Mamlakatimizda ijtimoiy sohani isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda


Download 67.98 Kb.
bet8/8
Sana02.01.2022
Hajmi67.98 Kb.
#199578
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SOTIBOLDIYEVA.docx1

I-qavat qaydnomаsi.

T/r.

Xonalar nomlari

Kv.m.




1.Maktabgacha ta’lim muassasasi.




1

Vestibyul

143.3

2

Yo.lak.

15.2

3

Garderob.

16.5

4

Yuvinish xonasi.

9.5

5

Bolalar yotoqxonasi.




6

Bolalar o’ynash xonasi

40.2

7

Yuvinish xonasi

9.5

8

Inventarlar xonasi.

7.2

9

Yo’lak.

7.6

10

Ishchi xodimlar xonasi.

17.5

11

Idish yuvish xonasi.

14.0

12

Hojatxona.

5.5

13

Oshxona.

40.2

14

Mudira xonasi.

24.5

15

Logoped xonasi.

22.5

16

Hamshira xonasi.

20.9

17

Psixolog xonasi.

20.9




2.Oziq-ovqat do’koni.




1

Savdo zali.

216.0

2

Omborxona.

15.0

3

Hojatxona.

1.2




3.Maishiy texnika do’koni.




1

Savdo zali.

288.0

2

Omborxona.

15.0

3

Hojatxona.

1.2




4.Kiyim-kechak do’koni.




1

Savdo zali.

216.0

2

Omborxona.

15.0

3

Hojatxona.

1.2




5.Restoran.(kafe)




1

Ovqatlanish zali.

143.0

2

Bazmlar uchun zal.

82.8

3

Ovqat tayyorlash xonasi.

36.0

4

Masalliqlar tayyorlash xonasi.

18.0

5

Hojatxona.

13.8

6

Omborxona.

18.2

7

Hojatxona.

2.4

8

Garderob.

18.6

9

Kichik zal.

78.9




Turar joy qismi.

1-xonali xonadon.






1

Umumiy xona.

29.3

2

Yuvinish xonasi.

4.0

3

Yo’lak.

12.4

4

Oshxona.

18.0

5

Hojat xona.

1.2




2-xonali xonadon.




1

Umumiy xona.

27.6

2

Yotoq xona.

22.0

3

Yuvinish xonasi.

4.2

4

Yo’lak.

12.6

5

Oshxona.

16.7

6

Hojat xona.

1.2




3-xonali xonadon.




1

Umumiy xona.

24.2

2

Yotoq xona.

19.3

3

Yuvinish xonasi.

4.2

4

Hojat xona.

1.4

5

Yo’lak.

11.5

6

Oshxona.

18.8










II-qavat qaydnomаsi.

T/r.

Xonalar nomlari

Kv.m.




1-xonali xonadon.




1

Umumiy xona.

24.8

2

Yuvinish xonasi.

4.2

3

Yo’lak.

13.8

4

Oshxona.

15.8

5

Hojat xona.

1.2




2-xonali xonadon.




1

Umumiy xona.

24.2

2

Yotoq xona.

14.3

3

Yuvinish xonasi.

4.2

4

Yo’lak.

12.1

5

Oshxona.

15.8

6

Hojatxona.

1.2




3-xonali xonadon




1

Umumiy xona.

24.4

2

Yotoq xona.

14.5

3

Yuvinish xonasi.

4.2

4

Hojat xona.

1.2

5

Yo’lak.

10.8

6

Oshxona.

16.0

Loyiha natijalarini tahlil qilish; Urganch shahriga mo‘ljallangan ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosini loyihalashda bir qator: funksional, badiiy-estetik konstruktiv, sanitar gigiena, yong‘inga qarshi, zilzilaga qarshi, iqtisodiy va boshqa talablar qo‘yiladi.

O‘rta qavatli uylar (5 qavatli bo‘lib) umumiy zinapoyadan hamma foydalanadigan liftsiz turar joydan iborat. Bu xildagi uylarni qurish aholini nisbatan zichroq joylashtirish imkoniyatiga ega. SHaharda eng asosiy narsa yer sathini iqtisod qilish masalasi bo‘lib, aholini zich joylashtirish maqsadida o‘rta qavatli uylar qurilishiga bo’lgan extiyoj kundan-kunga oshib borayapti.

Bosh rejada ajratilgan maydon mavjud bo’lib, loyihalanayotgan bino maydoni atrofi ko’kalamzor qilingan. Loyihalanayotgan ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosi maydonining atrofi Xorazm iqlim sharoitida o’sadigan mevali va manzarali daraxtlar bilan obodonlashtirilgan.

Texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar.


T/r

Maydonning funksional hududi


gektar

% da

1

Binoning qurilish osti maydoni

4,3

45,4

2

Ko’kalamzorlashtirilgan maydon

3,4

32,0

3

Avtomobillar turish joyi, yo’l va maydonlar

3,0

22,6

4

Maydonning umumiy hajmi

10,7

100

Binoning kompozitsion yechimi bino uchun ajratilgan hududga mos tushgan. Arxitekturaviy o’ziga xoslik atrofidagi binolar bilan hamohang bog’langan.

Kompozitsiya me’moriy asarlarda ishlatiladigan badiiy vositalarning o’zaro bog’likligini aniqlaydi. O’ymakorlik uchun spetsifik va asosiysi badiiy vositalarining ifodalanishi ya’ni uning formalarini fazo va tektonikasini tashkil qilishdir. (Tektonika konstruksiya va material ishlashtilishining tashqi badiiy ifodalanishidir.) Bu ikki bog’lik vosita fazo va uni tashkil qiluvchi qobig’i me’morchilik asarida ajralmasdir. Fazoni tashkil qilish o’ymakorlikda funksional texnika konstruktiv va estetik talablarga bo’ysunadi.

Bu yerda nafaqat ideal estetik ifodalanishda, balki insonning psixofiziologik his-tuyg’ulariga ham javob bo’ladi. Bu esa me’morchilikning barcha rivojlangan davrlardagi formalarining tarkib topish usullarini aniqlaydi. Bunday usullarga: simmetriya va assimmetriya, nyuans va kontrast, ritm, bo’lak, umumiylik orasidagi praporsiya hamda moslashishning ma’lum tiklanishlari misol bo’la oladi.

Loyihalanayotgan bino kompozitsiyasi o’ziga xos assimmetrik ko’rinishi hamda salovati bilan shu hududga mosdir. Bino tashqi ko’rinishi asosan atrofidagi binolarga mos holda ishlov beriladi. Suvoq qilinadi va tarz qismi maxsus bo’yoq bilan bo’yaladi.



Konstruktiv talablar. Turar-joy binolari konstruksiyasiga va qurilish materiallariga ko‘ra 2 turga bo‘linadi:

  • karkas-panelli,

  • g‘ishtli.

Karkas-panelli o‘rta qavatli blok seksiyali turar-joy binosida ko‘p qo‘llaniladi. Bunday binolarni loryihalashda erkin va o‘zgaruvchan rejalashtirish imkoniyatlari katta. Ommaviy qurilishda 3x6, 6x6 va 6x9 metrli ustunlar qadami ishlatiladi.

Yirik panelli va yirik blokli o‘rta qavatli blok seksiyali turar-joy binosi ommaviy qurilishida juda kam qo‘llaniladi.

Ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosi loyihasida g’ishtli tanlangan.

G‘isht binolar hozirgi paytda eng ko‘p tarqalgan bino turidir. G‘ishtdan qurilgan ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosi iqlim talablariga javob berishi, qurilishda unchalik murakkab texnika vositalarini talab qilmasligi bilan boshqalardan ustundir.

Ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosining qavatlar balandligi poldan polgacha 3 metrga teng. Tashqi yuk ko‘taruvchi g‘isht devor qalinligi - 38 sm, ichki yuk ko‘taruvchi devor qalinligi - 38 sm, oraliq devorlar qalinligi - 14 sm ni tashkil etadi. Tashqi konstruksiyalarning qanchalik issiqlik o‘tkazishini bilish uchun, u albatta hisob-kitob qilinib ularning kerakli qalinliklari topiladi. SHu maqsadda issiqlikni kam o‘tkazadigan materiallar va derazalar sathi kichraytirilib olinadi.

Salqin havo hosil qilish ayniqsa (quyoshga noto‘g‘ri qaratilgan uylar uchun) quyoshga qarshi qurilmalar ishlatiladi: gorizontal qurilmalar janubga qaratilgan uylar uchun, vertikal qurilmalar sharq va g‘arb tomonga qaratilgan uylar uchun hamda har xil boshqa aralash qurilmalar (markizlar, shtorlar, jalyuzlar, va undan tashqari o‘simliklar,) daraxtlar va yopilib o‘sadigan o‘tlar ishlatiladi. Quyoshga qarshi qurilmalar nafaqat havoni salqinlashtiribgina qolmay uyning chiroyli ko‘rinishiga ham yordam beradi. Ular uylarning tarzini (fasadini) boyitishga va shinam bo‘lishiga katta yordam beradi. YUqorida aytib o‘tilgan qurilmalar O‘zbekiston sharoitida salqin yaratadigan tabiiy jihozlar hisoblanaladi. SHular bilan bir qatorda sun’iy jihozlar sovutgichlar (konditsionerlar) ham havoni salqinlatishga xizmat qiladi. Lekin ularni ishlatish faqat tabiiy havoni salqinlatish usullariga yordamchi bo‘lib xizmat qiladi. SHuning uchun O‘zbekiston sharoitida sun’iy usullar ishlatiladimi yoki yo‘qmi uylarni loyihalashda asosan tabiiy salqinlatish usullari, qonun qoidalari qo‘llanilishi shart.



Sanitariya-gigiena talablari.

Uylarni quyoshga nisbatan to‘g‘ri qaratish (ya’ni orientatsiya) ma’nosi shundaki, qish paytida xonadonlar quyosh nuridan ko‘proq foydalanish, yoz paytida esa xonalarga kamroq quyosh nuri tushishini ta’minlashi zarur. Bunga erishish uchun quyosh tikkadan o‘tganligi sababli quyoshga qarshi kichkinagina qurilma, ya’ni (kozirek) derazalarni issiq quyosh nuridan saqlaydi. Qishda esa quyosh pastlab nur sochganligi sababli quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri janubga qaratilgan derazaga tushadi va xona “insolyasiya” bo‘ladi. Insolyasiya ya’ni quyoshni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishi faqat turar uy joylardagi xonalarga zarur, lekin u yordamchi xonalarga: oshxona, dahliz, hojatxonalarga kerak emas, aksincha ular bu xonalarda noqulayliklar tug‘dirishi mumkin. Demak xonadonlarni ikki tarafga qaratish kerak: asosiy xonalar janub tomonga joylashtirilsa, yordamchi xonalar shimol tomonga joylashtirilishi kerak.

Janubiy sharqiy taraf va shimoliy g‘arbiy tarafga qaratish, ya’ni xonalarni ikki tarafga joylashtirish mumkin bo‘lganligi sababli qurilishda bunday taraflarga qaratishga va loyihalashga ruxsat beriladi.

Eng yomon orentatsiya, - bu g‘arb va sharq taraflari bo‘lib, bunday uyning bir tomoni peshindan keyin qiziydi. Xonada salqin havo hosil qilish uchun uyni shamollatish, elvizak katta ahamiyatga ega.

Yelvizak (skvoznyak) hosil qilish yo‘li bilan kunduzgi issiq havoni kechki salqin havo bilan almashtirish mumkin. Bunga sabab O‘zbekistonning kecha-kunduz davomida tez-tez o‘zgarib turuvchi iqlim sharoitidir. Buning uchun kunduz kuni xonalardagi derazalarni yopiq holda va aksincha kecha - kunduz tashqaridagi havodan salqinlashganda derazalarni ochish yo‘li bilan xonaning havosi salqinlatib turiladi.

Ammo xonani tez salqinlatish uchun uni shamollatish zarur. Bu hol hosil qilinadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri burchakli elvizak hisobiga tashkil qilinadi. Bu esa uy tarxini to‘g‘ri tashkil qilish, ya’ni uni ikki tarafga qaratish hisobiga tashkil etiladi. O‘zbekiston sharoitida xonadonni bir tomonga qaratish elvizak usulini hosil qilishga yordam berolmaydi va xonadonning isib ketishga sabab bo‘ladi. Bunday tarxli turar uy-joylar O‘zbekiston iqlimi sharoitida qoniqarsiz deb hisoblanadi. YOz paytlaridagi issiq havo va nisbatan yumshoq, qisqa davrli qish xonadonlarni issiq havodan saqlashni taqozo etadi. Bu esa uylarni quyoshga nisbatan to‘g‘ri qaratish (orientatsiya) qilish, yaxshi shamollatish, konstruksiyalar xususiyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, quyoshga qarshi qurilmalardan foydalanish orqali erishiladi.

Ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosini g‘arb va sharq tomonlarga fakat yotokxonalar joylashgan. Binoga asosiy kirish ksmi janub tomondan amalga oshirilgan.

Yong‘inga qarshi talablar. Yong‘inga qarshi talablarga amal qilinishi va evakuatsiya talablarining bajarilishi ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosini loyihalashda asosiy vazifalardan biridir. Yong‘inga qarshi tadbirlar ham konstruktiv, ham rejalashtirish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Bu tadbirlar binoning yong‘inga chidamlilik darajasiga qarab belgilanadi.

Barcha gorizontal va vertikal kommunikatsiyalar tizimi evakuatsiya yo‘llari sxemasini tashkil etadi. Binodan chiqish vaqti oddiy holatlarda 10-15 minutni, favqulodda holatlarda 2-3 minutni tashkil etishi lozim.

Ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosini loyihalashda yong’inga qarshi talablarga qat’iy rioya qilingan.

Binodan evakuatsion chiqish yo‘llari bitta bo’lib barcha talablarga to’la javob beradi.. Zinapoyaga chiqish vestibyuldan amalga oshiriladi. Zinapoya qiyaligi 450 dan katta bo’magan holda loyixhalangan.

Zinapoya kataklari yopiq turda va tabiiy yortilgan. Yong’inga chidamliligi II darajali bo’lgan binolarda zinapoya katagining tepadan yoritilishiga ruxsat etiladi. Sovuq bo’lgan shimoliy regionlarda yopiq, tabiiy yorug’liksiz zinapoya (agar ventilyasiya bilan ta’minlangan bo’lsagina), yumshoq iqlimli regionlarda ochiq zinapoyalar qo’llanilishi mumkin. Barcha hollarda zinapoyalar 1,35 metr balandlikdagi to’siqlar bilan ta’minlangan.

Ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosini loyihalashda bir qator iqtisodiy talablarni e’tiborga olish zarur. Loyihalashda iloji boricha tayyor, yig’ma konstruktiv elementlardan foydalanilgan. Loyiha qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) asosida bajarilgan.

Evakuatsion chiqish yo‘llari odamlar soni va oqimini hisobga olgan holda bino bo‘ylab teng taqsimlanadi. Xonalar eshigi vestibyuldan ichkariga tomon ochiladi.

Zilzilaga qarshi tadbirlar ko‘proq binoning konstruktiv xususiyatlari bilan bog‘liq. Binoning konstruktiv yechimlari, devorlar, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar turlari va o‘lchamlari, poydevorlar bino quriladigan joyning seysmik xususiyatlariga qarab belgilangan. Ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosining rejaviy tuzilishida zilzilaga qarshi tadbirlar qo’llanilgan bo’lib bino bir biriga qarata loyihalangan.

Bino tarzi zamonaviy va milliy arxitekturaviy uslubda loyihalangan Asosiy kirish qismi simmetrik ko’rinishga ega.



Xulosa.

Inson faoliyatining qadimiy va nafis sohalaridan biri arxitekturadir. Arxitektura bizga ma’lum «qurilishning yuqori bosqichi », oliysi demakdir. Arxitektura – inson faoliyati, maishati, umuman hayoti uchun fazoviy muhit yaratish san’atidir.

Bu yerda fazoviy- yer satxi ustidagi binolar nazarda tutiladi. Bunday fazoviy muhit yopiq yoki ochiq bo’lishi mumkin. U chegaralovchi, belgilovchi (devor, to’sik, panjara, dov-daraxt, tosh kabi) tuzilishlar yordamida tashkil etiladi.

Arxitekturaning bir biri bilan chambarchas bog’langan uch qismi mavjud. Bular: konstruksiyasi, funksiyasi, va estetikasidir. Arxitektura asariga quyidagi talablar qo’yiladi:

-Birinchidan arxitektura asari inson foydalanishiga qulay bo’lsin, qanday maqsadda qurilgan bo’lsa shu maqsadni to’la ado etsin:

-Ikkinchidan – asar o’z-o’zini ko’tara oladigan, tashqi ta’sirlarga chidash beraoladigan bo’lsin:

-Uchinchidan asar ko’rinishi ta’sirli, insonni to’lqinlantiradigan bo’lishi kerak.

Loyihalanayotgan diplom ishi mavzusi ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosini loyihasida yuqorida qayd qilingan talablar bo’lib bu talablar, arxitekturaviy, kompozitsion, tipologik yechimlar va bir qancha bosqichlar asosida loyihalangan.

Urganch shahrida Ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosini loyihalansa kelajakda aholini turar rjoy binolari bilan ta’minlash borasidagi olib borilayotgan sayi harakatlarimiz samarasi to’laqonli ravishda bajarilgan bo’ladi.

Me’morlarimiz keyingi yillarida yaratgan qator turar joy binolari foydalanish uchun qulay, soz va ko’rkamligi, badiiy jihatdan xilma-xilligi bilan ilgarigi bir qolipda qurilgan ko’rimsizlikka va bir xil nusxadalikka chek qo’yib yashash sharioitini o’zbekona milliy urf odatlarimiz mehmon kutish yozda xizmat qiladigan hajmi katta ayvonlarni loyihalash kabi bir qator muammolarini yechish me’morlarimizning zimmasidagi eng mas’uliyatli va dolzarb vazifalardan biridir.



Olingan 4,5 yillik taxsilimiz samarasi shuni ko’rsatadiki ushbu loyiha qurilish me’yorlari asosida yaratilgan bo’lib qurilishga tadbiq qilinishida o’z ifodasini topadi.

Adabiyotlar

  1. Ubaydullaev X.M., Inog’amova M. Turar joy va jamoat binolarini loyihalashning tipologik asoslari . Toshkent 2009 y.

  2. Babievskiy K.V. «Tipologiya zdaniy» Tashkent -1986 g.

  3. Tolipov K., Inog’amov B.I., Setmamatov M.B. «Arxitektura kompozitsiya nazariyasi » Toshkent 2002 y.

  4. O'zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektira va Qurilish qo'mitasi SHNQ 2.08.0105. "Turar joy binolari" Toshkent-2006y

  5. Zmeul S.G, Maxanko B.A. «Arxitekturnoe tipologiya zdaniy i soorujeniy» Moskva -2001 g.

  6. Ubaydullaev X.M, Abduraxmonov Yu.I. Setmamatov M.B. «Jamoat binolari tipologiyasi» 1-2 qism. (o`quv qo`llanma-) Toshkent -2000 y.

  7. QMQ 2.08.02 -96 “Jamoat binolari va inshootlar” Toshkent -1996 y.

  8. ShNQ 2 08.02.07. “Obhestvennie zdaniya i soorujeniya ” Toshkent -2006 y.

  9. Mandrikov A.P. Primero’ rascheta jelezobetonnix konstruktsiy.M. Stroyizdat 1989 g.

  10. QMQ 2.03.01-96 Beton va temir beton konstruktsiyalari. O’zRDAKK. Toshkent 1998 y.

  11. QMQ 2.08.02-96 " Obshestvenniye zdaniya i soorujeniya"

  12. QMQ 2.03.01-97. " Beton va temirbeton konstruksiyalari"

  13. QMQ 2.01.03-96 " Seysmik hududlarda loyihalash

  14. QMQ 2.01.07.97 " Yuklar va ta`sirlar" T:, 1997-yil

  15. Badin G.M. Mehanikov A.V. "Texnologiya stroitelnogo proizvodstva" Leningrad, SI, 1997 g. 606 str.

  16. SNiP 3-4-80 texnika bezopasnosti v stroitelstve

  17. Ihenko I.I. G’isht-tosh ishlari Toshkent, O’qituvchi, 1990 yil

  18. Neyalov V.A. "Qurilish montaj ishlari" T. O’qituvchi 1989yil.

  19. Kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash chora-tadbirlari to’g’risida». O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori, 24.10.2003 y. № 463

  20. «Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish xududiy konsalting markazi to’grisida NA’MUNAVIY NIZOM». Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 2 - dekabrdagi 538-son qaroriga 6b-ilova

  21. Maxmudov E.X. Korxona iqtisodiyoti: O’quv.qo’ll. –T.: Uzbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgarmasi nashriyoti, 2004.

  22. O’zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharx №8, Samarali iqtisodiy siyosat markazi, Iktisodiy isloxotlar loyixasi USAID , T. mart 2005.

  23. «O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 2013 yil yakunlari tog’risida» Xalq so’zi, 6 - yanvar, № 7.

  24. M.Otaxonov"Qurilishda mexnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi" Toshkent-1991 у

  25. Q.M.Q 3.01.02-00 "Qurilishda xavfsizlik texnikasi"

  26. SHNQ 2.01.02-04 "Yong'in xavfsizligi"

  27. QMQ 2.07.02-96 "Insonlarning hayoti va faoliyati"

  28. "Mehnat muhofazasi" O'zbekiston respublikasi qonunidan

  29. A.A.Ashrabov, " Qurilish konstruksiyalari" Toshkent O`qituvchi -1988

  30. Azimov X.A."Qurilishda mexnat xavfsizligi" Toshkent-2003y

  31. AzimovX.A."Yong'in xavfsizligi" Toshkent-2007y

  32. Atoyev S.S. Lutskiy S.Ya. Texnologiya mexanizatsiya i avtomatizatsiya stroitelnogo proizvodstva. M.SI. 1984g.

  33. Abdullaev T.Sh. "Qurilish ishlari" T. O’qituvchi 1984 yil

  34. B.Asqarov " Qurilish konstruksiyalari" Toshkent -1995

Download 67.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling