Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

 



QUDDUS ASAD 
(Quddusbek Asadullayev). 1998-yil 16-fevralda 
Samarqand 
viloyati 
Urgut 
tumani 
Beshkapa 
qishlog‗ida 
tug‗ilgan. 
Guliston 
davlat 
universetetining 
bakalavr 
va 
magistratura 
bosqichlarini 
tamomlagan. 
Respublika 
yosh 
ijodkorlarining ―Zomin seminari-2018‖, Yosh 
ijodkorlar 
kengashining 
―Duel‖ 
loyihasi 
ishtirokchisi. She‘rlari qator she‘riy to‗plamlarda, 
viloyat va respublika nashrlarida e‘lon qilingan. 
Hozirda Sirdaryo viloyatida joylashgan Halima 
Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi. 
* * * 
Tun, senga oshiqman... 
Yutganim – og‗u,
Ko‗zim kosasida qalqir ehtiros. 
Sayyodman, sen – tutqich bermagan ohu, 
Dengizsan, men – sho‗ng‗ib to‗ymagan g‗avvos. 
Senga oshiqmano-o-o... 
Matlabim – visol, 
Sen uchun tonglardan kechganligim rost.
Go‗yoki oymidur yuzlaringda xol,
Yulduzlar ishqingda yosh to‗kar sharros. 
Senga oshiqmano-o-o... 
O‗ylarim – zardob, 
Chak-chak tomar shuur sarhadlariga. 
Bu – shunday azobki, bu – shunday azob, 
Yashillik bag‗ishlar dil qatlariga. 
Ey tun, quchog‗ingda yoshardim, qulluq, 
Senda jilovladim nafsimni, yonib. 
Ey tun, o‗z-o‗zimdan qochardim. 
Qulluq, 
o‗zimga evrildim, o‗zimni tanib. 



Ey tun, oshiqmano-o-o... 
Har bir tong – vido, 
Tokay ulkanlashar ko‗ksimda yaram? 
Tonggacha yopinib zulmatrang rido, 
Tun bo‗yi urchiydi hislarimda g‗am. 
Senga oshiqmano-o-o... 
Meni etma rad, 
Masih og‗ushingdan topgayman qo‗nim. 
Meni quchog‗ingda yashirgin abad,
Magar topib olar tong otsa o‗lim. 
Senga oshiqmano-o-o... 
Har bir tun – visol... 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling