Toshkent arxitektura-qurilish universitet rektori E. Kahyaga Akademik faoliyati prorektori V b. E. Xaltursunovdan bildirgi


Download 60.5 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi60.5 Kb.
#1761895
Bog'liq
БИЛДИРГИ 28.08.2023 йил (2) (2)


Toshkent arxitektura-qurilish universitet rektori E.Kahyaga
Akademik faoliyati prorektori v.b. E.Xaltursunovdan
BILDIRGI

Universitetning O‘quv ishlari dekanatidagi Akademik departamenti o‘z faoliyatidan tashqari ishlari ko‘lami oshganligi, jumladan:


O‘quv jarayonida professor-o‘qituvchilar dars berish sifatini taxlil etishni tashkil etish; kafedralarning o‘quv–uslubiy hujjatlarining talab darajasida yuritilishini ta’minlash;
Professor-o‘qituvchilar va talabalarning universitet miqyosidagi tanlovlarini tashkil etish; ishchi guruhlarida faoliyat ko‘rsatish;
Universitetda ta’limning kredit tizimini boshqarish va raqamlashtirishda boshqa OTMlar bilan hamkorlikda ishlashlarini hamda o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish;
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining malaka talablari, o‘quv rejalar, fan dasturlari, dars jadvallari, ishchi o‘quv rejalari, magistratura mutaxasisliklarining vedomostlari va ularga tegishli bo‘lgan barcha ish ko‘lamlari hamda bitruvchilarga diplom berish;
Bitirib ketgan talabalarga arxivdan ma’lumot olib, ma’lumotnomalar tayyorlab berish, diplom.edu.uz saytidagi ma’lumotlarni tasdiqlab borish va Devonxonadan keladigan talabalarni kursdan kursga o’tish to’g’risidagi buyruqlari asosida har bir talabalar o’quv varaqalariga qayd etib yozish;
Arxiv bo’limiga keladigan talabalarga xujjatlaridan nusxalar va javob xati tayyorlash, Microsoft Access pragrammasi orqali barcha talaba bo’limiga keladigan buyruqlarni rasmiylashtirish;
Talabalarning o’quv varaqalari va kichik kartalariga qabul buyruqlari kursdan kursga o’tish to’g’risidagi buyruqlari chetlashgan va bitirib chetlashtirilgan talabalarning buyruqlarini qayd etib nazorat qilib turish;
Akademik litsey va texnikumlar bilan universitetning professor-o‘qituvchilarini professional ta’lim muassasalarida bilim darajasini oshirishda keng jalb etish, moddiy va axborot resurslardan keng foydalanishni ta’minlash, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ta’lim sifatini tubdan yaxshilashni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, elektron ta’lim resurslarini va multimedia o‘qitish tizimlarini keng joriy etishini nazarda tutuvchi ta’lim muhitini yaratishda faollik ko‘rsatmoqdalar.
Shu bilan birga davlat ta’lim standartlari o‘quv rejalari va fan dasturlari yangilanayotganda ushbu me’yoriy hujjatlar loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishlashda faolliklarini inobatga olgan holda, Akademik departamentning quyidagi xodimlarining oylik maoshlariga ustama haq tayinlashga ruxsat berishingizni so‘rayman:




Alieva Zilola Mamatvalievna



Bosh mutaxassis (Akademik litsey va texnikumlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis)


Turanov Abulbakir Kulaxmadovich



Yetakchi mutaxassis (Ta’limning kredit tizimini boshqarish va raqamlashtirish ishlari)

3.

Xudoynazarova Qunduz Djumanazarovna



Uslubchi (Ta’limning o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan ishlash)

4.

Pirmatov Feruzbek Xayrulla o‘g‘li



Dispetcher (Talabalar registratsiyasi va ma’lumotlar bazasi bilan ishlash)

5.

Meylieva Miskolpari Quldosh qizi



Dispetcher (Talabalar registratsiyasi va ma’lumotlar bazasi bilan ishlash)

6.

Jaxbarova Osuda Axror qizi



Arxivarius

7.

Islomova Dilfuza Yakubdjanovna



Inspektor (Diplom va transkript ishlari)

8.

Iskandarova Oyatxon



Inspektor (Akademik mobillikni muvofiqlashtirish)

Akademik faoliyati prorektori v.b. E.Xaltursunov
Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling