Karantin taʼtil emas! Bu oʻzingiz va yaqinlaringiz, bemor va keksa ota-onalarimiz hayoti va salomatligini asrab qolish uchun koʻmak va masʼuliyatni zimmaga olishdir


Download 12.95 Kb.
Sana07.12.2021
Hajmi12.95 Kb.
#179139
Bog'liq
Karantin


- Karantin – taʼtil emas! Bu oʻzingiz va yaqinlaringiz, bemor va keksa ota-onalarimiz hayoti va salomatligini asrab qolish uchun koʻmak va masʼuliyatni zimmaga olishdir. Bizning oilalar ota-bobolarimizdan meros boʻlib kelgan yuksak maʼnaviyat, sabr-qanoat, vafo-sadoqat, sabr-shukur kabi ijobiy sifatlar bilan birga oʻzaro hurmat, samimiyat, kattalarni eʼzozlash, bir oila boʻlib ahil-inoq yashashdan tarkib topgan.

Karantin tufayli koʻpgina oilalar, ayniqsa jamiyatda faol, doim turli yumushlar bilan band boʻlgan er-xotinlar va farzandlar maʼlum fursatga boʻlsa ham birlashdilar. Bunday holat hech qachon boʻlmagan. Shuning uchun tanganing ikki tomonini ham koʻrishimiz kerak boʻladi. Bir tomondan, oilaviy munosabatlar yana-da yaxshilandi, oilada yechim kutayotgan muammolar bartaraf etildi, farzandlar bilan tarbiyaviy aloqalar oʻrnatildi, ular tarbiyasiga eʼtibor kuchaydi, doimiy taʼkidlab kelinadigan muammolardan biri – ota-ona va farzand oʻrtasidagi muloqot yana-da yaxshilandi. Chunki ota-onalarning doimiy bandligi natijasida oxirgi paytlarda farzandlar bilan muloqotga ham vaqt ajratilmayotgan va farzandlar ruhiyatida ota-onaga nisbatan ruhiy norozilik paydo boʻlib, munosabatlar biroz salbiy tomonga oʻzgargan edi.



Bolalar ham oiladagi kun tartibi, muloqot madaniyatiga rioya qilishga odatlanishi kerak. Nafaqat darslarini birga tayyorlang, balki rivojlantiruvchi mashqlarni ham bajarishga harakat qiling. Birgalikda taom va shirinlik tayyorlang, Bolalar vaqt “yelday” oʻtib ketayotganini his qilishmaydi. Shuning uchun ularga alohida kalendar chizib, har bir oʻtayotgan kunini belgilab bering. Bunday paytda bolalar ota-onasidan koʻp eʼtibor talab qiladi. Oʻzi uchun nima qiziqarli boʻlsa shu savol bilan qayta-qayta murojaat qiladi. Shunday paytlarda unga baqirmaslikka harakat qiling va uni jazolamang, yaxshi kayfiyatda kulib, muloqot qiling va ijobiy pozitsiyani ushlashga odatlaning.
Download 12.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling