Ibtidoiy jamoa tizimida jismoniy tarbiya elementlarining paydo bo`lishi
Download 15.22 Kb.
|
Ibtidoiy jamoa tizimida jismoniy tarbiya elementlarining paydo bo`lishi
Ibtidoiy jamoa tizimida jismoniy tarbiya elementlarining paydo bo`lishi Reja: • Jismoniy tarbiya tarixi tarixiy fanning mustaqil sohasi, jismoniy tarbiya va sportga doir ilmiy bilimlarning muhim qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi sifatida vujudga kelishi va tarkib topishi haqida ma’lumotlar beradi. Jismoniy tarbiya va sport tarixi fani qadim zamonlardan boshlab, shu kungacha turli xalqlarda jismoniy tarbiya taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va o’rganish bilan shug’ullanadi. • Jismoniy tarbiya va sport tarixi to’rtta asosiy davrlarga bo’linadi: • I. Qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya (mill.av. VIII ming.- mil. IV asr). • II. O’rta asrlar davrida jismoniy tarbiya va sport (V- XVII asrlar). • III. Yangai davrda jismoniy tarbiya va sport (XVIII – XIX asr oxiri). • IV. Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XX asrning boshlari – hozirgi kungacha) • Jismoniy tarbiya va sport tarixi fanini o’rganish manbalariga: • qadimgi jismoniy tarbiyaga oid arxeologik va etnografik manbalar; • jismoniy tarbiya va sportga doir arxiv materiallari, ilmiy kitoblar va boshqa yozma manbalar; • jismoniy tarbiya va sportga oid tasviriy san’at asarlari, badiiy kitoblar, kino, foto, fonomateriallar; • turli xalqlar jismoniy tarbiyasining rivojlanishi to’g’risidagi amaliy ma’lumotlar (sport yutuqlari, sport rekordlari); • jismoniy tarbiya va sportga doir xukumat qonunlari, qaror va farmonlari, maxsus rasmiy xujjatlari kiradi. • O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti (O’zDJTI) va Respublika oliy o’quv yurtlarininig jismoniy tarbiya fakultetlari, pedagogika kollejlarining jismoniy tarbiya bo'limlari, Olimpiya zahiralari kollejlarida «Jismoniy tarbiya va sport tarixi» fan sifatida kiritilgan. Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning nazariy bilimlari, amaliy malakalarini oshirishda «Jismoniy tarbiya va sport tarixi» fani asosiy mutaxassislik fanlaridan biridir. • «Jismoniy tarbiya va sport tarixi» ixtisoslikka oid maxsus fan sifatida, milliy qadriyatlar, ijtimoiy, madaniyat taraqqiyoti natijalari, mustaqillik yillarida joriy etilgan qonunlar, qarorlar, farmonlar, nizomlar hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida asoslab berilgan g’oyalarga tayanadi. Ularni jismoniy madaniyat ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida o’ziga metodologik asos qilib oladi. Download 15.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling