Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
San’atda «badiiy obraz» tushunchasi va uning ahamiyati. Ma’lumki, san’at boshqa ijtimoiy ong shakllaridan (axloq, siyosat, huquq, din, fan va boshqalardan) voqelikni badiiy obraz orqali aks ettirishi bilan ajralib turadi. San’atga asosan ikki holat, birinchidan, voqelikni estetika qonunlari asosida idrok etish; ikkinchidan, odamlarning o‘z fikr- mulohazalari, ichki hissiyotlari va tuyg‘ularini bir-birlariga so‘z, ohang, tovush, imo-ishora kabilar orqali yetkazish xosdir. Har ikki holatning ham boshlang‘ich nuqtasida voqelikni bilish qonuniyatining san’atda obrazli tarzda ijodiy aks ettirishda namoyon bo‘lishini ko‘ramiz.
Xo‘sh, badiiy obraz deb nimaga aytiladi? Badiiy obraz deb san’atkor tomonidan voqelikni so‘zlar, tovushlar, ohanglar, imo-ishoralar, ranglar, tasvirlarda moddiy, hissiy, ma’naviy ifodalash shakllariga aytiladi. Bunday ifodalash shakllari jumlasiga qiyoslash, personaj2, badiiy asar kabilar kiradi. Qiyoslash, o‘xshatish deganda odatda, san’atkorning voqelikdagi biron-bir narsa, hodisani badiiy jihatdan ikkinchi bir narsa, hodisaga o‘xshatgan, qiyoslagan holda tasvirlash usuli tushuniladi. Masalan, Vatan 1 Fatton – maftunkor, sehrlovchi 2 Personaj – latincha “persona” so‘zidan olingan bo‘lib, shaxs degan ma’noni anglatadi. – bu oltin beshik, Vatan – bu ona deganda Vatan onaga, oltin beshikka qiyoslanadi, o‘xshatiladi. Personaj – badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lib, san’atkor u orqali o‘zining voqelikka bo‘lgan munosabatini bildiradi. Masalan, shoir Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari personajlarini asosan qushlar – Yapaloqqush, Boyo‘g‘li, Qo‘rqush, Hudhud, Sho‘ranul, Malik Shohin va Kordonlarning kinoyaviy-allegorik obrazlari tashkil etadi. Badiiy asar – ijodkorning voqelikda sodir bo‘lgan yoki bo‘ladigan narsa va hodisalarga nisbatan bildirilgan his-tuyg‘usi, fikrini ifodalovchi san’at turi. Masalan, Alisher Navoiyning sof sevgi kuch-qudratini madh etuvchi «Farhod va Shirin» dostoni shunday asarlar jumlasiga kiradi. Obyektiv olamdagi narsa va hodisalarni badiiy qiyofa orqali aks ettirish o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan in’ikosning boshqa turlaridan ajralib turadi: badiiy qiyofada voqelik umumiy tarzda emas, balki alohida-alohida aks ettiriladi. Ya’ni umumiylikdan xususiylikka va undan alohidalikka qarab borish badiiy qiyofada ijodiy in’ikos qilishning asosiy xususiyati hisoblanadi; badiiy qiyofa orqali aks ettirishda tafakkur va his-tuyg‘ular uzviy birlikda ifodalanadi; san’atkor badiiy qiyofada aks ettirish orqali badiiy haqiqatni yaratadi. Masalan, Alisher Navoiyning musavvir L. K. Kaydalov ishlagan surati badiiy haqiqat jumlasiga kiradi. Chunki, tomoshabin unga qarab haqiqatan ham tarixda aynan shunday odam – shoir yashaganligiga to‘la ishonch hosil qiladi. San’atda badiiy qiyofa quyidagi ahamiyatga ega bo‘ladi: birinchidan, turfa xil olamni rang-baranglikda aks ettirish; ikkinchidan, aks ettirilgan olam to‘g‘risidagi fikr va his-tuyg‘ularni o‘zgalarga yetkazish, o‘zligini ifoda etish; uchinchidan, yosh avlodni go‘zallik qonunlari asosida tarbiyalash. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling