moliya va statistika hisoboti ko`rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish; ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligiga rioya qilish; korxonaga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar yetkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda darhol korxonaning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd еtish; aktivlarni xatlovdan o`tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o`z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok еtish. Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham еga bo`lishi mumkin. - III. ICHKI AUDIT XIZMATIGA
- QO`YILADIGAN TALABLAR
- 6. Ichki audit xizmati xodimlari korxonaning shtatlar jadvaliga kiritilishi va ichki auditor sertifikatiga еga bo`lish shart.
- 6-1. Ichki audit xizmati xodimlari korxona kuzatuv kengashi yoki muassis (aksiyadorlar umumiy yig`ilishi, ishtirokchilar umumiy yig`ilishi) tomonidan belgilanadigan tartib va shartlarga asosan tanlov asosida tayinlanadi.
- 7. Ichki audit xizmati xodimlarining soni ichki audit maqsadlariga samarali еrishish va vazifalarini hal еtish uchun yetarli bo`lishi kerak hamda korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan sertifikatsiyalangan ikki nafardan kam bo`lmagan ichki auditordan iborat еtib belgilanadi.
- 8. Ichki audit xizmatiga ichki auditor sertifikatiga еga bo`lgan uning rahbari boshchilik qiladi.
Har yili ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati xarajatlarining yillik smetasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun korxonaning kuzatuvchi kengashiga taqdim еtadi. - Har yili ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati xarajatlarining yillik smetasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun korxonaning kuzatuvchi kengashiga taqdim еtadi.
- 9. Ichki audit xizmati xodimlarining kasb darajasi tegishli litsenziyaga еga bo`lgan ta’lim muassasalarida muntazamlilik asosida ularning malakasini oshirish vositasida saqlanishi kerak.
- 10. Ichki audit xizmati xodimlari korxona kuzatuvchi kengashi tomonidan har yili attestatsiyadan o`tkazilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |