Ichida sоnlarni qo’shish va ayirishni o’rgatish. Yuz ichida sonlarni qo’shish va ayrishni o’rganish bosqichlari va usullari


Yuz ichida sonlarni qo’shish va ayrishning o’rgatishga tayyorgarlik


Download 390.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana07.04.2023
Hajmi390.42 Kb.
#1337542
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-maruza

1. Yuz ichida sonlarni qo’shish va ayrishning o’rgatishga tayyorgarlik 
ishlari 
 
100 ichida sonlarni qo„shish va ayirishni o„rgatish yuzasidan quyidagi 
vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi: 
– 100 ichida qo„shish va ayirish hisoblash usullari bilan tanishtirish; 
– arifmetik amal xossalarini (songa yig„indini qo„shish, yig„indini sonni 
qo„shish, yig„indini yig„indini qo„shish, sondan yig„indini ayirish, yig„indidan 
sonni ayirish, yig„indidan yig„indini ayirish) 100 ichida sonlar ustida amallar 
bajarishda tatbiq etishga o„rgatish; 
– 100 ichida yozma qo„shish va ayirish ko„nikmasini shakllantirish. 
100 ichida sonlarni qo„shish va ayirishni o„rgatish ishi 1-2 sinflarda olib 
boriladi. O„quvchilar dastlab 20 ichida, so„ngra 100 ichida sonlarni og„zaki hamda 
yozma qo„shish va ayirishlar bilan tanishadilar.
100 ichida sonlarni qo„shish va ayirishda o„rgatish tizimi quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi: 
1) yaxlit o„nlik sonlarini qo„shish va ayirish bilan tanishtirish; 
2) qavslarni kiritish tartibi bilan bilan tanishtirish; 
3) sonlar yig„indisi va sonlar ayirmasi matematik ifodalarni o„rgatish. Sonni 
xona qo„shiluvchilar yig„indisi shaklida ifodalashga o„rgatish; 
4) qo„shishning guruhlash xossasi bilan tanishtirish; 
5) arifmetik amal xossalari bilan tanishtirish; 
6) jadvalda qo„shish va ayirish bilan tanishtirish: 
a) 18 ichida bir xonali sonlarni o„nlik orqali o„tib qo„shish bilan 
tanishtirish; 


b) qo„shish jadvali bilan tanishtirish; 
d) 18 ichida bir xonali sonlarni o„nlik orqali o„tib ayirish bilan 
tanishtirish; 
e) ayirish jadvali bilan tanishtirish; 
7) 
100 ichida sonlarni og„zaki qo„shish va ayirish usullari bilan 
tanishtirish; 
8) 
100 ichida sonlarni yozma qo„shish va ayirish usullari bilan tanishtirish.
100 ichida sonlarni qo„shish va ayirishni o„rgatish ishi 3 bosqichda olib 
boriladi: 
Tayyorgarlik bosqichi
– 100 ichida sonlarni og„zaki qo„shish va ayirish; 
– 100 ichida sonlarni yozma qo„shish va ayirish. 

Download 390.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling