Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet144/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Ma’ruza va uni o‘qish metodikasi. Ma’ruza o‘qish – ma’rifat darslarini o‘tkazishning ko‘p qo‘llaniladigan, an’anaviy shakllaridan biri bo‘lib, unda tanlangan mavzu yoki biron muammoli masala og‘zaki ravishda, ommaviy yoki ilmiy tilda bayon etiladi. Shunga ko‘ra, ma’ruzalar ommaviy va ilmiy turlarga ajratiladi. Ma’rifat darslarida odatda

  • ommaviy, ta’lim muassasalaridagi darslarda esa ilmiy ma’ruzalar o‘qiladi.

Ma’ruza o‘qish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni g‘oyaviy- mafkuraviy faoliyat vositasi, materialni ommaviy tarzda bayon qilish turi, ilmiy-nazariy ahamiyatga molik yangilik va kashfiyotlarni bayon etuvchi qomusiy asar, notiqlik san’atining namunasi, hissiy va ilmiy-aqliy salohiyatning ko‘rinishi sifatida talqin etish mumkin.
Ma’rifat darslarida o‘qiladigan ma’ruzalarga qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

    • masalaning mohiyatini, ahamiyatini ilmiy-ommabop tarzda bayon etish;

    • hukumat qarorlari va Vazirlik buyruqlarini uning mazmuniga zid holda talqin etishga yo‘l qo‘ymaslik;

    • masalaga o‘zbek milliy mafkurasi nuqtai nazaridan yondashish;

    • hayotiy haqiqatdan kelib chiqqan holda ma’naviy izchillikni ta’minlash va h.k.

Har qanday ma’ruza uni tayyorlashdan boshlanadi.
Ma’ruzaga tayyorgarlik ko‘rish asosan uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda ma’ruza mavzui tanlanadi. Bunda mamlakat hayotida yuz berayotgan siyosiy voqealar, shaxsiy tarkibning ma’naviy, axloqiy, ruhiy ahvoli, ehtiyoji, operativ vaziyat hamda rahbarlarning ko‘rsatmalari inobatga olinadi.
Ikkinchi bosqichda bevosita ma’ruza tayyorlanadi. Bunda mavzuga doir materiallar – kitoblar, risolalar, maqolalar, gazeta va jurnallar, buyruqlar, yo‘riqnomalar, qonunlarga sharhlar, ma’lumotnomalar, hisobotlar, sotsiologik tadqiqotlar natijalari, aforizmlar, maqollar, matallar, topishmoqlar va boshqalar to‘planadi hamda mazmuniga ko‘ra tartibga solinadi. So‘ngra ma’ruza matnini tayyorlashga kirishiladi. U, odatdagidek, kirish, asosiy qism va xulosalardan iborat rejani tuzishdan boshlanadi.
Tayyorlangan ma’ruza matni mukammal reja, asosiy qoidalar, tezislar, konspekt va to‘liq matn shakllarida bo‘lishi mumkin.
Uchinchi bosqichda tayyorlangan ma’ruza qayta-qayta o‘qib chiqiladi, kamchiliklari tuzatiladi, ovoz chiqarib o‘qish orqali mashq qilinadi. Bu esa ma’ruzachining o‘ziga ishonchini oshiradi, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash imkonini beradi.
Notiq ma’ruza o‘qish jarayonida ham muallif, ham rejissor, ham ijro etuvchi aktyor sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’ruza odamlarning ko‘z o‘ngida o‘qiladi. Shu bois ma’ruzachi albatta o‘z tovushining ohanglariga, nutqining izchilligiga, obrazliligiga, auditoriya bilan bog‘lanish darajalariga alohida e’tibor berishi lozim.
Yaxshi o‘qilgan ma’ruza odamlarga zavq-shavq bag‘ishlaydi. Ma’ruza o‘qishda quyidagi metodik tavsiyalarga amal qilmoq kerak:

    • ma’ruza sodda, hamma uchun tushunarli tilda o‘qilishi kerak, har bir nazariy fikr va qoida asoslanmog‘i, ishonchli dalillar bilan isbotlanmog‘i kerak;

    • tinglovchilar uchun notanish terminlar, xorijiy so‘zlarni ishlatishga berilib ketib, shu asosda o‘zini bilimdon qilib ko‘rsatishga urinmaslik kerak;

    • nutq faktlarga asoslangan bo‘lishi, ayni vaqtda har xil badiiy o‘xshatishlar, maqollar, aforizmlarga boy bo‘lishi lozim;

    • ma’ruza vaqtida tinglovchilarni turg‘izib koyish, ularga tanbeh berish, har xil kesatiqlar qilish mumkin emas;

    • ko‘rgazmali qurollar, texnika imkoniyatlaridan unumli foydalangan ma’qul;

    • ma’ruzada tinglovchilarning kasb-kori, qiziqishlari, bilimdonlik darajasi, ruhiyatini hisobga olish zarur.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling