Mamlakatimizda ijtimoiy sohani isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda


Loyiha jarayonini atroflicha yoritish


Download 67.98 Kb.
bet7/8
Sana02.01.2022
Hajmi67.98 Kb.
#199578
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SOTIBOLDIYEVA.docx1

Loyiha jarayonini atroflicha yoritish; Urganch shahriga mo‘ljallangan ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosini holat tarxida quyidagilar mavjud bo’lib, Urganch shahridagi Aisher Navoiy ko’chasida, Kirg’iz yopning janubiy qismiga mo’ljallab loyihalangan. Ushbu huddudda ko’p funksiyali o’rta qavatli turar joy binosining mavjud emasligi nomayon bo’ldi. Ushbu loyihalanayotgan ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosini loyihalash yerni iqtisod qilishda va aholini turar joy bilan ta’minlash uchun zarurat tug’diradi.

Badiiy-estetik talablar binoning arxitekturaviy kompozitsion tuzilishiga, uning atrof-muhit va tabiiy landshaft bilan uyg‘unligiga qo‘yiladigan talablar bo’lib bino kompozitsion jihatdan simmetrik qilib loyihalangan. Bino har ikkala tomonida simmetrik ko’rinishda joylashgan derazalar bilan loyihalangan bo’lib bino tashqi tomoni fasadning birinchi qavati jigar rang marmar bilan,qolgan qavatlari esa oq rangda bo’lib jigar rang gorizontal chiziqlar bilan bezatilgan. Bino asosan bir,ikki va uch xonali qilib loyihalangan. Ikki xonali xonadonga kiraverishda dahliz loyihalangan bo’lib dahlizdan umumiy xonaga, ikkinchi dahliz orqali oshxonaga, yotoqxonaga, omborxonaga, kiyimxonaga, hojatxona va vannaxonaga kirish uchun alohida eshiklari mavjud. Bir seksiyaning har bir qavatida ikki xonalidan ikkita va uch xonalidan ikkita xonadon yashashi uchun mo’ljallangan. Bitta binoda jami 76 xonadon loyihalangan bo’lib,shundan bir xonali xonadonlar 21 ta, ikki xonali xonadonlar 22 ta, uch xonali xonadonlar 33 tani tashkil qiladi. Birinchi qavatda 50 o’ringa mo’ljallangan maktabgacha ta’lim muassasasi,savdo maydoni 216 kvadrat metr bo’lgan oziq-ovqat do’koni, savdo maydoni 288 kvadrat metr bo’lgan maishiy texnikalar do’koni, savdo maydoni 216 kvadrat metr bo’lgan kiyim-ktchak do’koni va 100 o’rinli kafe-restoran loyihalangan.



Bino bosh rejasida bolalar o’yin maydonchasi, aholi dam olish joyi, xo’jalik maydonchasi, yengil avtomobillar uchun avtoturargoh, sport maydonchasi loyihalangan.Bundan tashqari hududni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlariga ham katta e’tibor berilgan.


Download 67.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling