Mamlakatimizda ijtimoiy sohani isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda


Download 67.98 Kb.
bet1/8
Sana02.01.2022
Hajmi67.98 Kb.
#199578
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SOTIBOLDIYEVA.docx1


Kirish.

Bugun O‘zbekiston o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lida yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda. Mamlakatimizda fuqarolarga o‘z iqtidorini ko‘rsata olish va orzularini ro‘yobga chiqarishga imkon beradigan tizim shakllandi. Amaliyotga tadbiq etilgan qonun ustuvorligi tamoyili fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish, tashabbuskorlik va tadbirkorlik xususiyatlarini jonlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar strategik ta’limotlarga to‘liq mos keladi. Ayni paytda yangi qurilayotgan ob’ektlarni loyhalash va qurilish sifatiga talablar oshib bormoqda. Turar joy va jamoat binolarini loyihalashning asosiy mezonlari mexnat unumdorligining oshishini ta’minlaydigan yuqori darajadagi komfortlilik, kapital va foydalanish harajatlarining pasayishiga va ularning arxitekturaviy - badiiy tavsiflarining yuqori darajada bo‘lishiga ko‘maklashuvchi tejamkorlik hisoblanadi.

Uylarni tanlash va qurishga qanaqa qurilish ashyolarining borligi, qurilish-texnik jihozlari va asboblarning ahvoli ham ta’sir etadi. Lekin bu narsalar o‘zgaruvchan bo‘lib, umumiy texnik-iqtisodiy o‘zgarishlarga, fan va texnikaning o‘zgarishiga ham bog‘liqdir.

SHuning uchun loyihalovchi me’morning oldiga qo‘yiladigan vazifa bu — hamma shart-sharoitlarni to‘la o‘rganib chiqib, keyin eng qulay va chiroyli turar joylarni loyihalashdan iborat bo‘lib, ayniqsa, yerning shart-sharoiti jiddiy e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan muhim omildir.

Mamlakatimizda ijtimoiy sohani isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda.

Ma’lumki, aholimizni, ayniqsa, byudjet sohasi xodimlarini, kam ta’minlangan oilalarni uy-joy muammosi ko‘pdan buyon qiynab kelardi. Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olgan holda joriy yilda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga oshirishga kirishildi. SHahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va o‘rta qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi yillarga taqqoslaydigan bo‘lsak, 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar ko‘p uy-joy qurilgan. Keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan o‘rta qavatli uy-joylar qurish boshlandi. 2017 yilning o‘zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining o‘zida joriy yilda 420 ming kvadrat metr ko‘pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘p.

Orol bo‘yida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan aniq choralar ko‘rildi. Moliya vazirligi huzurida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi va unga 200 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Ana shu mablag‘lar hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida arzon va qulay bo‘lgan uy-joylar qurilmoqda.

SHuni e’tirof etish kerakki, me’morlarimiz keyingi yillarida yaratgan qator turar joy binolari foydalanish uchun qulay, soz va ko’rkamligi, badiiy jihatdan xilma-xilligi bilan ilgarigi bir qolipda qurilgan ko’rimsizlikka va bir xil nusxalilikka chek qo’uyilmoqda. Turar joy binolari konstruksiyasini zilzilaga chidamli qilish, turar joylar atrofini bog’-rog’lar, ko’kalamzorlar, ariqlar vositasi bilan obodonlashtirish kabi bir qator muammolarini yechish me’morlarimizning zimmasidagi eng mas’uliyatli va dolzarb vazifalardan biridir.

Diplom mavzusi “Urganch shahriga mo‘ljallangan ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosini loyihalash”.Inson turmush tarzining beqiyos darajada o’sib borishi natijasida ko’p funksiyali o‘rta qavatli turar-joy binolarining yangi-yangi tiplarini yaratishni taqazo etadi.





Download 67.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling