Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

* * *
 
 
Kuyla, mashshoq, 
Sozingni chal, 
Raqsga tushib dardim to‗kay, 
Bu ochunning nag‗masiga 
Siqilaman aytchi tokay?! 
Baxt berurmi, g‗am berurmi, 
Neki sinov, kulib boqay, 
Har ishki Qodir Allohdan, 
Har ishqki Qodir Allohga! 
Nolimaymayman qismatimdan, 
Xudoyimning rejasi – ul, 
Erkalig-u vajlar bekor, 
U Egamdir, men – unga qul, 
Uni sevdim, u ham meni 
Ishqqa ko‗mib qo‗ydi butkul, 
Har ishki Qodir Allohdan, 
Har ishqki Qodir Allohga! 
E‘tiqodim butmi, yarim? 
Gar but bo‗lsa, yor bo‗ladir, 
Qiyomatda amallarim, 
Yo najot, yo dor bo‗ladir, 



Noumidlik Iblisga xos, 
Banda umidvor bo‗ladir, 
Har ishki Qodir Allohdan, 
Har ishqki Qodir Allohga! 
Bosayotgan har qadamim, 
O‗z-o‗zimga so‗rog‗imdir, 
Gunohlarim – manzillarim, 
Borgan yaqin-yirog‗imdir, 
Pushaymonman! 
Yig‗lab aytgan 
Tavbalarim Burog‗imdir,
Har ishki Qodir Allohdan, 
Har ishqki Qodir Allohga! 
KOMRON MIRZO 
(Turdiqulov Kamronbek Muzaffar o'g'li). Surxondaryo viloyati 
Sherobod tumanida 2001-yil 30-martda tavallud topgan.
Bo'lajak yetuk psixolog shu bilan birgalikda serqirra ijodkor. 
Hozirda Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 
Amaliy psixologiya 221-guruh talabasi.
ORTIMDAN OVORA BOʻLMANG, ODAMLAR! 
Och qolsam yo yupun choʻlu-sahroda, 
Yashasam doʻzaxmi, arshu-aʼloda. 
Qolganda soʻzlarim qoʻshiq navoda, 
Ortimdan ovora boʻlmang,odamlar! 
Hayotim past- baland dovoni bisyor, 
Toʻyib mast boʻlmadim mehrga bir bor. 
Huzuriga chorlasa haq Parvardigor, 
Ortimdan ovora boʻlmang, odamlar! 



Yoʻqotdim nelarni ,topganim armon, 
Topshirdim oʻrniga nafsimni vijdon. 
Qoʻyinglar ozgina keltiray imon, 
Ortimdan ovora boʻlmang, odamlar! 
Jumlalar tuzaman soʻzdan turfa xil, 
Yurakka sigʻmaydi hatto kichik qil. 
Yozganim kelmasa sizlarga maʼqul,
Ortimdan ovora boʻlmang odamlar! 
Xastalar yotishar boring koʻrgani, 
Mazlumlar ijobat duo qilgani. 
Mayli koʻtarmang tobutim mani, 
Ortimdan ovora boʻlmang odamlar! 
Oʻqimang taʼziya ,oʻqimang Qurʼon, 
Robbim oʻzi etsin,siylayu Rahmon. 
Boʻlsam ham uyimda kunlik mehmon, 
Ortimdan ovora boʻlmang, odamlar! 
Sheʼrlarim yod olsa,koʻhna Turkiston, 
Adashmay turibman manzilga ishon. 
Ketarman,koʻringlar oxirgi makon, 
Ortimdan ovora boʻlmang, odamlar! 
Yoʻqlasangiz sheʼrimda nido boʻlarman, 
Mohiyatin anglang fido boʻlarman. 
Balki jannatda ham Mirzo boʻlarman,
Ortimdan ovora boʻlmang, odamlar!

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling