Ichki ishlar idoralari xodimlarining
BBK 87.715+67.99(2У)116.3ya73
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO‘Z BOSHI
- I bob
BBK 87.715+67.99(2У)116.3ya73
© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014 y. © N.E.Muhammadiyev, 2014 y. Axloq – ma’naviyatning o‘zagi. Inson axloqi shunchalik salom-alik, xush muomaladangina iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va adolat tuyg‘usi, imon, halollik degani. Islom Karimov SO‘Z BOSHIO‘zbek xalqi mustaqillikka erishgach jamiyat hayotining barcha sohalarida tub burilish yasagan holda, mamlakat mustaqilligini yanada mustahkamlash va kelgusi avlodlarga sog‘-omon yetkazib berish, huquqiy demokratik davlatni barpo etish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish borasida g‘oyat ulkan vazifalarni jadal amalga oshirmoqda. Shu tariqa, hozirgi kunda mamlakatimiz hayotida yuz berayotgan barcha o‘zgarishlar, bir tomondan, insonni o‘zgartirish va rivojlantirish uchun obyektiv shart-sharoitlar vujudga keltirayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qurilayotgan odil jamiyat uchun har tomonlama va chuqur bilimga ega bo‘lgan, jismonan sog‘lom, axloqan pok, ma’naviy yetuk insonlarga katta ehtiyoj keltirib chiqarmoqda. Ana shu zaruratni to‘lig‘icha hisobga olgan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov: «Davlat qurilishi, iqtisodiy rivojlanish jarayonlari ma’naviy kamolot, yuksak axloqiylik bilan to‘la uyg‘un bo‘lmog‘i kerak. Biz o‘z siyosatimizni shunga moslab ko‘ramiz va uni izchillik bilan ro‘yobga chiqaramiz. Ishonch-e’tiqod bo‘lmagan joyda tashabbuskorlik ham, bunyodkorlik faoliyati ham bo‘lmaydi»1,– deb uqtirgan edi. Shunday ekan, ona Vatanimizning kelgusidagi taraqqiyotini vatanpar- var, imon-e’tiqodli, mehr-oqibatli, o‘z kasbini sevuvchi, yuksak madaniyat sohibi bo‘lgan kishilarsiz tasavvur etish qiyin. Buyuk kelajagimizning ana shunday bunyodkorlari va egalarini tarbiyalashdek dolzarb masalaning hal etilishi, birinchidan, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar zimmasiga huquqiy tartibni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash, xalqning huquqiy madaniyatini yuksaltirish yo‘nalishidagi ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga doir bir qator vazifalarni yuklaydi; ikkinchidan, o‘z saflarini siyosiy jihatdan yetuk, axloqan pok, kasbiga sadoqatli, ongi adolat 1 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида // Унинг ўзи. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.3. – Т.: Ўзбекистон, 1996. – Б.354. g‘oyasi bilan sug‘orilgan, qiyinchiliklardan cho‘chimaydigan kadrlar bilan muntazam ravishda to‘ldirib borishni taqozo etadi; uchinchidan, xizmat- ning og‘ir qismatlariga bardosh bera olmasdan kasbiy tanazzulga uchra- gan, ma’naviy va axloqiy jihatdan nopok xodimlardan doimiy ravishda tozalab turishni talab etadi. Huquqni muhofaza qiluvchilar faoliyatidagi bu uch jihatni uyg‘unlash- tirish vazifasining muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p jihatdan quyidagilarga bog‘liq: ijtimoiy-iqtisodiy tuzum o‘zgarishi tufayli kishilarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy faoliyati va oilaviy turmushida sodir bo‘layotgan chuqur o‘zgarishlar sababli yuzaga kelgan yangicha axloqiy munosabatlarga, aho- lining ma’naviy-axloqiy saviyasiga; jinoyatchilikning paydo bo‘layotgan yangi turlarini tezlikda pay- qash va oldini olish uchun tegishli choralarni ko‘rish asosida fuqarolarning tinch-totuv yashashlarini ta’minlash orqali jamiyatning rivojlanishiga yo‘l ochib berish vazifasi qanday hal etilayotganiga; eskining bag‘rida yetilayotgan ijobiy yangiliklarni hayotga zid- diyatlarsiz tatbiq etish borasida tashabbusni qo‘lga olib, yangicha ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishga xizmat qiluvchi mutaxassis- larning kasb axloqi va madaniyati darajasiga; el tinchligi, yurt osoyishtaligi, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga bel bog‘layotgan fidoyi yoshlarni qonunga chuqur hurmat, jinoyatchilikka cheksiz nafrat ruhida tarbiyalovchi, ularning qalbida milliy istiqlol g‘oyasini izchil shakllantiruvchi ta’lim-tarbiya tizimining amalda qanday tashkil qilinganiga; har bir shaxsning haq-huquqlarini qonunga aniq itoat etgan holda himoya qilish borasidagi xatti-harakatlar jamiyatning ma’naviy-axloqiy hayoti talablariga qanchalik mos ravishda olib borilishiga; diniy qadriyatlarni to‘g‘ri anglab, ularning umuminsoniy mohiya- tini diliga joylab, insonni oliy mavjudot deb bilgan holda hokimiyatni egallash maqsadida odamlar diliga qo‘rquv hissini solish uchun hech qanday qabihlikdan qaytmaydigan terrorchi, ekstremist, aqidaparastlarning ig‘vogarona, g‘ayriinsoniy xatti-harakatlarini to‘g‘ri anglaydigan, ularga qarshi tura oladigan oriyatli fuqarolarning axloqiy-ma’naviy va ruhiy holatiga va h.k. «Eng yomon narsa, – deb aytgan edi Islom Karimov, – bu odamning oyog‘i yerdan uzilishidir. Agarda kim qayerda tug‘ilgani, kimning farzandi ekanini, qaysi zamin, qaysi tuproqning suvini ichib, tuzini totganini esdan chiqarsa, bilingki, u o‘zini butunlay yo‘qotgan bo‘ladi. Bunday odamning kelajagi bo‘lmaydi»1. Zero, odob-axloq odamzodni kimning va qaysi elning farzandi ekanligini, kimga va nima uchun xizmat qilishi kerakligini doimiy ravishda anglatib turuvchi eng muhim tarbiyaviy omil hisoblanadi. Axloq – insoniyat kamolotining sarchashmalaridan biri. Har bir odam u orqali o‘zining jamiyatdagi o‘rnini anglaydi, hayotining mazmunini belgilab oladi. Shuning uchun ham axloq masalasi qadim-qadim zamonlardan buyon donishmandlar, jamoat va davlat arboblari, qolaversa, davlatning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Chunki axloqiy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasdan, kasb axloqi madaniyatini shakllantirmasdan turib, hech bir jamiyat ko‘zlagan maqsadlariga erisha olmaydi. Shu bois ham bu hozirgi kunda davlatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, Vazirlar Mahka- masi, Ichki ishlar vazirligi katta ishlarni amalga oshirmoqdalar. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2011 yil 4 iyulda chiqargan «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb madaniyati» nomli 96-son buyruqning e’lon qilinishi hamda shaxsiy tarkib orasida muntazam ravishda «Ma’rifat» darslarining olib borilishi bu yo‘lda olg‘a tashlangan katta qadam bo‘ldi. Ichki ishlar idoralarining barcha xodimlari adolatparvar demokratik huquqiy davlat bunyod etishga, inson manfaatlarini oliy qadriyat sifatida himoya qilishga safarbar qilingan bugungi kunda «Kasb madaniyati» ularning o‘ziga xos «Axloq kodeksi» hisoblanadi. Shubhasiz, jamiyat hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar ichki ishlar idoralarini ham isloh qilib borishni taqozo etadi. Shu bois ham, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2004 yil iyul oyida «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmon chiqardi. Ushbu farmon ichki ishlar idoralarida tub islohotlar qilish, xizmatni qayta tashkil etish, ayniqsa, ichki ishlar idoralariga axloqan pok, kasbiy burchiga sadoqatli, jasur, jinoyatchilikning har qanday ko‘rinishlaridan nafratlanadigan, jismonan sog‘lom va baquvvat, irodali, imon-insofli, halol, adolatli, o‘z kasbini puxta egallagan insonlarni qabul qilish, ularni 1 Каримов И.А. Параламент – жамият ҳаётининг кўзгуси // Унинг ўзи. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. Т.13 – Т.: Ўзбекистон, 2005. – Б.171. «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimining qasamyodi»ga sadoqat ruhida tarbiyalash vazifasini yukladi. Demak, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan ichki ishlar idoralari xodimlarini shakllantirish davr talabidir. Ana shu talab va vazifalardan kelib chiqqan holda yozilgan mazkur darslikda ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqi va nafosatining mohiyati, mazmuni, prinsiplari, normalari, kategoriyalari, жаҳон мутафаккирларининг axloq- odob haqidagi fikrlari, shuningdek ichki ishlar idoralari xodimlarning muomala madaniyati, oilaviy turmushdagi, xizmat vazifalarini bajarishdagi odobi, kasbiy buzilish va ularni bartaraf etish yo‘llari, tergov, kriminalistika, profilaktika, tezkor-qidiruv sohasi xodimlarining axloqiy va estetik madaniyatini shakllantirishga oid nazariy va amaliy masalalar atroflicha yoritilgan. Ushbu darslik Ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalarining kursantlari, tinglovchilari, professor-o‘qituvchilari hamda amaliyotchi xodimlarini axloqan pok, ma’naviy yetuk, Vatanga sadoqatli, imoni butun, halol va adolatli, yuksak kasb mahoratiga ega, vatanparvar, xalqparvar insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladi, degan umiddamiz. Darslik ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqi va estetik madaniyati sohasidagi barcha bilimlarni qamrab ololmasligi tabiiy. Shuning uchun ham uni takomillashtirish haqida bildirilgan barcha fikr va mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz hamda o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashgan kitobxonlarga minnatdorchilik bildiramiz. O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘i Sh.T. Ikramov I bobDownload 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling