Ibtidoiy jamoa insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichi
Download 94.59 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jamazgil qarorgohi
- Ko‘lbuloq makoni
Siyobcha qarorgohi – Samarqand shaxrining markaziy qismidan oqib o‘tadigan Siyobcha daryosining Chashmasiyob suvi quyilishi joyida joylashgan. Qarorgoh 1969 yilda U.Olimov tomonidan topilgan. Tadqiqot ishlarini esa, N.X.Toshkentboev olib borgan. Qazilmalarning ayrimlarida madaniy qatlam yaxshi saqlanmagan. Topilmalar orasida tosh o‘zaklar, qirg‘ichlar, teshuvchi qurollar, paraqalardan ishlangan qurollar asosiy o‘rinni egallaydi. Topilmalar Samarqand makoninga nisbatan qadimiyroqdir.
Xo‘jamazgil qarorgohi-Samarqand shaxridan 35 km g‘arbiy–sharq tomonda Turkiston tog‘ tizmasining g‘arbiy etaklarida joylashgan Xo‘jamazgil degan joydan topilgan. Yodgorlikni 1969 yilda arxeolog N.X.Toshkentboev tadqiq qilgan. Tadqiqot davomida makondan 200 dan ortiq tosh buyumlar yig‘ib olingan. Topilmalar ichida gardishsimon tosh o‘zaklar, paraqadan yasalgan pichoqsimon qurollar, qirg‘ichlar, randalar, tosh siniqlari topilgan. U erda qizil kesak (oxra) qoldiqlari va gulxan izlari xam topilgan. Qarorgohning moddiy qoldiqlari Samarqand makoni qoldiqlariga o‘xshaydi. Ikkala makonda xam qurollarni ishlash uslubida muste davri uslubi saqlanib qolgan. Ko‘lbuloq makoni – Tosh davriga oid ko‘p qatlamli yodgorlik bo‘lib, uning 1,2,3 qatlamlaridan yuqori paleolit davriga oid gulxan, ko‘mir qoldiqlari, tosh buyumlardan – nukleuslar, qirg‘ichlar, sixchalar, tosh pichoqlar, tosh siniqlari va hayvon suyaklari topildi. Bu erdan eng ko‘p miqdorda nukleuslar topilgan, chunki ibtidoyi odamlar nukleuslarni ajratib olishining yangi texnikasini kashf etganlar. Ilgaridagidek, paraqalarni tosh bolg‘a bilan emas, balki to shpona bilan ajratib olganlar. Bu bilan ular xoxlagan shakldagi paraqani toshdan ajratib olish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Qo‘lbuloqdan topilgan tosh qurollar o‘zining ishlanishi jixatidan Samarqand, Bo‘zsuv va Tuyabo‘g‘iz makonlaridan topilgan sunggi tosh davri qurollariga o‘xshaydi. Tadqiqotchi M.R.Qosimovning ta’qidlashicha, Toshkent voxasida hali Ko‘lbuloqqa ilmiy ahamiyati jihatidan teng keladigan yodgorlik topilgani yo‘q. Xulosa Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. So‘nggi ibtidoiy jamoa bosqichida ham ilk ibtidoiy jamoa bosqichida bo‘lgani kabi jamoaviy mehnatni roli katta bo‘lgan. O‘rmonlarni tozalash, chorvani boqish samarali ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini yuritish albatta bir oilaning qo‘lidan kelmagan, shu sababli jamoaviy mehnat va yerga jamoaviy egalik o‘z ta’sirini saqlab turgan. Keyinchalik so‘nggi urug‘ jamoasi bosqichi oxirlariga kelib ortiqcha mahsulotning paydo bo‘lishi mazkur prinsiplarning buzilishiga olib keldi. Yer uzoq vaqt jamoa mulki sifatida saqlanib kelinganligi Yangi Gvineya papuaslari misolida ham o‘z aksini topgan. Ularda yer avloddan avlodga o‘tish shart hisoblangan. Jamoadagi to‘plangan oziq – ovqatlar taqsimotida har doim ham tenglikka e’tibor berilmagan bir – biriga yaqin qondosh yaqin qarindoshlik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ammo ayrim holatlarda buning aksi ham bo‘lgan. Masalan yaxshi hosil olgan yoki chorvadan yaxshi nasl olgan yoki ovda omadi yurishgan ovchi maskur maxsulotlarni o‘zida qoldirgan yoki kim bilan xoxlasa o‘sha bilan bo‘lishgan hollari ham uchragan. Etnologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, papuaslarda ochqolgan papuas qarzini qaytarishni aytgan holda o‘ziga qo‘shni bo‘lgan yaqin qarindoshining tomorqasidan yamsni erkin olishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, Janubiy Amerika kubeo qabilasida bu o‘g‘rilik hisoblangan. Oila va nikoh So‘nggi urug‘ jamoasida juft nikoh ustivorlik qilishda davom etgan. Avval bo‘lganidek guruhiy munosabatlar davrasida bu ihtiyoriy tarzda amalga oshirilgan. Ilk ishlab chiqaruvchi ho‘jalik bilan shug‘ullanuvchilar orasida poliginya xususan sororat tartibidagi ko‘p xotinlilik, ovchilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalarda esa liverat tartibidagi poliyendriya – ko‘p erlilik keng tarqalgan edi. Ishlab chiqarish kuchlarining tobora rivojlanishi, o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tish ijtimoiy urug‘chilik tuzumining yanada rivojlanishiga olib keldi. Ilk urug‘-jamoasi – ovchi va baliqchilar jamoasi o‘rniga so‘nggi urug‘ jamoasi – dehqonchilik va chorvachilik jamoalar vujudga keldi. Jamoaning iqtisodiy asosini avvalgidek urug‘ mulkchiligi tashkil qilardi. Masalan, ur, ogorod, ovchilik, baliqchilik terim-termachilik maydonlari urug‘ga tegishli edi. Shu bilan bir vaqtda ular qabilaga ham taalluqli edi. Qabila boshliqlari qaysi urug‘-jamoasiga qaysi yerlar tegishli ekanligini bilar va nazorat qilib borardi. Boshqa ishlab chiqarish vositalari ham kollektivga, ham xususiy odamlarga tegishli edi. Oxirgisi keyinchalik rivoj topib boradi. Binobarin, ziyod mulk regulyasiya qilinib, uning bir qismi endilikda nafaqat teng ta’minlanardi, balki mehnatga qarab taqsimlanardi. Jamoatchi agar yaxshi hosil olsa yoki jonivorlardan ko‘proq qo‘y-qo‘zi olsa, baliq tutishga kirishib ko‘proq baliqqa ega bo‘lsa, bu holatda u ushbu hosildan bir qismini o‘ziga qoldirishi mumkin edi. Yoki bo‘lmasa bu mahsulotlarni kimni xohlasa o‘sha kishi bilan bo‘lishtirib olardi. Individual mulkning rivojlanishi o‘z navbatida yangi iqtisodiy munosabatlarni keltirib chiqardi va bu holatni amerikalik K.Do Bua «foydali iqtisod» deb atadi. Foydali iqtisod faqat mahsulot mo‘l ishlab chiqarilib, uning bir qismi savdoga chiqarilganda, sovg‘a-salom qilinganda bo‘lardi. Bu urf-odat aslida ilk urug‘ jamoalari davrida paydo bo‘lib, bu hodisa keyinchalik ziyod mahsulotning paydo bo‘lishi va mehnat taqsimoti bilan bog‘liq edi. Sovg‘a-salom ishlari nafaqat urug‘-jamoa orasida bo‘lgan, qaysiki, hali bu vaqtda babbaravar taqsimlanish va ta’minlash mavjud bo‘lgan bo‘lib, bu harakat qo‘ni-qo‘shni jamoalar o‘rtasidagi aloqalarni keltirib chiqarishga olib kelardi. Sovg‘achi ijtimoiy foydali odam bo‘lib, sovg‘asining ekvivalent bahosini bilardi. Bu holat foydali iqtisodning manfaatini oshira boradi. Masalan, Trobrian orollarida yashovchi meloneziyaliklarda «kula», ya’ni uzluksiz tamom bo‘lmaydigan sovg‘a urf-odati bor bo‘lib, chig‘anoq sovg‘asi bir kishi yoki jamoalar orasida bir-biridan ikkinchisiga o‘tib yurardi va hech qanday iqtisodiy shaklga ega emas edi. Lekin bu tashvish qabila jamoalari hamda hokimiyat dohiylari orasidagi aloqalarni mustahkamlardi. Biroq foydali iqtisod urug‘-jamoalar orasida hali kollektiv mulkchilikning teng bo‘lishiga olib kelmadi. Masalan, agar odam o‘lsa, uning mulki urug‘ jamoasiniki bo‘lib qolardi. Shu bilan birga, kollektiv mulki ham bo‘lib qolardi. Asta-sekinlik bilan yashash sharoitlarining yaxshilanib borishi, aholining ko‘payishi bilan so‘nggi urug‘-jamoalari ona tomonidan yirik kollektivga birlashib, onalar uy jamoasi yoki onalar oilasi vujudga keladi. Irokezlarda bunday uy jamoalari «ovagiri» deb atalib, bir necha, hatto yuzlab qavmu qarindoshlarni birlashtirardi va ular bitta umumiy katta uyda yashardilar. «Ovagiri» a’zolari urug‘ jamoasi tomondan ajratilgan yerga egalik qilib, bu yer umumiy xo‘jalikdan iborat edi. L.Morganning yozishicha, «ovagir» jamoalar birgalikda, jamoa bo‘lib mehnat qilardilar va qo‘lga kiritilgan mahsulot jamoaning umumiy zahirasi hisoblanardi. Aynan shunday ona uylari jamoasi meloneziyalik va boshqa shu kabi qabilalarda ham mavjud bo‘lgan. Muhimi shundaki, bu ajralmachilik urug‘ jamoasining birdamligiga zararsiz edi. Download 94.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling