Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


OLIMJONOVA FAROG’AT DILMUROD QIZI


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

OLIMJONOVA FAROG’AT DILMUROD QIZI 
2019-yil 15-mayda ―Xalqaro oila kuni‖ munosabati bilan 
o‗tkazilgan ―Baxtli oila sari‖ ko‘rik tanlovida 1-o‗rinni, 2022-
yil 18-apreldagi Respublika yodgorliklar va tarixiy joylarni 
asrash halqaro kuniga bag‗ishlab ―Bizga ajdodlarimizdan 
bebaho madaniy meros qolgan‖ deb nomlangan respublika 
tanlovida ishtirok etib III-darajali diplom bilan taqdirlandi. 
2022-2023-yillarda 
o‗tkazilgan 
―Rektor 
stipendiyasi‖ 
tanlovida 1-o‗rinni egallagan.
Hozirda Andijon qishloq 
xo‗jaligi va agrotexnalogiyalar instituti Turizm ta‗lim 
yo‗nalishi talabasi. 
MARSIYA 
(Turmush o’rtog’im Olimjonov Oybekjon xotirasiga) 
Gul chechaklar yo‘l poylagan nigohimga aylandi yor,
Tun-kun kutdim oy-u quyosh guvohimga aylandi yor. 
Mehribonim, sevar yorim suyganimga aylandi yor, 
Yuragingiz toshdan ekan, bilmadingiz, kelmadingiz. 
Yonib kuylab yetdi oxir bulbul kuyning visoliga, 
Tun bag‘riga olib oyni to‘ydi husn-u jamoliga. 
Bor oshiqlar izlab-izlab javob topdi savoliga, 
Har tun tushda ko‘rganimni bilmadingiz, kelmadingiz. 
Men baxtimni topdim desam, ketdi yorim jannatiga, 
Ko‘zlarimda rasmi qoldi talpinaman sumbatiga, 
Namozimda duo qilay Muhammadning ummatiga, 
Sizni yodlab zor qaqshashim bilmadingiz, kelmadingiz. 
Meni barcha balolardan asraguvchi Siz edingiz, 
Oilamiz kelajagin so‘zlaguvchi Siz edingiz,
Gar xatolar qilgan bo‘lsam, yashirguvchi Siz edingiz.
Allohimga yoqqandingiz, bilmadingiz, kelmadingiz. 


21 
Siqilganda dardim olib ko‘ngillarni yozardingiz,
Kayfiyatim yaxshi, yomon nigohimdan sezardingiz,
Oddiygina kulbamizni tashrif ila bezardingiz
Qiyomatga qoldi visol, bilmadingiz, kelmadingiz. 
Endi kimga dardim aytay, xatolarim kim yashirar?
Kichikkina yutug‘imni maqtab endi kim oshirar? 
Baxt-u iqbol manziliga endi meni kim shoshirar?
Chin dunyoga yo‘l olishni bilmadingiz, kelmadingiz. 
Men bo‘lardim sizni ko‘rsam butun dunyo ichra shodon
Ey Allohim, taqdirimga yo‘ldosh qilding bir pahlavon, 
Shirin so‘z-u mehribon-u beozor-u malhami jon, 
Tunlar, kunlar kutdim Sizni , bilmadingiz, kelmadingiz. 
O‘ylamasdim ro‘zg‘or g‘amin, kelmasdi hech xayolimga,
Siz borsiz deb kuch qo‘shilar soat sayin majolimga,
Endi bo‘lsa ko‘nurman men neki bo‘lsa, shul borimga, 
Suyanganim, ishonganim, bilmadingiz, kelmadingiz. 
―Ko‘zingda gar yoshni ko‘rsam, mening ko‘nglim buziladi,
Qovog‘ingni uyib yursang, yurak-bag‘rim eziladi, . 
Shod-u xurram ko‘rsam seni yuraklarim yoziladi‖, –
Deyardingigaz doim menga. Bilmadingiz, kelmadingiz. 
Bilgandayin ketishingiz gap chiqmadi Sizdan yomon, 
Endi qanday chidayman men Siz edingiz ko‘p mehribon, 
Joylaringiz jannat bo‘lsin, farishtalar hamroh har on, 
Yomonlikni shuncha yashab bilmadingiz, kelmadingiz. 
Yaxshi kunda do‘st bo‘ldingiz, yomon kunda ham soyabon,
Qalbimga nur, yuragimga darmon bo‘ldingiz Siz har on, 
Siz ko‘nglimning bo‘stonida yashnab turgan gul-u rayhon,
Tengsiz mehr muhabbatim bilmadingiz, kelmadingiz. 
Sizni eslab dilimda dard, ko‘zimga yosh quyuladi, 
Assalom deb eshik ochib kirgandayin tuyuladi, 
Baxtli onlar esga tushsa, yurak-bag‘rim o‘yiladi, 
Qo‘sh qanotning biri sindi, bilmadingiz, kelmadingiz. 


22 
Siz bilan birga o‘tkazdim eng shirin baxtli damlarim,. 
Mayli bizga sabr bersin, unutmam o‘shal g‘amlarim, 
Sizni shafoatga olsin shul mehribon Payg‘ambarim,
Boshim ayog‘ingizga yetgay, bilmadingiz, kelmadingiz. 
Farzandimiz Xolmurodjon yodgor bo‘ldi menga Sizdan, 
Bir umrga ovunchog‘im ibrat olg‘ay o‘zingizdan,
―Jannat bo‘lsin joylaringiz‖ , duo qilmoq endi bizdan, 
O‘g‘lim doim Sizni qo‘msar, bilmadingiz, kelmadingiz. 
Dadalarim mening faxrim – Alloh bergan ne‘matimdir,
Onalar-u ammalarim, xolam, tog‘am – davlatimdir, 
Aka-uka, opa-singil bular mening savlatimdir, 
Qondoshlarning visolini bilmadingiz, kelmadingiz .
Bu she‘r emas, firoqimning, orzularning armonidir,
Xotirangiz kuch beradi, quvvatimning darmonidir, 
Sizni eslash hayotimning eng mukarram bir onidir,
Qiyomatga qoldi visol, bilmadingiz, kelmadingiz. 


23 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling