiriladi. -Tarixiy davrlashtirshda kishilik jamiyatining rivojlanishiga ko‘ra eng qadimgi davr ikki davrga: ibtidoiy to‘da va urug‘ga boTmadi.
Ibtidoiy to‘da eng qadimgi odamlaming ulkan jamoasidan iborat bo‘lgan. Bu jamoada turmush va mehnat umumnegiz asosida birlashgan. Eng qadimgi odamlar vahshiy hayvonlar oldidagi ojizlik, mehnat qurollarining soddaligi tufayli birgalashib ov qilishgan.
Keyinchalik ibtidoiy to‘da urug‘ jamoasiga aylangan. Urug‘ — birgalikda yashab, mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yaroqqa ega bo‘lgan qarindoshlar jamoasidir. Bir necha urug‘ urug‘ jamoasini tashkil qilgan. 0‘z navbatida urug‘ jamoasi davri ikki davrga bo‘lingan: matriarxat (ona urug‘i) va patriarxat (ota urug‘i). *
Matriarxat — qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilangan, urug‘ va oila boshlig‘i ayol bo‘lgan davrdir. Bu davrda qadimgi odamlaming asosiy mashg'uloti termachilik va ovchilik bo‘lgan. Ayol jamiyat hayotida asosiy o‘rinni egallagan. Ayol o‘choqlarni saqlagan, bolalami tarbiyalagan va ovqatni taqsimlagan.
Mehnat qurollari va xo‘jalik shakllari takomillasha borib, keyinchalik jamoaga erkak kishi bosh bo‘lgan. Bu davr patriarxat deb atalgan. Patriarxat davrida jamoa hayotida erkak asosiy o‘rin tutadi, qarindoshlik ota tomonga qarab belgilangan.
'Qadimgi odamlaming to‘daga yoki urug‘ jamoasiga birlashib yashagan hayot tartibi ibtidoiy jamoa tuzumi deb ataladi. *

Ibtidoiy tuzum tarixini davrlashtirish mehnat qurollarini tayyorlash uslubi va xomashyoning farqlanishiga asoslanadi.' Ibtidoiy davrda har qanday rivojlanishga asos bo‘ladigan jarayon bu aql bilan bajariladigan mehnatdir, zero mehnat odamni hayvonot dunyosidan ajratib turadi.


Eng qadimgi davr tarixini o‘rganishda arxeologiya yodgorliklari — moddiy madaniyat obidalari yagona manba hisoblanadi. Olimlar mehnat qurollari va ulaming ishlash texnologiyasiga qarab eng qadimgi davmi arxeologik jihatdan davrlarga bo‘ladilar. Olimlar eng qadimgi davmi uch davrga: tosh davri, bronza (brinj, jez) va temir davriga bo‘ladilar.
Eng qadimgi odamlaming mehnat qurollari deyarli toshdan yasalganligi sababli insoniyatning ilk davri “tosh davri” deb ataladi. Tosh davri o‘z navbatida quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
♦ Qadimgi tosh davri — paleolit;
♦ 0‘rta tosh davri - mezolit;
♦ Yangi tosh davri — neolit;
♦ Mis-tosh davri — eneolit.
Qadimgi tosh davri odamzod tarixining juda katta davrini (99%) o‘z ichiga oladi. Olimlar odamlaming awal shag‘al, so‘ng chaqmoqtoshlarga ishlov berishining takomillashib borishiga qarab paleolitni uchta: ilk, o‘rta va so‘nggi davrlarga bo‘lishadi. Paleolitning har uchta davriga xos umumiy xususiyat ibtidoiy to‘da erkaklarining birgalikda yirik hayvonlami ovlashi edi. Ov o‘ljalari insonning aqliy imkoniyatlari o‘sishidagi ahamiyati qanchalik katta bo‘lmasin terimchilik o‘zlashtirish xo‘jaligining asosiy turi bo‘lib qoladi.
Paleolit davri mehnat qurollari ilk topilgan joy nomlari bilan atalgan. Dunyoda eng qadimgi tosh qurollari va eng qadimgi odamlaming makonlari dastlab Olduvoy — Sharqiy Afrikadagi daraning nomi va Ashel — Fransiyaning Sent-Ashel shahri chekkasidagi mavzedan topib tekshirilgan. Olduvoy, Ashel, Muste, Orinyak, Solyutre va Madlen madaniyatlari paleolitning turli bosqichlariga oid madaniyatlaridinf Eng qadimgi odamlaming to‘da-to‘da bo‘lib yashashi paleolitning ilk va o‘rta bosqichlari uchun xosdir.
Ilk paleolit yoki ashel davri 1 mln.—100 mingyilliklami, 0‘zbekistonda esa bu davr mil. aw. 700—500—100- mingyilliklami o‘z ichiga oladi. Odamlarda mehnat qurollarining paydo bo‘lishi bu davming o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Ilk paleolitda “bilag‘on odam”, ya’ni “xото habilis” yashagan. Olimlaming taxminicha, mazkur qadimgi odamlar sinantropga yaqin qarindoshlik urug‘idan bo‘lgan. “Xomo habilis”rung o‘rtacha umri davomiyligi 20—30 yoshlar atrofida bo‘lgan. Ular xo‘jalikning termachilik va ovchilik turi bilan kun kechirgan. Eng qadimgi odamlar mahsulotlami o‘zlari yetishtirmaganlar, balki tabiat in’om qilgan narsalami yeganlar. Shu sababli ibtidoiy odamlaming bunday mashg‘ulotini olimlar o‘z!ashtiruvchi xo‘ja!ik deb atashgan. Eng qadimgi odamlaming mehnat qurollari o‘tkir qirrali tosh, yer kovlaydigan tayoq va so‘yil bo‘lgan. Bu davr madaniy yodgorliklari kamroq o‘rganilgan bo‘lsa-da, shu davrga oid yodgorliklar topilgan. Bu yodgorliklaming madaniy qatlamlariga tegishli ashyolar, xususan mehnat qurollari o‘zining soddaligi, qo‘polligi bilan keyingi davrlaming mehnat qurollaridan farq qiladi.

Ilk paleolit davri madaniy yodgorliklari Toshkent viloyatidan 1963-yili topilgan Koibuloq va Farg‘ona vodiysidan 1985-yilda topilgan Selung‘ur manzilgohlaridir. 0‘zbekistondagi eng qadimgi mehnat qurollari shu yerlardan topilgan. Ular qo‘pol daryo tosh qurollari bo‘lib, bir tomoni o‘tkirlashtirilgandir. Bunday usulda yasalgan tosh qurollarini olimlar chopperlar deb atashgan. Ko'lbuloq madaniy yodgorligi MDH miqyosida eng qadimgi madaniy yodgorlik hisoblansa, Selung‘ur madaniy yodgorligi ibtidoiy odamning suyak qoldiqlari topilishi bilan ahamiyatlidir. Ilk tariximizning tamal toshlari dastlab ajdodlarimiz tomonidan Selung‘ur g‘orida qo‘yilgan bo‘lib, uning yoshi 1 mln 200 ming yil bilan belgilanadi. Bizning tariximiz Selung‘ur g‘orida paydo bo‘lgan arxantroplardan boshlanadi. 0‘rta Osiyo xalqlarining ajdodlari dastlab Farg‘ona vodiysida paydo bo‘lgan va azaldan ulaming avlodlari uzluksiz yashab kelmoqda. Ilk paleolit davrida odamlar ob-havo iliq bo‘lganligi sababli kichik daryo bo‘ylari va buloqlari yonida o‘zlariga makon qurib yashaganlar.
Iqlim issiq bo‘lganligidan kishilaming boshpana — turar joy va kiyimga ehtiyoji bo‘lmagan. Yirtqich hayvonlardan o‘zlarini muhofaza etish va birgalikda ovqat topish uchun odamlar to‘da-to‘da bo‘lib yashagan. Bu eng qadimgi odamlar jamoa birlashmasi deyilgan. Bu jamoa birlashmasi doimiy bo‘lmagan. Bu davrda yozda iqlim iliq va quruq, qishda esa sovuq va namchil bo‘lgan. Davr oxirida havo o‘zgarib, hamma joylar muzliklar bilan qoplagan.
0‘rta paleolit yoki muste davri (Fransiyadagi Muste g‘ori nomidan) mil, aw. 100—40-mingyilliklarni o‘z ichiga oladi. 0‘rta paleolit buyuk muzlik davrida. odamlar g‘orlarda yashashga, olovni doimo asrab, undan keng foydalanishga, yowoyi hayvonlar terilaridan kiyim-bosh tayyorlashga majbur bo‘ladilar. Insonni turli kashfiyotlarga undagan narsa eng awalo tabiatdagi keskin o'zgarishlardir.
0‘rta paleolitda iqlim sovib ketganligi sababli olovga ehtiyoj sezildi. Bu davming o‘ziga xos xususiyati tabiiy olovdan foydalanilishning kashf qilinishi bo‘ldi. Muzliklar 0‘zbekiston hududining hayvonot va o‘simlik dunyosiga qattiq ta’sir qiladi. Pomir va Tyan-Shan tog‘laridan haddan tashqari ko‘p qor va muzlik zaxiralari to‘plandi. Ulaming erishi oqibatida Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari hosil bo‘ladi. Kaspiy va Oral dengizlarida suv ko‘payadi. Havo soviydi va namgarchilik kuchayadi. Qattiq sovuq odamlami boshqa joylarga ko‘chishga majbur qiladi. Qadimgi odamlar tog‘ yonbag‘irlaridagi g‘orlami makon qila boshlaganlar. Tekislik va daryo vodiylari yowoyi hayvonlar: yilqi, karkidon, ho‘kiz podalari, tog‘larda arxar va kiyiklar tomonidan o‘zlashtiriladi, ya’ni ushbu hududga yowoyi hayvonlar migratsiyasi boshlanadi. Mamont va karkidon suyaklarini arxeologlar Farg‘ona vodiysi va Toshkent vohasidan topganlar. Yowoyi hayvonlaming 0‘zbekiston hududida ko‘p bo‘lganligi qadimgi odamlar turmushini birmuncha yengillashtiradi.
0‘rta paleolit odamlari neandertallar (Germaniyadagi Neandertal vodiysi topilmasidan) kalla suyagi katta, miya qutisi cho‘ziq, peshanasi qiya bo‘lib, hali qosh osti bo‘rtmasi saqlanib qolgan edi. Ular qadimgi odamlardan zamonaviy qiyofadagi kishilarga o‘tish bosqichida bo‘lishgan. Neandertallami olimlar “aql-idrokli”, ya’ni “homo sapiens” deb ham atashadi. Neandertal odamlar 0‘rta Osiyoda ham keng tarqalgan. Olimlaming fikricha, o‘rta paleolitda toshdan pichoqlar, keskichlar, qirg‘ichlar yasay boshlangan, dastlabki suyak qurollari paydo bo'lgan. Terimchilik yetarlicha mahsulot bermaydigan hududlarda ovchilikka e’tibor kuchayib, ov qurollari uchli suyak va tosh paykonlar bog‘langan nayzalardan keng foydalana boshladi. 0‘rta paleolit odamlari o‘z jamoasida qazo qilgan odamlami ko‘ma boshlagan, ya’ni dafn qilgan.
Bu davr madaniyatini o‘rganish 0‘zbekistonda 1938-yildan boshlangan. Ana shu yillar orasida 100 dan ortiq yodgorliklar topildi. 0‘zbekistonda eng mashhur o‘rta paleolit davrining yodgorliklariga Teshiktosh, Obirahmat, Xo‘jakent, KoMbuloq, Omonqo‘ton, Takalisoy nomli makonlami kiritish mumkin. Manzilgohlardan tashqari eng qadimgi ustaxonalar — tosh konlari aniqlangan. Bular Zarafshon vodiysidagi Uchtut va Ijond tosh konlaridir. 1938-yilda Surxondaryoning Boysuntov tog‘idagi Teshiktosh g‘oridan A.P.Okladnikov dafn etilgan eng qadimgi bolaning qoldiqlarini topadi. Uning rivojlanish davri mil. aw. 100—40-mingyilliklar bilan belgilanadi. Antropolog M.M. Gerasimov qayta tiklagan Teshiktoshdagi neandertal bolaning tashqi qiyofasi o‘z ajdodlaridan farq qilar va ko‘proq hozirgi qiyofadagi odamlarga o‘xshab ketardi. M.M. Gerasimov qazilmalardan topilgan suyaklar orqali odam qiyofasini tiklash uslubini ishlab chiqdi. Teshiktoshliklaming asosiy mashg‘uloti ovchilik bo‘lgan.
So‘nggi paleolit yoki Orinyak, Solyutre, Madlen davri mil. aw. 40— 12-mingyilliklarni o‘z ichiga oladi. Mehnat qilish jarayoni va go‘shtning pishirib yeyilishi ibtidoiy odamlami takomillashib borishiga va so‘nggi paleolitda kromanyon (Fransiyadagi g‘or nomidan) odamini vujudga keltiradi. Ulaming o‘rtacha umri davomiyligi 30—32 yosh bo‘lgan.
Homo sapiens — aqlli odam paydo bo‘lishi bilan inson qo‘li bilan yaratilgan moddiy madaniyat ashyolaridan farqli ma’naviy madaniyat ham shakllanadi. Insonda til, ong e’tiqod (sig‘inish) vujudga keladi.
So‘nggi paleolitda odamlaming olamni anglashga intilishi ulami yangi ixtirolarga yetaklaydi: sun’iy olov olish, yerto‘la va chaylalar ko‘rinishidagi turar joylar qurish, ibtidoiy san’at va musiqa asboblari ushbu davr kashfiyotlaridir. Bulardan tashqari: irqlar, urug‘chilik jamoalari, matriarxat, juft oilalar paydo bo‘ldi. Mehnat qurollari yasash va ulardan xo‘jalik yuritishda keng foydalanish paleolit davri ibtidoiy jamoa xo‘jaligi rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan omil hisoblanadi. So‘nggi paleolit davrida mukammal kesuvchi, arralovchi va burg‘ulovchi mehnat qurollari paydo bo‘ldi, odamlar taqinchoqlar: munchoq, tumor, bilaguzuklar yasay oladigan bo‘ldilar.
Ayol uy, o‘choq va muqaddas olovning egasi hisoblanib, uy xo‘jaligida, bolalar tarbiyasida, o‘choqda o‘tni saqlashda, ovqat pishirishda, ro‘zg‘or buyumlami va mehnat qurollami qo‘riqlashda, uy-boshpanani asrashda muhim vazifalami bajargan.
So‘nggi paleolit davri jamoalari orasida mehnat taqsimoti sodir bo‘lishi natijasida erkaklar faqat ov bilan, ayollar esa faqat uy yumushlari bilan mashg‘ul bo‘la boshladilar. Yer yuzidagi barcha xalqlar o‘z boshidan kechirgan urug‘chilik davrining ilk bosqichida qon-qarindoshlik jamoalari hukm surib u bir ota-onadan tarqalgan urug‘doshlar jamoasi bo‘lgan. Jamoalarda hamma bir kishi uchun va bir kishi hamma uchun qoidasi hukm surib, jamoa uyi, gulxani, oziq zaxiralari, ovlangan hayvon go‘shti, suyaklari va hatto terisi uning barcha a’zolariniki hisoblangan.
Arxeologlar so‘nggi paleolit odamlari manzillaridan suyakdan yasalgan garpunlar, qarmoqlar, sanchqilami ko‘plab topishgan bo‘lib, ular ushbu davrda o'zlashtirish xo‘jaligining yana bir turi baliqchilikning keng yoyilganligidan dalolat beradi.
Download 27.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling