Ibtidoiy jamoa tuzumi davri tarixi, antropogonez jarayoni Tuzuvchi ustoz: Tayronov Yoqubjon


Download 33.37 Kb.
bet3/4
Sana09.01.2022
Hajmi33.37 Kb.
#259321
1   2   3   4
Bog'liq
2 5458504254660545769

Qadimgi va Yangi Bobil

1.Quyidagilardan qaysi biri Mesopotamiyada siyosiy tarqoqlikka olib kelgan sabablar qatoriga kirmaydi?

D
A) iqtisodiy tushkunlik B) ko`chmanchi amoriy qabilalarining hujumi C) Ur sulolasining yemirilishi D) Lagashning yemirilishi

2. Amoriylar sulolasi asoschisi yo`lboshchi kim edi?

A
A) Sumuabum B) Shamshi-Adad C) Rimsin D) Xammurapi

3. O`zaro urushlar shahar-davlatlarni zaiflashtirdi va Larsa shahrini ... bosib oldi?

C
A) Bobil B) Midiya C) Elam D) Lagash

4. Xammurapi I Bobil sulolasining nechanchi podshosi edi?

B
A) beshinchi B) oltinchi C) yettinchi D) sakkzinchi

5. Xammurapi dastlab Larsa bilan ittifoq tuzadi va janubda qaysi shaharlarini bosib oladi?

C
1.Ur 2.Issin 3. Uruk 4. Nippur

A) 1,3 B) 2,4 C) 1,2 D) 1,4

6. Xammurappi nechanchi yilda Elamni yanchib tashladi?

D
A) mil.avv. 1794 yil B) mil.avv. 1784 yil C) mil.avv. 1774 yil D) mil.avv. 1764 yil

7. Xammurapi kimlar bilan ittifoq tuzib Elam qo’shinlarni mag’lub qildi?

A
A) Mari B) Ossuriya C) Midiya D) Urartu

8. Qachonga kelib Xammurapi Mari shahrini bosib oldi?

C
A) mil.avv. 1761 yil B) mil.avv. 1760 yil C) mil.avv. 1759 yil D) mil.avv. 1758 yil

9. Zimrilim quyidagi qaysi hududning podshosi edi?

B

A) Larsa B) Mari C) Issin D) Ur



10. Xammurapining vorisi Samsuilinning hukmronlik yillarini aniqlang?

D
A) mil. avv. 1749-1711-yillar B) mil. avv. 1759-1712-yillar C) mil. avv. 1749-1722-yillar D) mil. avv. 1749-1712-yillar

11. Quyidagi qaysi xalq I Bobil sulolasini tugatdilar?

C
A) amoriylar B) kassitlar C) xettlar D) ellamliklar

12. Kassitlar qachon Mesopotamiyaga bostirib kirdilar?

D
A) mil.avv. 1745 yil B) mil.avv. 1744 yil C) mil.avv. 1743 yil D) mil.avv. 1742 yil

13. Kassitlar kim boshchiligida Mesopotamiya hududiga bostirib kirdilar?

A
A) Gandash B) Zimrilim C) Kassu D) Samsuilin

14. Mesopotamiyaga kassitlar hujumi arafasida uning janubiga kim bostirib kirdi?

B
A) Mari B) Elam C) Issin D) Nippur

15. Qadimgi Bobil nechanchi yillarda mavjud bo’lgan?

C
A) mil. avv. 1894-1598 yillar B) mil. avv. 1894-1596 yillar C) mil. avv. 1894-1595 yillar D) mil. avv. 1884-1595 yillar

16. Xammurapi kim bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib oladi?

A
A) Mari B) Nippur C) Issin D) Elam

17. Kassitlarhujumi arafasida janubiy Mesopotamiyada quyidagi qaysi shaharlarida qo’zg’alon ko’tarilgan?

D
1.Kish 2.Bobil 3.Sippar 4.Issin

A) 1,3 B) 2,4 C) 1,2 D) 3,4

18. Qachon xettlar Bobilga bostirib kirgan?

B
A) mil. avv. 1598 yil B) mil. avv. 1595 yil C) mil. avv. 1592 yil D) mil. avv. 1585 yil

19. Xammurapi qonuni necha qismdan iborat?

A
A) uch qism B) to’rt qism C) besh qism D) sakkiz qism

20. Xammurapi davrida Bobilda bog`dorchilikda nima yetishtirish ustivor ahamiyat kasb etdi?

B
A) uzum B) xurmo C) sabzavot ekinlari D) apelsin

21. Qayerdan topilgan arxiv hujjatlariga ko`ra, Bobilda aholining barcha mehnatga qobiliyatli qismi erkin kishilardan tortib qullargacha sug`orish inshootlarini qurish va ta’mirlash majburiyatini o`tagan?

A
A) Mari B) Bobil C) Ur D) Nineviya

22. Xammurapi qonunlarida maxsus nechta moddasi dehqon jamoasining o`z yerida, sug`orish inshootlariga befarq qarashiga qarshi qaratilgan?

B
A) uchta B) to’rtta C) beshta D) oltita

23.Xammurapi qonunlariga ko’ra agar dehqonning yeridan qo`shnilar yeriga suv toshib ketsa, unga qanday jazo qo’llanilgan?

C
A) qatl etilgan B) qo’llari kesilgan C) keltirilgan zararni to`lashga majbur bo`lgan D) ko’chirib yuborilgan

24. Xamurappi qonunlarida qanchadan ortiq jinoya va ularning jazolari to‘plangan?

D
A) 50 dan B) 100 dan C) 200 dan D) 300 dan

25. Xammurapi qonunining nechanchi moddasida “agar quruvchi kishiga uy qurdi va o`z ishini mustahkam qilmadi. U qurgan uy yiqilib, uy egasini o`ldirib qo`ydi. Bu quruvchi o`limga hukm qilinishi lozim” deyilgan?

C
A) 219-modda B) 222-modda C) 229-modda D) 231-modda

26. Xammurpi qonunlarining nechanchi moddasida erkin kishini muvaffaqiyatsiz muolaja qilgan jarrohning barmoqlari chopilgan?

D
A) 214-modda B) 216-modda C) 217-modda D) 218-modda

27. Mesopotamiya hududidagi Shanidar manzilgohi nechanchi ming yillikka oid?

A
A) mil. avv. XI-VIII ming yillik B) mil. avv. XI-VII ming yillik C) mil. avv. XII-VIII ming yillik D) mil. avv. X-VIII ming yillik

28. Quyidagi qaysi mahsulotlar Bobildan eksport qilingan?

A
1.g`alla 2. metall 3.xurmo 4.qurilish toshi 5.kunjut yog`i 6.yog`och 7.jun 8.qullar 9. hunarmandchilik buyumlari 10. zeb-ziynat buyumlari

A) 1,3,5,7,9 B) 2,4,6,8,10 C) 1,2,5,7,8 D) 2,4,5,6,9

29. Quyidagi qaysi mahsulotlar Bobildan import qilingan?

B
1.g`alla 2. metall 3.xurmo 4.qurilish toshi 5.kunjut yog`i 6.yog`och 7.jun 8.qullar 9. hunarmandchilik buyumlari 10. zeb-ziynat buyumlari

A) 1,3,5,7,9 B) 2,4,6,8,10 C) 1,2,5,7,8 D) 2,4,5,6,9

30. Qadimgi Bobilda tamkarlar bu…?

C
A) bozor markazlarida pulni almashtirib beruvchilar B) ibodatxona kohinlari C) savdo bilan shug’ullanuvchi agentlar D) dalada ishlovchi maxsus qullar toifasi

31.Xammurapi qonunlarida xususiy mulkka munosabat qanday bo’lgan?

D
A) xususiy mulk qoralangan B) faqat boylargina xususiy mulkni qo’lga kiritish mumkin bo’lgan C) xususiy mulk haqida biror modda kiritilmagan D) xususiy mulk himoya qilingan

32. Qadimgi Bobil jamiyatida “avelium” bu…?

B
A) qaram kishi B) erkin kishi C) ibodatxona xizmatchisi D) harbiy xizmatchi

33. Xammurapi qonunlariga ko’ra qarz uchun qaramlik necha yil muddat bilan cheklangan?

A
A) 3 yil B) 5 yil C) 2 yil D) 6 yil

34. Xamurappi qonunlariga ko’ra kumush uchun qarz necha foizi bilan cheklangan?

C

A) 10 % B) 15% C) 20% D) 33%



35. Xamurappi qonunlariga ko’ra g’alla uchun qarz necha foizi bilan cheklangan?

D
A) 10 % B) 15% C) 20% D) 33%

36. Xamurappi qonunlariga ko’ra garovga olingan kishiga nisbatan shafqatsiz muomala qilingani uchun qanday jazo qo’llanilgan?

A
A) o`lim jazosi qo`llangan B) o’ziga ham shunday qilingan C) barmoqlari kesilgan D) katta miqdorda jarima

37. Qadimgi Bobil jamiyatida “mushkenum” atamasi qanday ma’noni bildirgan?

B
A) “yuqoriga intilgan” B) “pastga egilgan” C) “past tabaqali” D) “ boshqa yerlik”

38. Xammurapi qonunlariga ko’ra, qadimgi Bobil jamiyatida cheklangan fuqarolik huquqiga ega bo`lgan mushkenumlarga jarohat yetkazilsa qanday jazo belgilangan?

C
A) o’lim qo’llanilgan B) 10 darra urilgan C) pul to’langan D) yeridan mahrum qilingan

39. Xammurapi qonunlariga ko’ra, mushkenumni davolash erkin kishiga nisbatan qancha arzon bo`lgan?

D
A) olti marta B) to’rt marta C) uch marta D) ikki marta

40. Xammurapi qonunlariga ko’ra,talion huquqi kimlarga nisbatan qo’llanilagan?

D
A) qullarga B) o’zga yurtdan ko’chib kelganlarga C) to’la huquqga ega bo’lmaganlarga D) erkin kishilarga

41. Qadimgi Bobil jamiyatida “vardum”lar bu…?

A
A) qullar B) yarim ozod kishilar C) erkin kishilar D) dalada ishlovchilar

42. Xammurapi qonunlariga ko’ra, agar ayol eriga yomon muomala qilsa va uni mol-mulkini sovursa unga qanday jazo tayinlangan?

A
A) ayol qulga aylantirilgan B) ayol jamiyatdan haydab yuborilgan C) o’limga hukm qilingan D) ayolining sochlari olib tashlangan

43. Xammurapi qonunlariga ko’ra, agar ayol eriga xiyonat qilsa unga qanday jazo tayinlangan?

C
A) ayol qulga aylantirilgan B) ayol jamiyatdan haydab yuborilgan C) ayol o’limga hukm qilingan D) ayolining sochlari olib tashlangan

44. Qadimgi Bobilda quyidagi sudlardan qaysi biri bo’lmagan?

D
A) ibodatxona sudi B) jamoa sudi C) kvartal sudi D) jinoyat sudi

45. Xammurapi qonunlarning nechanchi moddasi askarlarning huquq-majburiyatlariga bag’ishlangan?

B
A) 6-moddasi B) 16-moddasi C) 26-moddasi D) 36-moddasi

46. Xammurapi qonunlariga ko’ra, askarlar xizmati evaziga nima olganlar?

C
A) oltin tanga B) kumush tanga C) yer-mulk D) ular maosh olishmagan balki, sidqidildan xizmat qilgan evaziga davlat askarlarni oilasini moddiy jihatdan ta.minlab turgan

47. Kassitlar qaysi hududlardan Janubiy Mesopotamiya hududiga kirib kelgan edi?

A
1.Zagros tog’laridan 2. Armaniston 3. Suriya 4.Eron

A) 1,4 B) 1,3 C) 1,2 D) 2,4

48. “O’rta Bobil davri”da mamlakatni qaysi sulola idora etgan?

C
A) amoriylar B) xettlar C) kassitlar D) arameylar

49. Bobil Ahmoniylar viloyatlariga qanday mahsulotlar yetkazib beradigan asosiy markaz edi?

C
1. g`alla 2.xurmo 3. kiyim-kechak 4. qimmatbaho toshlar 5.jun 6. hunarmandchilik mahsulotlari 7.gazlama 8. Kumush

A) 1,3,5,7 B) 2,4,6,8 C) 1,2,5,6 D) 2,5,6,7

50. Qachonga kelib kassitlar Bobiliga qo`shni Elam davlatiga halokatli zarba berdi?

C
A) mil. avv. XIV asrda B) mil. avv. XIII asrda C) mil. avv. XII asrda D) mil. avv. XI asrda

51. Kassitlar mil. avv. XV asr oxirlarida Misrga qarshi kim bilan hamkorlik qilib kurashdi?

D
A) Xett B) Ossuriya C) Urartu D) Mitanni

52. Mil. avv. 1150-yillar atrofida kassitlar sulolasi hukmronligini kimlar tugatdi?

B
A) xettlar B) elamliklar C) amoriylar D) ossurlar

53. Yangi Bobil podsholigining paydo bo`lishi qachonga to’g’ri keladi?

B
A) mil. avv. 639-yilga B) mil. avv. 629-yilga C) mil. avv. 625-yilga D) mil. avv. 621-yilga

54. Xaldeylar qachon Bobilning janubiy qismini bosib oldilar va Bobil madaniyatini qabul qildilar?

A
A) mil. avv. IX asrda B) mil. avv. X asrda C) mil. avv. VIII asrda D) mil. avv. XI asrda

55. Bobilning oliy xudosini aniqlang?

C
A) Ishtar B) Shamash C) Mardukka D) Sina

56. Bobil shahri ikki qator devor bilan o`ralib, uning aylanasi qanchani tashkil qilgan?

D
A) 4 km B) 6 km C) 7 km D) 8 km

57. Bobilning muqaddas ibodatxonasi Esagilaning har tomoni qanchani tashkil qilgan?

C
A) 200 mert B) 300 metr C) 400 metr D) 500 metr

58. Mil. avv. 556-yilda Yangi Bobil taxtini egallagan Nabonid qaysi xalqqa mansub bo’lgan?

B
A) xaldey B) oromiy C) kassit D) elam

59. Quyidagi qaysi hukmdor Bobilda Sinaga e`tiqod qilishni birinchi o`ringa qo`ydi?

C
A) Navoxodnosor I B) Novoxodnosor II C) Nabonid D) Xammurapi

60. Bobildagi yetti qavatli Etemenanki («osmon va yerning markazidagi ibodatxona») deb atalgan zikkurat-ibodatxona nechchi metrni tashkil qilgan

D

A) 71 metr B) 75 metr C) 87 metr D) 91 metr




Download 33.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling