Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet19/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Aflotun. Aflotun (Platon) miloddan avvalgi 427-347 yillarda yasha- gan yunon faylasuflaridan bo‘lib, o‘zining «Davlat», «Siyosatchi» va
«Qonunlar» asarlarida axloq va estetik tafakkur haqidagi qarashlarini bayon etgan. Aflotunning fikricha, olamning asosida «g‘oyalar dunyosi» yotadi. Eng oliy g‘oya – yaxshilik, baxt g‘oyasi, xudodir.
Aflotun o‘zining «ideal davlat» haqidagi g‘oyalarini ilgari surar ekan, undagi fozil odamlarning kasbiy axloqi to‘g‘risida juda ko‘p qimmatli fikrlar bildirgan. Masalan, uning fikricha, har bir odam o‘z ishini qilishi, boshqalarning kasbi sohasidagi ishlariga aralashmasligi zarur; ideal davlatni boshqaruvchi shaxs to‘rt fazilatga: donolik, jasurlik, me’yorni saqlab turish, odillik kabi axloqiy xislatlarga ega bo‘lishi kerak.
Aflotun o‘zining falsafiy qarashlarida estetikani go‘zallik, san’at falsafasi tarzida talqin etadi, nafosatning manbaini «g‘oyalar» tashkil etadi, uning yoritib turuvchilik kuchi go‘zallikni kashf etadi, uni faqat his-tuyg‘u bilan emas, balki aql-idrok orqali anglash mumkin, deb hisoblaydi. Platonning falsafa fani oldidagi tarixiy xizmatlari haqida I.A.Karimov:
«Faqatgina Platonning fidoyiligi va beqiyos xizmatlari evaziga bu fan (yunon falsafasi. – N.M.) yangi bosqichga ko‘tariladi. Uning qanchadan- qancha qiyinchilik, sarson-sargardonlikdan so‘ng bor mol-mulkini sarflab, Afina shahri yaqinidan maxsus yer sotib olib, olimlar to‘planib, bahs- munozara olib boradigan joy – Akademiya tashkil etishi chinakam ma’naviy jasorat namunasi edi. Platon asos solgan bu ilmiy maskan ming yil davomida nafaqat yunon, balki butun Sharqu G‘arb olamining rivojiga kuchli ta’sir o‘tkazadi, insoniyat tafakkur taraqqiyotining istiqbolini belgilab beradi. Shu bois ham Platon Sharq ilm-fanida «ustodi avval», ya’ni birinchi muallim degan sharafli nom bilan shuhrat qozonadi»1, – degan edi.


1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. –
Б.160.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling