Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2




LOYIHA MUALLIFI 
MEHRINISO XUDAYBERGENOVA 
 
 
 
QALB 
GAVHARI 
 
O‘ZBEKISTON IJODKOR
YOSHLAR TO‘PLAMI 
 
 
 
 
 
 
 
Urganch
―Xorazm nashr matbaa‖
2023 



UO‗K 821.512.133-1 
KBK 84 (5O‗)7 
O‘-82
 
O‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami.
Qalb gavhari [Matn]: nazm, nasr / Yoshlar to‗plami. 

Urganch: ―Xorazm nashr matbaa‖ , 2023. 

220 b.
 
 
Taqrizchi: 
Gavhar Ibodullayeva,
O‗zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Xorazm viloyat bo‗limi rahbari 
Mas’ul muharrir: 
G‘ulomjon Otajonov, 
Xorazm viloyat ma‘naviyat va ma‘rifat markazi 
mutaxassisi, shoir. 
 
 Aziz kitobxonlar! 
Qo‘lingizdagi to‘plam yurtimizning turli viloyatlarida ijod 
qilayotgan iste’dodli ijodkorlarning eng sara bitiklaridan 
tuzilgan.
 
O‘ylaymizki, ushbu kitob sizlarga manzur bo‘ladi.
 
 
ISBN 978-9943-9605-4-7 
© Yoshlar to‗plami ―Qalb gavhari‖ 
© ―Xorazm nashr matbaa‖ , 2023. 



AZIZ XO‘JA NUR 
1993-yil 25-iyulda Sirdaryo viloyati Sayxunobod 
tumanida tavallud topgan. Hozirda O‗zbekiston davlat 
san‘at va madaniyat instituti talabasi. Uning she‘rlari: 
―Zangorifasl‖, 
―Navqiron 
ohanglar‖, 
―Tinchlik‖, 
―Shukrona‖, 
―Ezgulik‖, 
―Dunyolarga 
tanitamiz 
Sirdaryoni!‖ ―Adabiyot avlodlari‖, ―Nazm silsilasi‖, 
―Vatanga vafo‖, ―Xushxabar‖, ―Eng gullagan yoshlik 
chog‗imda‖,―Nur ustiga nur‖ nomli kitoblarda nashr 
etilgan. 2018 yilda ―Vatan uchun yashayman‖ nomli ilk 
she‘riy to‗plami chop etildi. 2022 yilda bo‗lib o‗tgan 
Respublika yosh ijodkorlar Zomin seminarining nazm 
yo‗nalishi ishtirokchisi. ―Sirdaryo iftixori‖ va ―O‗z kasbining fidoyisi‖ ko‗krak 
nishoni sohibi. 
AL-ADL 
Saxovatli bo'lsang, saodat kelgay, 
Adovatga qarshi adolat kelgay. 
Janglarda al-Aziz madadkor bo'lsa, 
Muzaffarlik kelgay, shijoat kelgay. 
Tirnoqdan kir izlagan kirdan oshadi
Daryoqalb suv bo'lib Sirdan oshadi. 
Haqiqat qidirgan topadi toki, 
Ne-ne davonlardan qirdan oshadi.
Adolat yo'q demang, adolat bordir, 
Borligin imon-la aytaman dadil. 
Adolat ko'radi, eshitar, chunki, 
Al'omon Allohning O'zi - al-Adl. 
OMONAT 
Sayohatda yurdim, sayrlar qilib,
Ba'zida salomsiz xayrlar qilib, 
Mehrim berolmadim qoyillar qilib, 
Otam senga omonat, Alloh.
Onam senga omonat, Alloh.



Boylik desa do'ppimni osmonga otdim, 
"Ulfatlar" ichinda kulfatga botdim, 
Shu ikki jonimdan rohatlar topdim, 
Otam senga omonat, Alloh.
Onam senga omonat, Alloh. 
Holi ne ?.. so'ramay dardimni aytdim, 
Quruq qo'l-la borib, to'ldirib qaytdim, 
Ular so'lib borar, gullagan paytim, 
Otam senga omonat, Alloh.
Onam senga omonat, Alloh.
Yosh edilar, qayg'ulardan o, qarib qoldi
Sochlari ham ko'ngli kabi oqarib qoldi. 
O'g'illari o'rga ketdi, qizlari qirga, 
Sho'rliklarim kulbasida o, g'arib qoldi. 
Otam senga omonat, Alloh.
Onam senga omonat, Alloh.
Halovat yo'q, bilolmayman ne g'amligini, 
Odam bo'lib so'rolmadim ne kamligini, 
Rayyon onam, yemay-ichmay nafaqasiga, 
Sandig'iga olib qo'ygan kafanligini. 
Otam senga omonat, Alloh.
Onam senga omonat, Alloh.
Qozonida go'sht qaynamay o'tar kunlari, 
Qulab borar yuragimning tik ustunlari, 
Mendek nodon farzandlarning jazosi ne ? 
Bola emas... " balo " bo'lganlarning hukmlari. 
Otam senga omonat, Alloh. 
Onam senga omonat, Alloh. 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling