Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

YUSUPBAYEVA CHAROS UMARBEK QIZI 
2003 yil 2 iyunda Xorazm viloyatining Yangibozor tumanda 
tug‗ilgan. ―Mening bir juft olmosim‖ va ―Baxt qasri‖ nomli
she‘riy to‗plamlar muallifi. O‗zbekiston Yoshlar Ittifoqi 
Yangibozor tuman kengashi homiyligida chop qilingan 
―Tashabbuskor yoshlar‖ she‘riy kitobidan ham ijod namunalari 
joy olgan. Bugungi kunda Qozog‗iston Respublikasining 
―Duniye talanttarы odagы‖ va Qirg‗iziston Respublikasining 
―Kыrgыz akыn-jazuuchularы koomduk fondu‖ ga a‘zolikka 
qabul qilingan.
Bugungi kunda UrDU ning Filologiya fakulteti ―Filologiya va tillarni 
o‗qitish: rus tili‖ yo‗nalishi 2-bosqich talabasi. 
***** 
Bir umr mehnatda qo'llari qadoq, 
Dardlarimga sherik, baxtimda o'rtoq, 
Bilaman, kelajak ko'rinar porloq, 
Chunki onam meni duo qilarlar, 
Otam Haqdan faqat baxtim tilarlar! 
Otamning g'ururi har nedan ustun, 
Bari mehnatlari kamolim uchun, 
Shukrlar aytaman har onim uchun, 
Chunki onam meni duo qilarlar, 
Otam Haqdan faqat baxtim tilarlar! 
Otam-chun bir umr mehnat qilaman, 
Onam xizmatini sunnat bilaman, 
Bir kun siz istagan farzand bo'laman, 
Chunki onam meni duo qilarlar, 
Otam Haqdan faqat baxtim tilarlar! 


36 
Bugun yigirmaga to'libman mana, 
Qancha dovon, marra kutyapti yana, 
Bir kun orzularim qilsa tantana, 
Sizdan Kabatulloh qarzim bor ona, 
Otam duosida ismim bor ana! 
**** 
Shodlik desam, yarq etib qo'n kaftlarimga, 
Sherik bo'lgin armoni yo'q dardlarimga, 
Rozi bo'lma, mayli aytgan shartlarimga, 
Lekin meni o'zingdan ham ko'proq sevgin, 
Quchog'imga yo'lolmasin havo, epkin! 
So'zlarimning qadri qolmas sen bo'lmasang, 
Ko'zlarimning nuri bo'lmas sen bo'lmasang, 
Hech qisi yo'q muhabbatgayam to'lmasang, 
Lekin meni o'zingdan ham ko'proq sevgin, 
Quchog'imga yo'lolmasin havo, epkin! 
Seni ko'rsa bag'rim bahor bo'lib ketsin, 
Yurakginam shodliklarga to'lib ketsin, 
Hasadgo'yning hasadi ham o'lib ketsin, 
Lekin meni o'zingdan ham ko'proq sevgin, 
Quchog'imga yo'lolmasin havo, epkin! 
Gar g'am cheksang, ich-etimni yeyman o'zim, 
Bildirmay deb kulib turar qaro ko'zim, 
Qolmas she'rim, qolmas mayli bir kun so'zim, 
Lekin meni o'zingdan ham ko'proq sevgin, 
Quchog'imga yo'lolmasin havo, epkin! 
Bir kun bizni yetaklagay quvonchimiz, 
Orzularin etaklagay ishonchimiz, 
Men ham emas, sen ham emas, bo'lgaymiz "biz", 
Shunda meni o'zingdan ham ko'proq sevgin, 
Quchog'imga yo'lolmasin havo, epkin! 


37 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling