Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet85/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING NUTQ MADANIYATI

Barcha xalqlar, millatlar o‘z tili va nutq madaniyatiga egadirlar. Til – fikrni ifodalash usuli, muomala vositasi. Til va nutq – bir jarayonning ikki tomoni. Til fikrni ifodalaydi, nutq uni yuzaga chiqaradi. Fikrni so‘zlar orqali boshqalarga bildirish usuli kishilarning nutq madaniyati yoki so‘zlashish uslubi deb ataladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining nutq madaniyati deb ularning o‘z fikrlarini bir-birlariga, fuqarolarga, aholiga til vositasida to‘g‘ri, aniq va ta’sirchan qilib yetkaza olishlariga aytiladi. Hozirgi kunda ichki ishlar idoralari xodimi chiroyli nutq madaniyatiga ega bo‘lishi uchun davlat tilini, o‘zining ona tilini, biron-bir jahon e’tirof etgan tilni ham bilishlari kerak. Bu avvalo o‘zbek tilining sir-asrorlarini bilishdan boshlanadi. Chunki, o‘zbek tili ona tilimiz, ona suti, ona allasi bilan tanimizga kirib keladigan, jon bilan chiqib ketadigan tilimizdir. O‘zbek tilisiz mustaqillik sukunatdir. O‘zbek tili tufayli mustaqillik jarangdordir, u milliy iftixorimiz, g‘ururimiz, shuurimiz, ongimiz, bilimimiz, kelajagimizdir. O‘zbek tili iml-ma’rifat, madaniyat, do‘stlik, qardoshlik, birodarlik tilidir. O‘zbek tili ota-bobolarimiz tili, farzandlarimiz tili, davlatimiz tili, uning kelajak istiqboli tilidir. O‘zbek tili o‘zbeklarning dunyoviy makondagi, zamondagi qalb gavhari, dil izhoridir, mustaqilligimizning tamal toshidir.
«Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik,– deb yozgan edi I.A.Karimov, – til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson
qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir»1 .
Har bir tilning yozma va og‘zaki shakllari bo‘lgani singari, nutqning ham yozma va og‘zaki turlari mavjud. Yozma nutq – ilmiy, rasmiy, publitsistik va qisman badiiy uslublarda; og‘zaki nutq esa adabiy va so‘zlashuv uslublarida ifodalanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling