Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet8/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Axloqiy amaliyot. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqi asoslaridan birini xodimlarning axloqiy amaliyoti tashkil etadi. Ma’lumki, har bir faoliyatda aniq bir maqsadni ko‘zlab, tegishli vosita va usullar orqali harakat qilinadi hamda ma’lum natijalarga erishiladi. Demak, maqsad, vosita va natijalar inson faoliyatining, jumladan axloqiy amaliyotining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Har bir amaliy faoliyat biron-bir m a q s a d g a xizmat qiladi, yaxshilik yoki yomonlik, adolat yoki razolat, samimiyat yoki g‘arazgo‘ylik kabi axloqiy bahoga ega bo‘ladi. Bu esa har qanday maqsadning axloqiy mazmunga egaligidan darak beradi. Maqsadsiz faoliyat bo‘lmaganidek, axloqiy mazmunsiz maqsad ham bo‘lmaydi.
Yaxshi yoki yomon, adolatli yoki razolatli, samimiy yoki g‘arazli maqsadlar ma’lum v o s i t a l a r orqali amalga oshiriladi. Ularni, axloqiy mazmuniga ko‘ra, qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yoki mumkin bo‘lmagan vositalarga ajratish mumkin. Masalan, tergovchi jinoyatni ochib, adolatni qaror toptirish maqsadida, bir tomondan, qo‘llanishi mumkin bo‘lgan, insoniylikka mos keluvchi ishonch, o‘zaro hurmat, xushmuomalalik, samimiyat kabi vositalardan; boshqa tomondan, aksincha, qo‘llanishi mumkin bo‘lmagan g‘ayrinsoniy, g‘ayriaxloqiy vositalardan, ya’ni qo‘rqitish, ruhiy tazyiq o‘tkazish, ta’qib qilish, haqoratlash, urish kabilardan ham foydalanishi mumkin. Bu hol maqsadni amalga oshirishda qo‘llaniladigan hech bir vosita axloqiy mazmunsiz bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
Maqsadlar vositalar orqali amalga oshirilar ekan, muayan n a t i - j a l a r ham beradi. Olingan natijalarning axloqiy mazmuniga kishilar orzu-umidlarining ro‘yobga chiqishida yordam beruvchi yaxshi yoki yomon, qulay yoki noqulay oqibatlarni keltirib chiqarish xosdir.
Mana shu uch tomonning o‘zaro birligi axloqiy amaliyotning mazmunini tashkil qiladi. Shuning uchun axloqiy amaliyot ba’zan amalda namoyon bo‘ladigan yoki amaliy axloq deb ham ataladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling