Mamlakatda iqisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish yo’llari g’ulomov Elbek Ulug’bek o’g’li Toshkent shahar statistika boshqarmasi


Download 23.71 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi23.71 Kb.
#1588793
  1   2

MAMLAKATDA IQISODIY JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH YO’LLARI
G’ulomov Elbek Ulug’bek o’g’li
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
«Investitsiya va qurilish bo’limi»
Boshlig’i o’rinbosari,
elbekgulomov.1994@mail.ru


Аннотация: Ushbu maqolada mamlakatda iqisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish yo’llari yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilingan. Qolaversa, mamlakatda iqisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish yo’llari bo’yicha xulosa va takliflar berilgan.
Аннотация: В статье рассматриваются способы борьбы с экономической преступностью в стране. Также анализируются меры, принимаемые для борьбы с экономической преступностью. Также представлены выводы и рекомендации по борьбе с экономической преступностью в стране.
Annotation: This article discusses ways to combat economic crime in the country. It also analyzes the measures taken to combat economic crime. It also provides conclusions and recommendations on how to combat economic crime in the country.
Kalit so’zlar: iqtisodiy jinoyatchilik, pul mablag`larini legallashtirish, jinoiy faoliyat, terrorizm, huquqbuzarlik, yashirin iqtisodiyot, xavf-xatar.
Ключевые слова: экономическая преступность, отмывание денег, преступная деятельность, терроризм, правонарушение, теневая экономика, риск.
Keywords: economic crime, money laundering, criminal activity, terrorism, delinquency, shadow economy, risk.

Mamlakat miqyosida pul mablag`larini legallashtirish xavfi va tahlikasini milliy baholash shaklida samarali mexanizm mavjud bo'lib, natijada yuqori hokimiyat, hukumat va parlament strategik kamchiliklar to'g'risida umumiy tushunchaga ega bo'lishlari va natijada aniqlangan zaifliklarini bartaraf etish uchun siyosiy iroda ko'rsatishlari mumkin. Samarasiz kurashish jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga olib keladi. Buning uchun mamlakatda yashirin iqtisodiyot ulishini pasaytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Mamlakatda iqisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish yo’llari aniqlashdan oldin jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish tushunchasini ma’zmunini to’liq anglashimiz zarur.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, ularni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoki almashtirish yo‘li bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, xuddi shuningdek bunday pul mablag‘larining yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat bo‘lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish tushuniladi.
O'zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi Jinoiy faoilyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini takomillashtirish borasidagi sa'y-harakatlar bilan bevosita bog'liqdir. Shuning uchun ham mamlakatimizda Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi chora tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Iqtisodiy jinoyatlarning oldini olishdagi umumijtimoiy choralar sifatida quyidagilarni chora tadbirlar amalga oshirib borilmoqda:

  • iqtisodiyotda samarali boshqaruv tizimini yaratish va takomillashtirib borish;

  • sanoat va ishlab chiqarishni qayta jihozlash hamda zamonaviy texnologiya jarayonlarini joriy etish;

  • qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash jarayonida kompleks mexani- zatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan korxonalarni yaratish;

  • ishlab chiqarishni yalpi texnik jihozlashni yo‘lga qo‘yish.

Bundan tashqari mamlakatimizda iqtisodiy jinoyatlarning oldini olishdagi umumijtimoiy choralar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • iqtisodiyotda samarali boshqaruv tizimini yaratish va takomillashtirib borish;

  • sanoat va ishlab chiqarishni qayta jihozlash hamda zamonaviy texnologiya jarayonlarini joriy etish;

  • qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash jarayonida kompleks mexani- zatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan korxonalarni yaratish;

  • ishlab chiqarishni yalpi texnik jihozlashni yo‘lga qo‘yish.

So‘nggi yillarda aholining turmush sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Biznes yuritishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda va institutsiyaviy mexanizmlari takomillashtirilmoqda, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish holatlari saqlanib qolmoqda, bu esa olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bozor munosabatlarining bugungi rivoji hamda tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish zarurati iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish, “xufyona iqtisodiyot” ning shakllanish mexanizmlarini, chet el valyutasining nazoratsiz chiqib ketish kanallarini o‘z vaqtida aniqlashning shakl va usullarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni, shuningdek, importni optimallashtirish va milliy tovarlar eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni kuchaytirishni ham talab etmoqda.
Xullosa sifatida mamlakatda iqisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish yo’llari sifatida quydagi takliflarni ishlab chiqdik:

  • jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;

  • diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo'yicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish;

  • korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;

  • aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu boradagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro samarali hamkorligini tashkil etish;


Download 23.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling