Ichak tayoqchasi va klebsiellalar chiqargan kasalliklarni amaliyotdagi ahamiyati
Download 294.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichak tayoqchasi
Mavzu
:Ichak tayoqchasi va klebsiellalar chiqargan kasalliklarni amaliyotdagi ahamiyati
Ichak tayoqchasi — odam va hayvonlar ichagida yashaydigan harakatchan bakteriya. Boʻyi 1—2 mk. Ichak bakteriyalari guruhiga kiradi (bu guruh ich terlama, paratif, salmonellyoz, dizenteriya va b. kasalliklar bakteriyalarini oʻz ichiga oladi). I.t., odatda, kasallikka sabab boʻlmaydi, ammo
oʻt pufagiga, buyraklarga, qovuqqa kirganda shu aʼzolarni yalligʻlantira oladi. Najasda talaygina I. t. boʻladi. [
Ichak guruhi bakteriyalariga - Enteroobactericeae oilasiga morfologik, kultural, tinktorial xossalari bir-biriga o'xshash mikroorganizmlar kiradi. Ular odam va hayvon ichagida hayot kechiradi, lekin tashqi muhitda ham aniqlanadi. Chunki ular najas bilan tashqi mihitga chiqariladi.Hozirgi vaqtda ichak bakteriyalari oilasiga 12 avlod mikroorganizmlar kiritiladi. Masalan, Esherixiy, Salmonella, Shigella, Pro¬teus, Klebsiella, Iyersiniya va boshqalar.
Bu avlodlar va yana turlarga, biologik va serologik variantlarga bo'linadi.Bu avlodlarning boshlang'ichi bo'lib ichak tayoqchasi hisoblanadi. Evalutsion o'zgarishi natijasida ichak tayoqchasi parazitik hayot kechirishga moslashdi va patogen turga aylandi. Hozirgi vaqtda u ko'pgina ichak kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda. Ichak bakteriyalarining patogen turlari bo'lib qorin tifi, A va В paratif toksiko infeksiyaya, dizenteriya va boshqa turlar hisoblanadi.Barcha ichak bakteriyalari tayoqchasimon, uchlari yumaloq, Preparatda tartibsiz joylashadi, Gram manfiy bo'yaladi, fakultativ anaerob, oddiy oziqa muhitida yaxshi rivojlanadi
Ular bir-biridan fermentativ, antigenlik xossasiga ko'ra farqlanadi. Saprofitlarda fermentativ faollik ancha kuchli namoyon bo’ladi. Ichak tayoqchasi oziq- ovqatlarga tushib ularda bo'linib ko'pav' к ham mumkin. Bunday ifloslangan oziq-ovqt iste'rnol qiiingandanso' ular ovqatdan zaharlanish kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ichak tayoqchasi boshqa a'zolarga o'tganda xolesissit, sistit, sepsis va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi. Kolienterit nihoyatda yuqumli bo'iib, bohl" muassasalrida epidemik tus olishi mumkin.
Profilaktikasi. Shaxsiy gigiyena qoidalarga rioya qilish. Maxsus profilaktikasi yo'q. Davosi. Antibiotiklar bilan davolanadi. Hozirgi vaqtda davolash maqsadida koliprotey fagi qo'llanilmoqda va yaxshi natijaiar bermoqda. Esherixiylar..Bu avlodga faqat bitta ichak tayoqchasi — E coli kiradi, lekin ko'pgina variantlarni o'z ichiga oladi. Ular biologik, fermentativ antigenlik xossasiga ko'ra bir-biridan farqlanadi.Ichak tayoqchasini 1888-yili Esherix najasdan ajratib olgan va mikrob uning nomi bilan atalgan.
Ichak tayoqchasining tabiiy yashash joyi hayvon va odam ichagi bolib hisoblanadi va ular ichakni normal mikroflorasiga kiradi. U hayot faoliyati davomida fermentlar ishlab chiqaradi, ovqat hazm qilishda ishtirok etadi, В guruh vitaminlarini sintezlaydi va boshqa patogen mikroblarga antagonistik ta'sir ko'rsatadi(masalan, dizenteriya, qorin tifi, toksikoinfeksiya, qo'zg’atuvchilarga). Agar yo'g'on ichakda ichak tayoqchasi bo'lmasa, disbakterioz kasalligi kelib chiqadi. Bunda ichakdagi normal mikroflora tarkibi buziladi, proteylar, zamburug'lar, kokk floralari ko'payib ketadi.
Organizmning qarshilik ko'rsatish kuchi susaygan hollarda Esherixiylar boshqa azolarga tushib og'ir patologik jarayonlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ichak tayoqchasi shartli patogen mikroorganizm deb ataladi. Ichak tayoqchasi najas bilan tashqi muhitga tushadi. Tuproq, suv, oziq-ovqatlar va obyektlarda ichak tayoqchasining aniqla¬nishi ularni najas bilan ifloslanganligidan dalolat beradi. Ichak tayoq¬chasining borligini (koli- titr, koli-indeks) aniqlash ob’yektlarining sanitar holati ko'rtsatkichi sifatida qo'llaniladi.
Morfologiyasi. E. coli mayda 0,5-3,0 x 0,5-0,8 mkm kattalikdagi tayoqchasimon mikroblardir. Gram manfiy, harakatchan, xivchinlari peretrix joylashgan. Ko'pgina shtammlari kapsula hosil qiladi, spora hosil qilmaydi. Ayrim ichak tayoqchasining variantlari harakatsiz bo'ladi. Kultural xossasi. Ichak tayoqchasi fakuitativ anaerob bo'lib, oddiy oziqa muhitlarida, 37°C haroratda va pH 7,2-7,8 muhitida yaxshi o'sadi. Odam va hayvon organizmidan ajratib olingan ichak tayoqchasining shtammlari 43-45°C da yaxshi o'sadi. Ichak tayoqcha¬sining tashqi muhit obyektlarida aniqlanishi sanitariya sharoitining yomonligidan daiolat beradi.
GPAda xira, biroz bo'rtib chiqqan chetlari tekis
, nam koloniya hosil qilib o'sadi. GPSHda bir tekis loyqalanish hosil qilib o'sadi. Differensial-diagnostik ENDO muhitida yaltiroq metall, malina rangli koloniya hosil qilib o'sadi. Ferraentativ xossasi. Fermentativ hossasiga ko'ra faol hisoblanadi.Laktoza, saxaroza, glukoza, mannit, maltozani kislota va gazgacha parchalaydi. Proteoiitik xossasiga ko'ra indol hosil qiladi. Jelatina suyultirmaydi. Alohida biovarlari laktoza va saxarozani parchalama)
Toksigenligi. Ichak tayoqchasi lipopolisaxarid tabiatli endotoksin hosil Antigenlik tuzilmasi. Esherixiyalar antigenlik tuzilmasiga qarab farqlanadi. Esherixiyalarda uch turdagi antigen tafovut etiladi: Somatik O-antigeni, yuzaki K-antigeni (kapsula), xivchinli H-antigeni.Somatik termostabil O-antigeni lipopolisaxaridprotein kompleksli(yog’ oqsil, uglevod tabiatli) o'z ichiga oladi va u bakteriyaning hujayra devorida joylashgan. О -antigeniga ko'ra mikrobning 170 turi tafovut etiladi. К - antigeni О - antigeniga nisbatan yuzada joylashgan. Esherixiyalarning К - antigeni turlicha: A, B, L va M antigenlari A va M antigenlari termostabil, ya'ni yuqori haroratga chidamli, В va L antigeni esa chidamsiz. К - antigenining 100 ta guruhi tafovut etiladi
K-antigen agglyutinatsiya reaksiyasini qo'yishga to'sqilik qiladi: shuning ,uchun 100°C qizdirilib ulardan О - antigeni ajratib olinadi. H -antigeni faqat mikroblarning harakatchan turlaridagina uchraydi. Uning 50 dan ortiq turlari aniqlangan. H - antigeni bo'yicha ajratib olingan kulturani serovariantlari aniqlanadi. Ichak tayoqchasining bu xossasi agglyutinatsiya reaksiyasi yordamida aniqlaniladi. Fegovarlari esa bakteriofaglar yordamida sezuvchanligi aniqlanib o'rganiladi.
Chidamliligi. Ichak tayoqchasi tashqi muhitga ancha chidamli. 55°C harorat ta'sirida 1 soatdan so'ng, 60°C issiqlik ta'sirida esa 15 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Tuproqda, suvda 2-3 oygacha saqlanadi, sutda esa faqat saqlanib qolmasdan hatto bo'linib ko'payadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar (3 %li xloramin, 1:1000 sulema eritmasi) ta'sirida 20-30 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Brilliant yashiliga (zelyonkaga) juda sezgir. Patogenligi. Esherixiyalarning alohida seroguruhlari hayvonlarda oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachalari ichak tayoqchasiga sezgir.
Laboratoriya hayvonlarining zararlangan a'zolariga qarab esherixiyalar ularda turli xil patologik jarayonlarini keltirib chiqaradi. Masalan, mikroblar teriga yuborilganda yalig'lanish va abssess, qorin bo'shlig'i va venaga yuborilganda sepsis, peritonit kasalliklarni keltirib chiqaradi. Infeksiya manbayi. Kasal odam infekiya manbayi hisoblanadi. Ichak tyoqchasi organizmga tashqi muhitdan tushadi. Organizmdagi mavjud ichak tayoqchasi boshqa a'zolarga ham o'tib kasallik keltirib chiqarishi mumkin. Tarqalish yo'Ii. Maishiy oilaviy yo'l orqali - iflos qo'l, idish- tovoq, o'yinchoq, oziq-ovqat va mexanik yo'l - pashsha, suvaraklar orqali tarqaladi. Patogenezi. Esherixiyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarga esherixioz
Download 294.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling