Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb etikasi va estetik


Download 0.5 Mb.
bet14/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb etikasi va estetik madaniyati fanining ta’rifi va vazifalari. Ichki ishlar idoralari faoliyatidagi axloqiylik va estetikaviylikning o‘zaro birligidan kelib chiqqan holda, o‘rganayotgan fanimizga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb etikasi va estetik madaniyati
umuminsoniy axloq qonunlari, prinsiplari va normalarini, shuningdek
estetik qadriyatlarni xodimlarning jinoyatchilikning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda xizmatdan tashqari vaqtlardagi faoliyatlarida qo‘llash va ularga axloqiy tarbiya berish, estetik madaniyatini shakllantirishning qonuniyatlari, usul- lari, yo‘llarini o‘rganadigan va o‘rgatadigan nazariy-falsafiy, amaliy- huquqiy fan.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb etikasi va estetik madaniyati fani quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. bilish, ya’ni odamlardagi yaxshi va yomon, axloqiy go‘zal yoki xunuk xislatlarni anglab olish asosida voqelik to‘g‘risida muayyan bilimlarni hosil qilish;

  2. baholash, ya’ni har bir odamning, jamiyatning talab-ehtiyojlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda qadriyatlarni baholay olish va shu asosda yangi qadriyatlar tizimining kelgusidagi istiqbollarini belgilab berish;

  3. boshqarish, tartibga solish, ya’ni odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni jamiyat tomonidan o‘rnatilgan axloqiy va estetik normalar asosida tartibga solish, boshqarish;

  4. tarbiyalash, ya’ni xodimlarni axloq va nafosat qonunlari asosida ona Vatanga, kasbiy burchiga, estetik orzu-umidlariga sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning axloqiy va estetik madaniyatini shakllantirish ishlarini tashkil qilish.

Umuman olganda, hozirgi kunda axloq-odob, nafosat, ma’naviyat sohasidagi asosiy vazifa, I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, hayotining ma’nosi qobil farzandlarni o‘stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko‘rish, ota- onasiga, vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iboratdir»1.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling