Ibtidoiy jamoa insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichi


Download 94.59 Kb.
bet8/12
Sana16.06.2023
Hajmi94.59 Kb.
#1489922
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Takalisoy g‘ori – Omonqo‘ton g‘origa yaqin joylashgan muste davri yodgorligidir. Uni 1952 yilda D.N.Lev tadqiq qilgan. Bu erdan chaqmoqtosh siniqlari, uchurchaksimon uzun paraqa, kertish usulida ishlangan pichoqsimon qurol, gulxan izlari va hayvon suyaklari topilgan. Toshning ishlanish texnikasi asosida uni D.N.Lev mustening so‘nggi bosqichiga oid deb ko‘rsatadi, chunki bu erdan topilgan paraqalar va otsheplar gardishsimon va prizmaga o‘xshash nukleuslardan ajratib olingan. Bu makonda neandertal odamlar vaqtincha yashaganlar.
Takalisoy makonidan topilgan ashyolar Qo‘tirbuloq makonidan topilgan ashyolarga o‘xshash bo‘lib, bu neandertal odamlarning Zarafshon voxasida muste davri boshidan to oxirgi bosqichigacha uzluksiz yashaganlaridan darak beradi.
Qo‘tirbuloq va Zirabuloq makonlari Zarafshon daryosining o‘rta oqimida joylashgan bulib, ularni o‘rganish katta ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Qo‘tirbuloq makoni– ochiq joydagi qarorgoh xisoblanadi. Uning topilishi neandertal odamning g‘orlardan chiqib, o‘ziga sun’iy boshpana qura olishi va dasht mintaqalarida yashashga o‘tganligini ko‘rsatdi. Makon Samarqand shaxridan 100 km g‘arbda, Qattaqo‘rg‘on tumanidagi Charxin qishlog‘i yaqinidagi Zirabuloq tog‘ining shimoliy yon bag‘ridagi Qo‘tirbuloq deb nomlangan buloq atrofidan topilgan. Uni dastlab Yu.F.Buryakov rahbarligidagi O‘rta Zarafshon ekspeditsiyasi tomonidan 1971 yilda ro‘yxatga olingan. Keyinchalik uni N.Toshkentboev o‘rgangan. Bu erdan 5 madaniy qatlam topilgan. Ulardan 10mingdan ko‘proq tosh buyumlar topilgan. Bu topilmalar asosan chashma yonidan topilgan. Shuningdek, tosh qurollari va chiqindilar yonida gulxan izlari xam topilgan. Bu tosh qurol yasashda ibtidoiy odamlarning olovdan foydalanganligini ko‘rsatadi. Shuningdek bu erdan turli ov qurollari palaxmon toshi va nayzalar xam topilgan.
Qo‘tirbuloq makonidan topilgan qurollarning ishlanish texnikasi Obiraxmat va Teshiktosh madaniyatiga o‘xshaydi. Shuni inobatga olib, olimlar uni xam rivojlangan muste davriga oid deb hisoblaydilar. Lekin bu makonda qurol yasashda kertish texnikasida qurollarning o‘tkirlanishi bir tekisda emasligi bilan boshqa madaniyatlardan farq qiladi.
Arxeologlar Zirabuloq tog‘ tizmasining shimoliy etaklaridan va Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘oqlaridan ibtidoyi kishilarning bir necha qarorgohlarini ham ruyxatga oldilar. Bularning madaniyati ham Qo‘tirbuloq madaniyatiga o‘xshash bo‘lib, ularning ko‘pchiligida madaniy qatlam yaxshi saqlanmagan. Ular orasida Zirabuloq makoni alohida o‘rinni egallaydi.

Download 94.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling