Ichimlik suvidagi tuzlar miqdorini aniqlash
Download 51.21 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvning umumiy qattiqligi
- Tuzatiladigan qattiqlik
Ichimlik suvidagi tuzlar miqdorini aniqlash. Suvning qattiqligi unda erigan ishqorli kalsiy va magniy metallarning tuzlariga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zi bir hollarda suvning qattiqligi uning tarkibidagi kaliy, natriy, temir (II), marganets (II), alyuminiy tuzlarining mavjudligi bilan belgilanadi. Suv qattiqligining oshishi uning organik moddalar bilan ifloslanganligiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chunki organik moddalar parchalanganda, ko‘mir kislotasi (uglekislota) hosil bo‘ladi va bu tuproqdagi qattiq kalsiy va magniy tuzlarining ishqorli yuvilishini tezlashtiradi. Suvning qattiqligi 4 xil bo‘ladi: Suvning umumiy qattiqligi – bu xom suvning qattiqligi bo‘lib, suvdagi kalsiy va magniy tuzlarining umumiy yig‘indisi bilan ifodalanadi (belgilanadi). Karbonat qattiqlik – bu ham xom suvning qattiqligi bo‘lib, suvda erigan magniy va kalsiy karbonatlari va gidroqarbonatlar bilan ifodalanadi. Tuzatiladigan qattiqlik –suv qaynatilganda tuzatilishi mumkin bo‘lgan qattiqlik. Bunda suvdagi kalsiy, magniy va karbonat tuzlari parchalanib, erimaydigan karbonat angidrid tuzlariga aylanib qoladi. Doimiy qattiqlik – bu bir soat qaynatilganidan keyingi suvning qattiqligi bo‘lib, unda xloridlar, sulfatlar va qisman kalsiy va magniy karbonatlari qoladi. Ular, odatda, idish yoki quvur devorlarida va tubida qatlam hosil qiladi. Qattiqlik suvning 1 litrida mavjud bo‘lgan tuzlarning gramm – ekvivalenti bilan ifodalanadi. Qattiqlikning 1 gramm ekvivalentiga 28 mg kalsiy oksidi (yoki 20,16 mg magniy oksidi) miqdori to‘g‘ri keladi. Agar hisob-kitoblar kalsiy va magniy miqdoriga qarab amalga oshirilsa, unda 1 mg/ekv qattiqlikka 1 l suvda 20, 04 mg kalsiy yoki 12, 16 mg magniy miqdori mos keladi, bu erda 20,04 va 12,16 – kalsiy va magniyning ekvivalent og‘irliklari bo‘lib, ularning atom og‘irligining yarmiga teng. Suvning qattiqligi graduslarda ham ifodananishi mumkin. Bir gradus qattiqlikka 10 mg kalsiy oksidi to‘g‘ri keladi. Bu erdan 1 mg/ekv 1 litr suvning qattiqligiga 2,8° to‘g‘ri kelishi kelib chiqadi. Suvning qattiqligi 10° gacha (3,5 mg/ekv 1 l-da ) bo‘lsa, u yumshoq suv, 10° dan 20° gacha (3,5 – 7 mg/ekv 1 l-da ) bo‘lsa, u o‘rtacha qattiq suv, 20°-30° (7-10,5 mg/ekv 1 l-da ) gacha bo‘lsa, u qattiq suv va 40° dan yuqori (14 mg/ekv 1 l-da ) bo‘lsa, u o‘ta qattiq suv hisoblanadi. Ichimlik suvining umumiy qattiqligi 30°-40° atrofida bo‘lishi kerak. DAVAN 2874-82 “Ichimlik suvi” talablariga asosan suvning qattiqligi 7mg – ekv/dm3 dan, kanalizatsiya quvurlari orqali uzatiladigan yoki oqiziladigan suvlarning qattiqligi esa 10mg – ekv/dm3 dan oshmasligi kerak. o‘ta qattiq suvlar yoqimsiz ta’mga ega bo‘lib, oshqozon va buyrakda turli toshlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Qattiq suvlarda, odatda, sovun ko‘piklanmaydi. Suvdagi minerallar (TUZlar) miqdori, elektr o‘tkazuvchanlik (KONDUKTOMETR) va suvning haroratini aniqlovchi asbob Download 51.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling